Xavfsizlik va O‘zbekiston bo‘ylab sayohatlarning o‘ziga xos jihatlari

Ertaga, 27-noyabr kuni navbatdagi “Avtomobilsiz kun” aksiyasi bo‘lib o‘tadi

26.11.2024 254

Tadbir har oyning to‘rtinchi chorshanba kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida avtotransport vositalaridan atmosferaga chiqayotgan zararli chiqindilarning salbiy ta’sirini kamaytirish, shaharlarda shovqin darajasini pasaytirish va atrof-muhit muhofazasini yaxshilash maqsadida o‘tkaziladi.

Aksiya doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahridagi davlat tashkilotlarining barcha rahbar va xodimlariga, barcha yurtdoshlarimizga shaxsiy avtomashinalardan voz kechib, jamoat transporti, velosiped kabi vositalardan foydalanish yoki piyoda harakatlanish tavsiya etiladi.

“Avtomobilsiz kun” aksiyasiga qoʻshiling va atrof-muhitni muhofaza qilishga hissa qoʻshing! Mashinangizni uyda qoldiring va ekologik toza usullarni tanlang. Birgalikda shaharlarimiz havosini yanada ekologik toza saqlay olamiz.

Manba: https://gov.uz/ru/eco/news/view/28566

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing