Foto va Video

O‘zbek choy marosimining sirlari

3641

Har bir mamlakatning o‘ziga xos choy an’analari mavjud. O‘zbekistonda esa bu o‘ziga xos madaniyatdir. Har bir o‘zbekning kuni bir qultum xushbo‘y choy ichishdan ham boshlanadi, ham tugaydi. Ertalabki nonushtaga, to‘yimli tushliku, kechki ovqatdan keyin yoki mehmonlarning tashrifi paytida issiq va muattar choy kunning ajralmas tarkibiy qismidir.

O‘zbekistonda choy madaniyati XIX asrda Xitoyning mohir savdogarlari bu erga dastlabki damlamalar va turli xil o‘simliklar to‘plamlarini olib kelishni boshlagan paytda vujudga kelgan.

Mamlakatimizda ko‘k choyni hammasidan ortiq xush ko‘rishadi, ilgarilari aynan uni chiroyli misli idishlarda – dastlab qo‘l yuvish uchun, keyinchalik esa choy uchun ishlatilgan qumg‘onlarda damlashgan.

Aksariyat hollarda o‘zbeklar ertalablari Osiyoning ko‘chmanchi xalqlarining ko‘hna retsepti asosida tuz va ziravorlar qo‘shib sutda shirchoy damlashgan va u o‘ta to‘yimli bo‘lib, ba’zan nonushtaning o‘rnini bosgan. Bugungi kunda shirchoy alohida hollarda sovuq mavsumda yoki oilaviy bayramlar va tantanalarda tayyorlanadi.

Choy ichish – o‘zbek mehmondo‘stligining asosidir. O‘zini hurmat qiladigan har bir o‘zbek mehmonini yangi uzilgan non va bir piyola xushbo‘y issiq choy bilan kutib oladi. Ayrim hududlarda va poytaxtda maxsus choy marosimi ham mavjud. Mehmonga tortishdan oldin, issiq choy idishda 3 marta chayqatiladi va to‘rtinchi marta toza piyolada mehmonga uzatiladi. Bunga ajablanmaslik kerak. Birinchidan, buning natijasida choy yanada mazaliroq bo‘ladi, mehmonga choy quyilgan toza idish esa chuqur hurmat va munosabatlar pokligining belgisidir.

Yana bir o‘ziga xos xususiyat – choy idishga kam-kam, 1-2 xo‘plamga yarasha quyiladi. Mezbon mehmonning piyolasiga choyni qanchalik ko‘p quysa, mehmon u uchun shunchalik aziz ekanligini anglatadi.Agar siz bemahal kelgan bo‘lsangiz yoki biron bir shoshilinch masala bilan kelgan bo‘lsangiz va sizni unchalik xush ko‘rishmasa (bu juda kamdan-kam hollarda), mezbon mehmonga to‘la piyolada choy quyib bunga shama qiladi.


Bugungi kunda O‘zbekistonda choy ichishning eski an’analari yo‘qolmagan, yoshi ulug’lar ko‘k choyni afzal ko‘rishadi, u chanqoqni bosadi va qon bosimini ko‘tarmaydi, yoshlar choyning yangi navlarini sinab ko‘rishadi, turli xil retseptlar bo‘yicha meva va ziravorlar qo‘shib damlashadi.

Haqiqiy xushxo‘rlar esa: “Mazali oshdan keyin undan yaxshiroq narsa faqat issiq ko‘k choydir”, deb aytishadi.

Izoh

1

Мне очень понравились ваши информации

Muhammadali Shuxratov | 15.09.2022

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring