Foto va Video

Jozibador Qashqadaryo. Kitob dovoni, Omonqo‘tan tabiiy chegarasi va Suvtushar sharsharasi

3589

O‘zbekiston o‘ziga xos qiziqarli madaniyat va turli xil iqlim sharoitlariga ega mamlakatdir. Markaziy Osiyoning qoq markazida cho‘llarni ham, ko‘llarni ham, tog‘larni ham uchratish mumkin. Samarqanddan Shaxrisabzga sayohat chog‘ida yo‘l respublikaning eng go‘zal joylaridan biri - Kitob dovoni orqali o‘tadi. Ushbu joydan o‘tayotganda, Zarafshon tog‘larining moʻjaz go‘zalligidan bahra olishni unutmang.

Kitob dovoni doim eng qisqa yo‘l bo‘lib kelgan. U orqali Buyuk Ipak yo‘lining savdo karvonlari, Iskandar Zulqarnaynning lashkarlari o‘tgan, undan mo‘g‘ullar, arablar va forslar foydalanishgan. Eng mashhur sayohatchilar, shu jumladan ispaniyalik Rui Gonzales De Klavixo, Amir Temur bilan uchrashish uchun shu dovonni oshib o‘tishgan. Qizig‘i shundaki, Kitob dovoni yaqin atrofdagi Taxtaqoracha dovonidan farqli o‘laroq topografik xaritalarda ko‘rsatilmagan. Dovonning eng baland joyi - dengiz sathidan 1600 metr balandlikda.

Kitob dovoni – Omonqo‘tan tabiiy chegarasining bir qismidir. Mazkur tabiiy chegarada ulug‘vor tog‘lar va qadimgi Keshning (Shahrisabz) maftunkor vodiylarini ko‘rishish va uning go‘zalligidan bahra olish mumkin.

Tabiiy chegara nabotot va hayvonot olamiga boy. Ayrim o‘simliklar Qizil kitobga kiritilgan. Noyob tabiiy landshaftni saqlab qolish uchun bu yerda nodir daraxtlar, qarag‘aylar va butalar ekilgan. Tabiiy chegara hududi g‘ayrioddiy g‘orlar, g‘aroyib toshlar va suv manbalariga boy. Bahorda vodiy ayniqsa go‘zal, gullagan tog‘ yon bag‘irlari va yam-yashil ko‘kalamzorlar o‘ziga maftun etadi.

Dovondan o‘tib, Qashqadaryoning eng katta shaharlaridan biri - Kitob shahriga tushib qolasiz. Shahardan uncha uzoq bo‘lmagan qadimiy Shahrisabz shahri butun Qashqadaryo singari moʻjizalar bilan to‘yingan. Shahrisabzning orqasida, tog‘larga chiqishda, zamonaviy dunyoda anʼanaviy ko‘rinishini saqlab qolgan bir nechta noyob tog‘ qishloqlari mavjud. Miraki tog‘ qishlog‘idan unchalik uzoq bo‘lmagan joyda, Oqsu daryosida qurilgan Hisorak suv ombori joylashgan. U go‘yo tog‘lar orasidagi chuqurga yashiringandek.

Eng katta tabiiy moʻjiza suv omborining orqasida kutib turadi. Suvtushar qishlog‘i yaqinida shu nomli sharsharani ko‘rish mumkin. U Hisor qo‘riqxonasida joylashgan va dengiz sathidan 2100 metr balandlikda daryoga quyiladi. Bunday go‘zallikdan ko‘z uzib bo‘lmaydi! Shovqinli suv oqimi ko‘pikka aylanishi yozda ayniqsa taʼsirli ko‘rinadi. Ammo qishda ham sharshara o‘z go‘zalligini yo‘qotmaydi, chunki u deyarli muzlamaydi, yumshoq qor bilan qoplangan tog‘lar fonida esa alohida joziba kasb etadi. Sanab o‘tilganlar ajoyib Qashqadaryoning moʻjizalarining hammasi emas. Viloyat Markaziy Osiyodagi eng sirli va go‘zal joylardan biridir

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring