Foto va Video

O‘zbekiston davlat tabiat muzeyi

20469

Manzil: Toshkent, Zarqaynar ko'chasi, 1-uy

Mo'ljal: Chorsu metro bekati

Telefon: (+998) 71-240-01-53 

Ish vaqti: Seshanba - Juma 10:00 dan 17:00 gacha; shanba - yakshanba 10:00 dan 16:00 gacha

Veb-sayt: Tabiat muzeyi

O‘zbekiston davlat tabiat muzeyi Toshkentda joylashgan bo‘lib, nafaqat O‘zbekistonda, balki butun Markaziy Osiyodagi eng qadimiylaridan biridir. U 1876- yilda ochilgan bo‘lib, shundan beri muzey hayvonot va o‘simliklar dunyosi vakillaridan, shu jumladan, O‘zbekiston hududida yashab o‘tgan qadimgi odamlarga tegishli eksponatlar bilan to‘ldirildi. Ayni paytda muzey fondida 400 mingdan ortiq zoologik va geologik materiallar mavjud.

Muzey to‘rt bo‘limga bo‘lingan bo‘lib, ularda hayvonot va o‘simliklar hayotiga oid ekspozitsiyalar joylashtirilgan. Ehtimol, eng g‘ayrioddiy va noyob eksponatlar - bu mamontlarning qoldiqlari, turli xil hayvonlarning mutantlari, embrionlar, shuningdek, yer yuzida yo‘qolish arafasida turgan qushlar va hayvonlar ko‘rgazmalaridir.

Tabiatdagi o‘zaro munosabatlarni iloji boricha aniqroq yetkazish uchun muzey ekspozitsiyalarni tasvirlashda landshaft usulidan foydalangan. Eng kichik tafsilotlar va aniqlik bilan bunday usul ekotizimni, tabiiy landshaftni, turli relyefli yerlarni, hayvonlar va daraxtlarni va hatto quyosh tizimini vizual ravishda aks ettirishga yordam beradi.

Muzeydagi ko‘plab eksponatlar orasida tuyaqush, qadimgi sher, albinos tovusi, katta toshbaqani hamda noyob qushlar haqida batafsil tasvirlangan maʼlumot bilan tanishishingiz mumkin.

Le musée national de la Nature qui se trouve à Tachkent, est considéré comme l’un des plus anciens musées non seulement en Ouzbékistan, mais aussi dans toute l’Asie Centrale.
Onlayn sayohat

 

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring