Foto va Video

“Destination Forum” Germaniya – O‘zbekiston turizm forumi

18.05.2023 411

“Destination Forum” anjumani ikki mamlakat – Germaniya va O‘zbekiston tadbirkorlarining turizm yo‘nalishidagi hamkorlik istiqbollari muhokamasiga bag‘ishlandi.

Joriy yilning 16-may kuni Madaniyat va turizm vazirligi hamda Germaniya turistik assotsiatsiyasi (Deutscher Reiseverband e.V. – DRV) bilan hamkorlikda Germaniya va O‘zbekiston turizm sohasi vakillari ishtirokida “Destination forum” xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Shuningdek, tadbir doirasida Madaniyat va turizm vaziri Ozodbek Nazarbekov, Germaniya turistik assotsiatsiyasi prezidenti Norbert Fibig hamda Germaniya va O‘zbekistonning yirik turistik kompaniyalari rahbarlari ishtirok etdilar.

Tadbirda Madaniyat va turizm vaziri O.Nazarbekov Germaniyaning yetakchi OAV vakillari va turoperatorlari uchun mamlakatimizga press-tur va sayohatlar uyushtirilayotganligini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Forum davomida turizm yo‘nalishidagi tadbirkorlar ishtirokida “Destination Forum” anjumani va B2B uchrashuvlar ham o‘tkazildi. Germaniya turistik assotsiatsiyasi prezidenti Norbert Fibig fikriga ko‘ra, Germaniyaliklarning O‘zbekistonda 60 kungacha vizasiz rejimda qola olishi katta ahamiyat kasb etadi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston va Germaniya davlatlarining turizm sohasidagi hamkorligi, turistlarni qiziqtiradigan yangi turistik marshrutlarni ishlab chiqishi, qolaversa, turistik kompaniyalar o‘rtasida shartnomalar tuzish va hamkorlik tarmoqlarini kengaytirish masalalari ikki davlatning iqtisodiy aloqalarini rivojlantirishda muhim jihat hisoblanadi.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing