Foto va Video

Ko‘hna va hamisha navqiron Buxoro "UTAIR" bort jurnali sahifalarida

993

Bukhara on the pages of the UTAIR logbook

"Buxoroni Markaziy Osiyo Makkasi deb atashadi", – deb yozadi sayyoh jurnalist Olga Yakovina o‘z maqolasida. So‘nggi paytlarda u endi sayyohlar uchun ham Makkaga aylandi. Bu juda adolatli edi, chunki bu yerda o‘tkaziladigan dam olish kunlari taassurotlarga boy va, shu bilan birga, nihoyatda hamyonbop bo‘ladi".

Rangli ipak kiygan qiz

“Uning necha yoshdaligini hech kim bilmaydi”. Shahar doimo bir joyda turgan va arxeologlar madaniy qatlamni ko‘tarishni boshlaganlarida, qazishmalar 20 metrga pastga tushib ketgan. Ushbu chuqurlikda topilgan artefaktlarning yoshi 2500 yilni tashkil etadi, ammo bu hali tarixning oxiri, aniqrog‘i, boshlanishi emas, shunchaki yerosti suvlari olimlarning chuqurroq tushishiga imkon bermaydi. So‘nggi 25 asr davomida Buxoro beshta podsholik va bitta respublikaning poytaxti bo‘lishga muvaffaq bo‘ldi. Uni Iskandar Maqduniy  va Chingizxon bosib olgan, Marko Polo va Umar Hayyom undan hayratlanishgan va buyuk Amir Temur unga "sharif" – "muqaddas" unvonini bergan. Shaharning tarixiy markazida juda ko‘p me’moriy obidalar mavjud bo‘lib, u butunlay YUNESKOning Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan. 2020-yilda esa Buxoro Islom madaniyatining rasmiy poytaxti sifatida tanlandi”. Shu bilan birga, jurnalistning so‘zlariga ko‘ra, nafaqat mashhur unvonlar, diqqatga sazovor joylarning shonli tarixi Buxoroni "must see" toifasidagi shaharga aylantiradi. Iliq, do‘stona, jonli va mehmondo‘stlilik muhiti uchun  sayyohlar Buxoroni sevishadi.

“Bu chinakam sharq go‘zalidir, unga bir marta qaraysiz va uni umringiz oxirigacha unutmaysiz. Bu yer yozda issiq, qishda chindan ham sovuq, ammo bahor va kuz visolga otlanish uchun eng yaxshi fursatdir”.

 Ancient and forever young Bukhara

Amir dunyosi

Buxoroning diqqatga sazovor joylari haqida gapirganda, Olga Yakovina Ark qal’asini ajratib ko‘rsatadi, bu yer shaharning yuragi va uning ko‘p yillik ajoyib tarixining boshlang‘ich nuqtasidir. "Minglab yillar davomida qal’a bir necha marotaba vayron qilingan, tiklangan va qayta qurilgan, oxirida shahar ichidagi haqiqiy shaharga aylangan, uyilgan baland qir tepasida turgan bo‘lib, mustahkam devor bilan o‘ralgan", – deb yozadi rossiyalik sharhlovchi. Yog‘och oqava ariqlari bilan hurpaytirilgan pishgan g‘ishtli qo‘rg‘onlarga ko‘plab xorijiy bosqinchilarning tishi o‘tmagan... Bugungi kunda qal’a devorlari tiklangan, ammo qal’aning aksariyat qismi xaroba ahvolda. Faqat bir nechta ichki binolar omon qolgan bo‘lib, bular hozirda muzey ekspozitsiyasi bo‘lgan taxt xonasi, masjid va individual binolardir”. Somoniylarning maqbarasi, Chashmai Ayyub maqbarasi, Chor Minor, Sitorai Moxi xosa saroyi kabi obidalarning go‘zalligi va ulug‘vorligi alohida ta’kidlanib, ularning har biri, jurnalistning so‘zlariga ko‘ra, me’morchilik durdonasi va inson dahosining timsoli hisoblanadi.

Madaniyat poytaxti

"Buxoro" nomi "bilimlar maskani" degan ma’noni anglatadi, – deydi maqola muallifi. "O‘rta asrning boshlaridan XIX asrgacha shahar jahon madaniyati va ilm-fanining eng yirik markazlaridan biri bo‘lgan. Bu yerda buyuk olimlar – Abu Ali ibn Sino, Firdavsiy, Rudakiy, Ulug‘bek, Umar Hayyom va Narshahiy ilm olib, faoliyat olib borganlar, afsonaviy donishmand Xo‘ja Nasriddin Afandi ham aynan buxorolik ekanligiga ishonishadi. XVI asrda, eng gullab-yashnagan davrida shaharda ikki yuzdan ortiq madrasa bo‘lgan". Ta’kidlanishicha, madrasalar, masjidlar va xonaqohlar (so‘fiylar ma’naviyat maskanlari) go‘zal bezatilgan arkali fasadlari o‘rtasidagi o‘xshashlik va farqlarni topish uchun taklif qilgandek bir-biriga qarama-qarshi turadilar. Ushbu taniqli arxitektura uslubi "kosh" deb nomlanadi va ajoyib estetik ta’sir kuchini ikki baravar oshirib, ko‘rkam stereo effektni yaratadi.

“Siz binoga kirasiz va xuddi kaleydoskopga duch kelgandek bo‘lasiz. Talabalar hujralariga olib boradigan ko‘plab eshiklari bo‘lgan simmetrik hovlilar. Mohirona ishlangan ustunli ayvonlar va naqshdor shiplarga ega ayvonlar. Uch o‘lchamli mumkatak mukarnaslar hamda g‘ishtdan ishlangan va yorqin plitalardan yasalgan o‘ta murakkab bezaklar. Va hamma joyda esdalik sovg‘alar bilan bezatilgan rang-barang tokchalar".

 Bukhara

Bozor kunlari

Buxorodagi "shahriston" (ichki shahar) – ochiq osmon ostidagi muzeydir. Bu, shuningdek, bitta katta bozor hisoblanadi. O.Yakovinaning sozlariga ko‘ra, Buxorodagi savdo rastalari muzey ekspozitsiyalaridan ko‘ra ko‘proq ta’sirchan bo‘lib, bozorlarning o‘zini bemalol madaniy meros ob’yekti deb e’lon qilish mumkin. Buyuk Ipak yo‘lining muhim to‘xtash joylaridan biri bo‘lgan Buxoro nafaqat mutafakkirlarning, balki savdogarlarning ham shahri bo‘lib kelgan, madrasalarning soni bilan esa faqat karvonsaroylarning soni taqqoslanishi mumkin edi.

"O‘rta asrlardagi savdo markazlari bugungi kungacha o‘zlarining maqsadlarini o‘zgartirmasdan turibdi va tashqi tomondan gumbaz ostidagi ushbu xonalar haqiqiy qasrlarga o‘xshaydi. Ular orqali yurish nafaqat xarid qilish, balki ko‘proq madaniy taassurotdir: peshtaxtalarda yoyilgan buyumlarni soatlab saralash va ko‘rib chiqish mumkin: qo‘lda tikilgan choponlar va do‘ppilar, ipak gilamlar va suzanalar, naqshdor yalpoq ildishlar va zarb urib naqsh solingan idishlar, kumush taqinchoqlar va paxmoq mo‘ynali qalpoqlar".

Ish bor

Jurnalist buyuk Buxoroning pazandalik xususiyatlarini yuqori baholaydi. Shahristonda qahvaxonalar va choyxonalar har qadamda uchraydi, istagan muassasada barcha asosiy mahalliy gastronomik diqqatga sazovor taomlar – somsa, lag‘mon, jiz go‘shti, Gijduvon kaboblarni taklif etiladi, deb yozadi “UTair” muxbiri.

O‘zbek milliy taomlari qiroli – palovga alohida e’tibor qaratiladi:

"O‘zbekistonning har bir shahrida palov o‘zgacha pishiriladi va Buxoro ham bundan mustasno emas. Buxorocha osh-i sofi uchun masalliqlar alohida qaynatiladi va shundan keyingina maxsus mis qozonga solinadi hamda za’far va mayiz qo‘shiladi. Palov (aytmoqchi, odatda qo‘y emas, balki mol go‘shtidan tayyorlanadi) deyarli yog‘siz pishiriladi: u to‘yimli bo‘lsa-da, lekin shu bilan birga deyarli parhezbop chiqadi. Buyuk tabib Abu Ali ibn Sino o‘z asarlarida uni ko‘plab kasalliklarni davolash uchun dori sifatida iste’mol qilishni tavsiya etgan.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring