Foto va Video

O‘zbekiston amaliy sanʼat va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyida “Uy muzeylariga sayohat” fotoko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda

24.05.2022 740

O‘zbekiston amaliy sanʼat va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyi tashabbusi bilan 18 may “Xalqaro muzeylar kuni” ga bag’ishlab, joriy yilning 23-27 May kunlari “Uy muzeylariga sayohat” I-qism nomli fotoko‘rgazma bo‘lib o‘tadi. 

Mazkur fotoko‘rgazmada Toshkent shahrida faoliyat yuritayotgan uy muzeylarini va ularning faoliyatini keng miqyosda targ‘ib qilish, ichki va ziyorat turizmni rivojlantirish, yangi turizm marshrutlarini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, xaftalik doirasida Toshkent uy muzeylari tomonidan ekskursiya mahorat darslari, sayyohlik firmalari bilan memorandumlar imzolanishi hamda “Muzeyda tun” loyihasi amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.                                                      

Manzil: O‘zbekiston amaliy sanʼat va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyi.


Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing