Veb-portalda texnik ishlar olib borilmoqda!

O‘zbekiston hadida "ZDF" Germaniya telekanali hujjatli film namoyish etadi

11.06.2021 380

O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi tomonidan respublikamizning Berlin shahridagi elchixonasi ko‘magida Joriy yilning 27-may sanasida Germaniyaning “ZDF” telekanali buyurtmasiga binoan “Bewegte Zeiten Filmpriduktion GmbH” kinokompaniyasi ijodiy guruhining mamlakatimizga tashrifi amalga oshirilmoqda.

Ma’lumot uchun: “ZDF” (Zweites Deutsches Fernsehen) – Germaniyaning eng yirik milliy telekompaniyalaridan biri bo‘lib, 1963-yilda tashkil etilgan. Xorijiy telekanal 123 million (kuniga 4 millionga yaqin) tomoshabinlar auditoriyasiga ega va Germaniyaning reyting ko‘rsatgichlari yuqori telekanal hisoblanadi.

Germaniyaning “Bewegte Zeiten Filmpriduktion GmbH” kompaniyasi 1993-yildan beri o‘z faoliyatini olib boruvchi nemis kinodokumentalistikasi yetakchilaridan biri va nufuzli mukofotlar sovrindori.

Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad – mustaqil O‘zbekistonning so‘nggi 30 yil mobaynida erishgan yutuqlari, amalga oshirilgan keng islohotlar, shuningdek, yurtimizning turizm salohiyati, saqlanib qolingan madaniy meros obyektlari, tarixiy obidalar, diqqatga sazovor joylar,
urf-odatlarimiz hamda mahalliy aholining turmush tarzini namoyish etish doirasida hujjatli film yaratishdir.

Ushbu loyiha Markaziy Osiyo, Boltiqbo‘yi, Kavkaz mamlakatlari hamda Belarus va Ukrainani qamrab oladi.

Nemis rejissyori Bettina Vobst boshchiligidagi guruh a’zolari yurtimizning Toshkent shahri, Samarqand viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududlarida tasvirga olish ishlari olib bormoqda.O‘zbekiston bo‘ylab tasvirga olinayotgan hujjatli film (45 daqiqalik) 2021-yilning dekabr oyida “ZDF” telekanalida namoyish etilishi rejalashtirilgan.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing