Foto va Video

Miniatyura san‘ati UNESCO nomoddiy madaniy merosning Reprezentativ ro‘yxatiga kiritilgan

17.12.2020 1228

16 dekabr kuni UNESCOning Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish bo‘yicha Hukumatlararo qo‘mitasining XV sessiyasida miniatyura san’ati YuNESKOning nomoddiy merosning Reprezentativ ro‘yxatiga kiritildi.

UNESCOning Nomoddiy madaniy merosini muxofaza qilish bo‘yicha hukumatlararo qo‘mitasining XV sessiyasi 2020 yil 14-19 dekabr kunlari onlayn tarzda bo‘lib o‘tmoqda.

Yurtimizning madaniy merosini targ‘ib etish va UNESCO bilan hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” ni amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston tomonidan, nomzodlikka “Miniatyura san’ati” ko‘p millatli elementi, insoniyatning nomoddiy madaniy merosining Reprezentativ ro‘yxatiga kiritish uchun taqdim etildi.

Nomzodlar to‘plami UNESCO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Milliy Hay’ati tomonidan Turkiya, Ozarbayjon va Eronning shu kabi tuzilmalari bilan hamkorlikda tayyorlandi

16-dekabr kuni UNESCOning Hukumatlararo qo‘mitasi sessiyasida, ushbu noyob san’atning taqdimoti bo‘lib o‘tdi, unda Baholash komissiyasi raisi Sayyed Al-Busaidi hammuallif mamlakatlar tomonidan Reprezentativ ro‘yxatga kiritishning barcha besh mezonlarga to‘liq javob beradigan nomzodlar ro‘yxatini tayyorlash bo‘yicha qilingan sa’y harakatlarini yuqori baholadi.

Shuningdek, sessiyada Kamoliddin Behzod kabi iste’dodli rassomlarni yaratgan va ko‘p asrlar davomida dunyodagi eng kuchli va eng mashhurlardan biri hisoblanib kelgan o‘zbek miniatyura maktabi ham ta’kidlab o‘tildi.

Sessiya natijalari bo‘yicha Reprezentativ ro‘yxatga kiritish uchun nomoddiy madaniy merosning 42 milliy va ko‘p millatli elementlari o‘rganib chiqiladi. Sessiyada UNESCOning rahbar va vakillari, 170 dan oshiq mamlakatning doimiy vakolatxonalari hamda milliy hay’atlar, xalqaro tashkilotlar va NT vakillari ishtirok etishadi.

Eslab o’tamiz, avvalroq Reprezentativ ro‘yxatga “Shoshmaqom” va “Boysun tumanining madaniy maydoni” (2008), “Katta Ashula” (2009), “Askia” (2014), “Palov madaniyati va an’analari” va “Navro‘z” (2016), “Lazgi” (2019) kiritilgan edi. “Atlas va adras ishlab chiqarishning an’anaviy texnologiyalarni saqlab qolish” (2017), nomoddiy madaniy merosni saqlab qolish bo‘yicha ilg‘or tajribalar ro‘yxatiga kiritilgan.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing