Foto va Video

O‘zbekiston Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi hamkorligining 15-Forumida Milliy turistik stend bilan ishtirok etdi

25.10.2022 747

Joriy yilning 25-oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi Pusan shahrida (Koreya) “Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi” 15-hamkorlik Forumida ishtirok etdi.  O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi “Milliy PR-markazi” DUK O‘zbekiston Respublikasining Koreyadagi Elchixonasi va Koreyaning O‘zbekistondagi diplomatik vakolatxonalari bilan hamkorlikda mamlakatimizning turizm salohiyati taqdimotini tashkil etdi.

Forumda Koreya Respublikasi va Markaziy Osiyo davlatlari tashqi siyosiy tashkilotlari rahbarlari, shuningdek, tegishli vazirlik va idoralar, ilmiy va ekspert doiralari, mamlakatimizning sayyohlik kompaniyalari vakillari ishtirok etdi.  Ta’kidlash joizki, Forum doirasida turistik kompaniyalar vakillari milliy turistik brendimizni jahon miqyosida targ‘ib qilish va ko‘rsatish maqsadida mamlakatimizning turistik salohiyatini faol namoyish etdilar.

Mazkur Forum kun tartibida sog‘liqni saqlash, raqamlashtirish, turizm, atrof-muhit va iqtisodiy xavfsizlik sohalarida o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Forum ishtirokchilari respublikamizda amalga oshirilayotgan tub islohotlarga yuqori baho berdilar.

Forum davomida, shuningdek, bir qancha sessiyalar ham boʻlib oʻtdi.  “Turizm” mavzusiga bag‘ishlangan sessiyada Milliy PR-markazi direktori turizm salohiyati haqidagi taqdimot bilan ishtirok etdi.

Izoh

1

Shunday ko‘rgazmalarga bizning ham mahsulotlarni qo‘ysangiz yahshi bo‘lardi.

Bahtiyor Rahimov | 26.10.2022

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing