Foto va Video

“Boysun bahori” festivali jahon OAVlari nigohida

11.04.2022 1666

Butun dunyo sayohatchilari va Sharq etnik madaniyatini ixlosmandlarining uzoq kutilgan va qiziqarli tasavvurlari bo‘lgan “Boysun bahori” xalqaro festivali uzoq muddatli Covid cheklovi tanaffusidan so‘ng O‘zbekistonda sayyohlik mavsumining katta ko‘lamda bohlanishini kutilmoqda.

Ushbu noyob festivalga bir qator xalqaro ommaviy axborot vositalari allaqachon qiziqish bildira boshlagan, ular orasida Sada al-Bilad (Misr), Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (IHT), Madaniyat institutining elektron portali (shtab-kvartirasi Tehron, Eron), “Fars News Agency” (Eron) axborot agentligi va Xitoy (XXR) axborot-tahliliy nashridir.

2022-yil 5-aprelda Misr nashri “Sada al-Bilad” tomonidan chop etilgan materialda aytilishicha, O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan folklor jamoalari an’anaviy festivalda 200 dan ortiq vakillari ishtirok etib, o‘z hududiga xos liboslar, qo‘shiq va folklor an’analarini namoyish etishadi va viloyatda ushbu festivalga qizg‘in hozirlik ko‘rilmoqda.

Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (EKO) Madaniyat instituti (Tehron, Eron Respublikasi) axborot portali tomonidan chop etilgan maqolasida  – Joriy yilning 6-aprel kuni bo‘lib o‘tadigan uchrashuv davomida ushbu Boysun-Bahori folklor bayrami xalqaro ahamiyat kasb etadi.

“2001-yilda Boysun madaniy makoni YUNESKO tomonidan “Insoniyatning og‘zaki va nomoddiy merosi durdonalari” sifatida kiritilgan bo‘lsa, 2002-yil may oyida Xushmanzor tumanida O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston xalq ijrochilarining birinchi ochiq folklor festivali bo‘lib o‘tgan edi" — deyiladi axborot portalida.

Eronning eng yirik axborot agentligi "Fars News Agency" ham, 2022-yilning 7-8-may kunlari Surxondaryo viloyati Boysun tumani Padang‘ tumanida ko‘p asrlik xalq qadriyat va an’analarini asrab-avaylash maqsadida “Boysun bahori” folklor festivali o‘tkazilmoqda – deya yozadi.

O‘zbekistonning mashhur hududi bo‘lmish Boysun go‘zalligi YuNESKO tomonidan “Insoniyatning og‘zaki va nomoddiy madaniy merosi” durdonasi sifatida ro‘yxatga olinib, 2008-yilda Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan. - deya ta'kidlaydi Eron axborot agentligi.

"Xitoy" (XXR) axborot-tahliliy nashri ham bo‘lajak “Boysun bahori” festivali haqida maqola chop etdi, deb yozadi Dunyo axborot agentligi.

"O‘ziga xos xalq qadriyat va an’analarimiz o‘ziga jamlagan festivalda kurash, etnosport, velomarafon, uloqko‘pkari, varrak uchirish, chillak va boshqa xalq o‘yinlari bo‘yicha milliy musobaqalar muhim o‘rin tutadi. Festival yakunida eng yaxshi folklor-etnografik jamoalar, sport va xalq o‘yinlari g‘oliblari munosib taqdirlanadilar".

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing