Dam olish kunlarini qanday o‘tkazish kerak? Vaziyat o‘zgartiring!

16.10.2020 344

Dam olish kunlaridan unumli foydalanishning eng yaxshi usullaridan biri bu vaziyatni keskin o‘zgartirishdir. Bu yerda “e’tiborni almashinuvi” effekti o‘zingizni yangi, notanish joyga tushib qolganingizda paydo bo‘ladi.

Psixologlar bu usul hayotdagi qiyinchiliklardan, kundalik tartiblardan va ishdagi odatiy kundalik ishlardan qochishda va samara berishiga aminlar. Misol uchun, siz zamonaviy mehmonxonada xonani ijaraga olishingiz, restoranga tashrif buyurishingiz, yuqori darajadagi xizmatdan bahramand bo‘lishingiz va shunchaki o‘zingizni oliy janob mehmonlardek his qilishingiz mumkin.

Ushbu amaliyot G‘arb mamlakatlarida keng tarqalgan va dam olish kunlarini qulay muhitda o‘tkazish uchun oila, mehmonxona xonasini ijaraga olganida, bu turdagi ta’til odatiy hisoblanadi.

Pandemiyadan xavotirlanishning hojati yo‘q, bugungi kunda har bir obro‘li joylashtirish vositasi sanitar-gigiyenik xavfsizlik punktlari bilan jihozlangan. Ularning har birida shaxsiy himoya vositalari mavjud. Jamoat joylarida esa ijtimoiy masofani saqlash muhimligini eslatuvchi belgilar joylashtirilgan.

Poytaxtdagi besh yulduzli “Hilton Tashkent City” mehmonxonasi ham bu borada faoliyatini olib bormoqda. Hilton mehmonxonasida xavfsiz yashash uchun Hilton CleanStay maxsus dasturi joriy etildi. Ushbu dastur barcha mehmonlar xavfsizligini ta’minlash uchun barcha tozalik standartlarini to‘ldiradi.Ko‘pchiligimiz qandaydur yangi narsani sinashni xohlaymiz - buning uchun uzoq orollarga borib, bojxona nazoratidan o‘tish shart emas. Dam olish kunlari, ta’tillar, xizmat safarlarini unutilmas tarzda o‘tkazilishi mumkin va siz, albatta, o‘tkazgan vaqtingizga afsuslanmaysiz. Manzaraning o‘zgarishi o‘zingizga va yaqinlaringizga vaqt ajratish uchun bir belgi bo‘lsin.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing