Eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun bizning Telegram kanalimizga obuna bo‘ling.
O‘zbekiston tabiati saxovatli va boy. Mehmondo‘st o‘zbek dasturxoni bunga dalildir. Eskilar aytganidek mehmon ko‘rki dasturxon. Pishgan meva va sabzavotlar, mazali uy pishiriqlari, shuningdek, issiq yopgan nonlar, og‘izda eriydigan pishiq somsa, sut-qatiq mahsulotlari va boshqalar dasturxonimiz boyliklaridir.

O‘zbekcha ertalabki ovqat – nonushta. Qadim zamonlardan beri o‘zbeklar erta tongda dasturxonga issiq yopgan non va qaymoq tortishgan. Toza qaymoq bilan tandirdan endi uzilgan non, asal yoki qand bilan issiq choy, mevalar yoki quritilgan mevalar - har qanday o‘zbek oilasidagi nonushtaning asosidir.
Ish vaqti: 9:00-18:00, Du-Sh
Har qanday savol uchun
Izoh