Foto va Video

Madaniyat va turizm vazirligi Germaniyada “Markaziy Osiyodagi yilning eng yaxshi turizm vazirligi” deya e’tirof etildi

489

Germaniyaning Berlin shahrida bo‘lib o‘tgan “PATWA International Travel Awards 2023” yillik tadbirida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi “Markaziy Osiyodagi yilning eng yaxshi turizm vazirligi” nufuzli mukofoti bilan taqdirlandi. Mukofotni Madaniyat va turizm vazirining birinchi o‘rinbosari Ulug‘bek A’zamov qabul qildi.

Ta’kidlash joizki, “PATWA” har yili dunyodagi eng yirik sayohat yarmarkasi hisoblangan “ITB Berlin” (“Internationale Tourismus-Börse Berlin”) doirasida “PATWA International Travel Awards” tadbirini tashkil qiladi. Tadbirda 7 mingdan ortiq jurnalist, eksponent va 180 mamlakatdan sayyohlik sohasidagi mutaxassislar ishtirok etdi.

“PATWA International Travel Awards” mukofoti aviatsiya, mehmonxonalar, sayyohlik agentliklari va operatorlari, sayyohlik yo‘nalishlari, davlat idoralari, vazirliklar, xizmat ko‘rsatuvchi provayderlar kabi turizmni rivojlantirishda ishtirok etgan shaxslar va tashkilotlarga beriladi.


Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring