Foto va Video

“ITB Berlin” turizm ko‘rgazmasida O‘zbekiston milliy stendi namoyish etildi

07.03.2023 552

Joriy yilning 7-9-mart kunlari Germaniyaning Berlin shahrida bo‘lib o‘tayotgan “ITB Berlin” turizm ko‘rgazmasida O‘zbekiston milliy stendi namoyish etilmoqda.

O‘zbekiston tomoni “ITB Berlin-2023” turizm ko‘rgazmasida milliy stendni namoyish qilish bilan birga, o‘zining turizm sohasidagi malakasi, yangi turistik yo‘nalishlari va albatta, mamlakat turizm sohasining yuzi hisoblangan Toshkent xalqaro turizm yarmarkasini ommalashtirish takliflari bilan ishtirok etmoqda.

Xalqaro ko‘rgazmada qatnashayotgan O‘zbekiston delegatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi, “Milliy PR-markazi” DUK, “Uzbekistan Airways” AJ Samarkand Silk Road turizm kompleksi, O‘zbekiston sayyohlik kompaniyalari, jumladan, Compass, Creative Tours, Peopletravel, Asia Tour Elit, Asia Advetures, Euroasia Travel, Central Asia Travel, Marakand Travel, Sezam Travel va Silk Road travel xodimlaridan iborat. Shu bilan birga, ko‘rgazmaning birinchi kunidayoq mamlakatimizning rasmiy vakillari yurtimiz turizm salohiyatini xorijda keng ommalashtirish va turistlar oqimi ko‘paytirish yuzasidan biznes uchrashuvlar, hamkorlik shartnomalarini imzolash bo‘yicha “BBC news” telekanali, Avstraliyaning “Lonely Planet” nashrlar kompaniyasi, Koreyaning “Curious Korea” sayohat kompaniyasi, Germaniyaning “Travel Dudes.com” media kompaniyasi va “Amedeus” IT kompaniyasi, Turkmanistonning “Pearl of Asia” sayohat kompaniyasi, Saudiya Arabistonining “Saudi International Travel Company” sayohat kompaniyasi, shuningdek, Hindistonning “OTM” ko‘rgazmasi hamda “Indian Railway Catering & Tourism Corporation Ltd” turizm korporatsiyasi vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazdilar.


Shu bilan birga, 8-9-mart kunlari ham ko‘rgazma doirasida bir qator uchrashuvlar belgilangan:

- 8-mart: UNWTO marketing expert Butunjahon tashkiloti, Gretsiyaning Greek National Tourism Organization turizm jamiyati, Qozog‘istonning Kazakh Tourism National Company JSC turizm jamiyati, Italiyaning Italian National Tourism Board turizm jamiyati, Germaniyaning Webedia media tashkiloti, Shvetsariyaning Gretz Communication PR va marketing kompaniyasi, Expedia Group media kompaniyasi, Buyuk Britaniyaning Global TV Experts xalqaro media agentligi, Frnasiyaning Generation Voyage media platformasi hamda Clicktripz sayohat kompaniyasi vakillari bilan;

- 9-mart: Yaponiyaning Tokyo Convention and Visitors Bureau turizm targ‘ibot bo‘limi va Japan National Tourism Organization turizm tashkiloti, Germaniyaning fvw Medien nashriyoti hamda VIA Urlaub-Service GmbH sayohat ko‘rsatuvi, Matador Network turizm nashriyot kompaniyasi, Indoneziyaning Turizm vazirligi, Shvyetsariyaning Gretz Holding PR va marketing kompaniyasi, Rossiyaning AVIAREPS Russia PR va marketing kompaniyasi vakillari bilan.


“ITB Berlin” – 1966-yildan buyon turizm bo‘yicha dunyodagi yetakchi savdo yarmarkasi hisoblanadi. “ITB Berlin” konvensiyasi xalqaro turizm sohasidagi eng yirik tadbirdir. 2022-yilda u itb.com brendi veb-saytida virtual tadbir sifatida o‘tkazildi va 125 ta mamlakatdan 223 ta ma’ruzachi bilan 100 dan ortiq sessiyalarda qatnashgan hamda 60 700 mehmonni ro‘yxatdan o‘tkazgan.


“ITB Berlin” turizm ko‘rgazmasida doimiy ishtirok etib keluvchi O‘zbekiston stendida mamlakatimiz milliy an’analari, urf-odat va marosimlari madaniy chiqishlar orqali namoyish etildi. Tadbir doirasida tashrif buyurganlarga yurtimiz dasturxonining tarixiy taomi bo‘lgan palov tarqatildi.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing