Foto va Video

O‘zbekiston eng tez rivojlanayotgan sayyohlik yo‘nalishi sifatida tan olindi

921

Buyuk Britaniyaning mashhur Wanderlust World Guide jurnali versiyasiga ko‘ra, O‘zbekiston "Eng tez rivojlanayotgan turizm yo‘nalishi-2019" deb tan olingan.

Taqdirlash marosimi Londondagi Olympia ko‘rgazmalar markazida bo‘lib o‘tdi.

Shuningdek, "Eng ommabop turizm shahri", "Eng ommabop turizm mamlakati", "Eng yaxshi aviakompaniya", "Eng yaxshi turoperator" va boshqa nominatsiyalar bo‘yicha ham g‘oliblar aniqlandi.

G‘oliblar nashr o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomada aniqlandi.

"Buyuk Ipak yo‘li”dan ko‘ra ko‘proq esda qolarli jumla bo‘lganmi? U ulkan karvonlar va dunyoning eng hashamatli shaharlariga olib boradigan uzun sahro yo‘llari tasavvurini hosil qiladi. Buyuk Ipak yo‘li ko‘p asrlar ilgari g‘oyib bo‘lganiga qaramay, uning qudrati va buyukligi hanuzgacha insonlarni sehrlashga qodir.

O‘zbekiston ushbu marosimda Buyuk Ipak yo‘lidagi uchta tarixiy shahri - Buxoro, Samarqand va Xiva tufayli debyut qilmoqda”,  – deb yozdi jurnal muharrirlari o‘z saytida.

Wanderlust World Guide Awards-2019 marosimining natijalarini ushbu havolada ko‘rishingiz mumkin.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring