O‘zbek somsa – tandirdan chiqqan lazzat

7774

O‘zbek somsasi kabi lazzatli taomga chidab turib bo‘lmaydi. Somsani o‘zbek xalqining faxri deb atash mumkin. Mazali, xushbo‘y, issiq, mehr bilan pishirilgan – o‘zbek dasturxonida alohida o‘rin tutadi.

Somsaning o‘nlab turlari mavjud bo‘lib, ular bir-biridan nafaqat retsept va masalliqlari, balki pishirishning o‘ziga xos texnologiyasida ham farqlanadi. Odatda u mayda to‘g‘ralgan go‘sht yoki qiyma go‘shti bilan pishiriladi, ammo masalliq qilib ichi qovoq, ismaloq, kartoshka, tovuq go‘shti to‘ldiriladigan noyob turlari ham bor.

Somsa, non singari, maxsus loy tandirda pishiriladi. Bunday tandir un mahsulotlariga mislsiz ta‘m va xushbo‘ylik kasb etadi, shu bilan birga u barcha foydali xususiyatlarni saqlab qolishga imkon yaratadi. Tandir bir nechta turlari mavjud, eng keng tarqalgan – vertikal va gorizontal.

Somsa uchun tanlash mumkin bo‘lgan shakllar, o‘lchamlar, xamir turlarini hayratlanarli darajada ko‘p. Bunday paytda o‘zbek xalqi gastronomik san’atning qay darajada mohir va uddaburon ustasi ekanligini tushunasiz. Bu yerda tatib ko‘rish uchun yumaloq somsa, juft somsa, qatlama somsa, qovurilgan somsa va pishirilgan somsani tanlashingiz mumkin.

Mamlakatning har bir mintaqasida somsa o‘ziga xos tarzda maxfiy masalliqlar va katta mahorat talab qiladigan maxsus ustalik bilan pishiriladi. Masalan, go‘shtli katta Jizzax somsasi, uchburchak shaklda pishirilgan Buxoro somsasi, ingichka xamirli va sersuv Olot somsasi, barmoq shaklidagi latofatli Qarshi somsasi, qovurilgan qiymali Xorazm somsasi, ko‘klik va ismaloqli Ko‘k somsa kabilar mashhur. Bu esa tajribali uy bekalari hatto ko‘zlarini yumib ham pishira oladigan mazali va suvli somsalarning to‘liq ro‘yxati emas.




Izoh

1

Its turkish food, can find it in Kırgızistan Özbekistan Kazakistan and east side of Turkiye

Mac Uysal | 25.09.2022

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring