India’s Best Awards – O‘zbekiston - eng istiqbolli turistik yunalish

1119

India’s Best Awards jurnaliga ko‘ra O‘zbekiston, eng istiqbolli sayyohlik yo‘nalishi deb e’lon qilindi. Hindistonning eng yirik sayyohlik nashri, Travel + Leisure India & South Asia 30 noyabrda o‘zining yillik India’s Best Awards – 2020 mukofoti natijalarini e’lon qildi.

Bu yil, pandemiya tufayli tanlov onlayn tarzda o‘tkazildi va uning natijalari jurnalning rasmiy sahifalari va ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilindi.

Yillik, India’s Best Awards – 2020 tanlovi natijalariga ko‘ra, mamlakatimiz “Eng istiqbolli sayyohlik yo‘nalishi” (Best Emerging Destination) qismida g‘olib bo‘ldi.

“Markaziy Osiyoning qoq yuragida joylashgan O‘zbekiston, qadimda yaratilgan me’moriy yodgorliklari, muhtasham saroylari va qal’alari bilan o‘zining merosini mag‘rur namoyish qilmoqda. Samarqan, Buxoro, Shahrisabz va Xiva kabi tarixiy shaharlar YuNESKO ning madaniy merosi ruyxatida kiritilgan va qadimgi sivilizatsiyalar haqida hikoya qiladi. Tashrif buyuradigan vaqtingizga qarab siz Surxondaryoning tog‘ daralari, Termez yaqinidagi qadimiy shaharlar xarobalarini ko‘rishingiz, Tyan-Shan tog‘ etaklarida chang‘ida uchishingiz yoki katta Chimyonning eng baland nuqtasiga ko‘tarilishingiz mumkin. Shunday takliflar xilma-xilligiga ega bo‘lgan holda O‘zbekiston hozirgi kunda dunyodagi eng kuchli rivojlanayotgan sayyohlik yo‘nalishga aylandi” – deya ta’kidlaydi hind nashri.

Har yillik an’anaga ko‘ra, g‘oliblar jurnal o‘quvchilarining onlayn-ovoz berishi yo‘li bilan aniqlandi.

Eslatib o‘tish joizki Travel + Leisure India & South Asia – xalqaro turistik nashri 1937 yildan beri nashr etiladi. Bugungi kunda, jurnal ingliz tilida AQSh, Turkiya, Xitoy, Avstraliya, Hindiston, Rossiya va boshqa mamlakatlarda nashr etiladi.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring