Eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun bizning Telegram kanalimizga obuna bo‘ling.
2018-yilda har yilgi Geographic Traveler Awards Rossiya mukofotining natijalariga ko‘ra, “Gastronomik turizm“ nominatsiyasida O‘zbekiston birinchi o‘rinni egalladi.
Mamlakatimiz uchun berilgan ovozlar soni 34 foizni tashkil etib, O‘zbekiston Italiyani (21 foiz) va Ozarbayjonni (17 foiz) ortda qoldirdi.

Faxriy mukofot O‘zbekistonning Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasi siyosiy maslahatchisi Zokir Zaitovga topshirildi.
Darhaqiqat, O‘zbekiston ushbu nominatsiyada to'la haqli g‘olibdir!
Agar siz hali ham O‘zbekistonda milliy taomlarni tatib ko‘rmagan bo‘lsangiz, albatta buni istaklaringiz ro‘yxatiga yozib qo'ying.
Xushbo‘y palov, lag‘mon va manti, mampar va somsa – bular mazali taomlarning ozgina qismi bo‘lib, ularni eslatishning o‘zi hayolni qo‘zg'atadi va ishtahani uyg‘otadi!

Ish vaqti: 9:00-18:00, Du-Sh
Har qanday savol uchun
Izoh