Joriy yilning 14-sentyabr – 6-oktyabr kunlari O’zbekiston mezbonlik qiladigan va dunyoning eng sara jamoalarini o‘zida jamlagan futzal bo‘yicha FIFA Jahon chempionati bahslari o‘tkaziladi.
Bugun turizm sohasida dunyoda yetakchilar qatoriga kirayotgan, mehmondo‘st va bag‘rikeng O‘zbekiston bunday nufuzdagi turnirni yuqori saviyada o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Markaziy Osiyodagi eng qadimiy poytaxtlardan biri – Toshkent, ko‘hna va hamisha navqiron Buxoro hamda go‘zal Andijon shaharlari mazkur musobaqa o‘yinlariga mezbonlik qilishga va mehmonlarni kutib olishga shay holatda.
Jahon chempionati ishtirokchilari bo‘lgan terma jamoalar bugun musobaqaga so‘nggi tayyorgarlik jarayonlarini olib borishmoqda. Buyuk Ipak Yo’li o‘tgan betakror, ming asrlik an’analar va madaniyatga ega O‘zbekiston esa ularni qabul qilishga tayyor.
Video Turizm qo’mitasi huzuridagi Milliy PR markazi bilan hamkorlikda tayyorlandi.
Ish vaqti: 9:00-18:00, Du-Ju
Savollar uchun
Izoh