Foto va Video

“Le Figaro”: O‘zbekiston, 2020 yilda iqtisodiy tanazzulni yenga olgan dunyodagi kam sonli davlatlardan biri bo‘ldi

822

Fransiyaning etakchi “Le Figaro” nashri 2021 - yil 6-yanvarda “2020 - yilda turg‘unlikka uchramagan mamlakatlar” nomli maqola chop etdi, unda, O‘zbekiston Respublikasi koronavirus pandemiyasi tufayli 2020 - yilda turg‘unlikka uchramagan dunyodagi kam sonli mamlakatlardan biri sifatida qayd etilgan.
Maqola muallifi Armel Bohinest, Jahon bankining jahon YaAM 4 % foizga pasayganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarini keltiradi.
O‘tgan yili dunyoda yuz bergan iqtisodiy tanazzul, ikki jahon urushlaridan keyin sodir bo‘lgan sayyoramiz miqyosidagi inqirozdir.
“Evropadan Amerikaga, Afrikadan Osiyoga qadar biron bir qit’a ushbu tarixiy zarbadan qutulib qolmadi”, deb yozadi gazeta. Le Figaro nashrining yozishicha, faqat bir necha davlat “sayyora bo‘roni”ga dosh berib, qiyin 2020 - yilda iqtisodiy o‘sishni namoyish etdi.

Maqolada, Markaziy Osiyodagi uch davlat, xususan O‘zbekiston 2020 yilda ijobiy iqtisodiy o‘sishni namoyish etgani qayd etilgan.

“Xalqaro valyuta jamg‘armasining baholashiga ko‘ra, O‘zbekiston hukumati, o‘z vaqtida tezkor choralar ko‘rishga muvaffaq bo‘ldi, xususan, ijtimoiy va sog‘liqni saqlash uchun xarajatlarini ko‘paytirdi va “COVID-19” bilan kurashishda kichik va o‘rta biznes vakillariga katta yordam ko‘rsatdi.

Tabiiy resurslarga (tabiiy gaz, metallar, o‘g‘itlar, paxta) boy va yuqori turizm salohiyatiga ega bo‘lgan mamlakat rahbari, so‘nggi yillarda mamlakatni 2016 yilgacha hukmronlik qilib kelgan “qattiq boshqaruv” modelidan chiqarish uchun misli ko‘rilmagan iqtisodiy islohotlarni amalga oshirmoqda.” deya ta’kidlaydi muallif.

“Le Figaro”ning maqolasida yozilishicha, Jahon banki 2020 - yilda iqtisodiy tanazzulning oldini olishga muvaffaq bo‘lgan mamlakatlar ro‘yxatiga Xitoy, Turkiya, Vetnam va boshqa 22 mamlakatni kiritgan.

Ma’lumot uchun: “Le Figaro” - 1826 yilda tashkil etilgan Frantsiyaning etakchi gazetalaridan biri. U raqamli ma’lumotlar sohasining faol ishtirokchisi va oyiga 23,5 millionga yaqin mehmon tashrif buyuradigan yangiliklar saytlarining etakchisi hisoblanadi. Gazetaning adadi 329 ming.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring