Xavfsizlik va O'zbekiston bo'ylab sayohatlarning o'ziga xos jihatlari

Navro‘z bayrami munosabati bilan chegirmalar joriy etiladi

11.03.2026 49

21-mart – Navro‘z bayrami munosabati bilan Madaniy meros agentligiga hamda “Vaqf” xayriya jamoat fondiga qarashli madaniy meros obyektlari, shuningdek turizm sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan aholi va sayyohlar uchun qulayliklar yaratish maqsadida bir qator chegirmalar joriy etilmoqda. 

Xususan, bayram kunlari davomida “Vaqf” xayriya jamoat fondiga biriktirilgan ziyoratgohlarda belgilangan preyskurant bo‘yicha kirish narxlariga 10 foizlik chegirma berilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, Madaniy meros agentligi tasarrufidagi Davlat muzeylariga bayram kunlari davomida quyidagilar tavsiya berilgan:

  • madaniy meros obyektlari va davlat muzeylarining ochiq bo‘lishi;
  • madaniy meros obyektlari va davlat muzeylari kirish chiptalariga chegirmalar e’lon qilinishi.

Shu bilan birga, turizm sohasidagi tadbirkorlik subyektlari tomonidan mehmonxonalar, mehmon uylari va boshqa joylashtirish vositalarida ixtiyoriy ravishda 20 foizgacha maxsus bayram chegirmalari taqdim etilmoqda. Mazkur chegirmalar mahalliy va xorijiy sayyohlar uchun qulay sharoit yaratib, “Navro‘z” bayramini mamlakatimizning turli hududlarida maroqli o‘tkazish imkonini beradi. Bu esa aholining tarixiy va madaniy merosimizga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Shu bilan birga, Madaniyat vazirligi tasarrufidagi Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi davlat teatrlarida teatr muxlislari 21-27-mart kunlari “Teatr tomoshalar haftaligi” doirasida bepul tomoshalar namoyishiga ochiq kassalardan taklifnoma olish orqali tashrif buyurishlari mumkinligi ma’lum qilinadi.

Ta’kidlash joizki, bunday tashabbuslar ichki turizmni rivojlantirish, madaniy meros obyektlaridan samarali foydalanish hamda aholining dam olish madaniyatini yuksaltirishga xizmat qiladi.

Izoh

0

Fikr qoldiring

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali tizimga kirishingiz kerak:


Avtorizatsiyadan o'tib, siz ma'lumotlaringizni qayta ishlashga rozilik bildirasiz shaxsiy ma'lumotlar