Xavfsizlik va O‘zbekiston bo‘ylab sayohatlarning o‘ziga xos jihatlari

O‘zbekiston MDH mamlakatlari orasida eng yaxshi sayohat yo’nalishi deb topildi

120

O‘zbekiston Respublikasi Rossiyaning “Russian traveler” jurnali tomonidan tashkil etilgan “Russian traveler Awards 2024” milliy turizm mukofotining ekspert hakamlar hay’ati tanlovi natijasiga ko‘ra “Turizm v SNG” nominatsiyasida g‘olib deb topildi. Taqdirlash marosimida Turizm qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Jamshid Abdusalomov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi ishtirok etdi. 

Ma’lumot uchun: “Russian Traveler” jurnali - bu mamlakat ichida sayohat qilish va mashhur xalqaro yo‘nalishlarga bag‘ishlangan rus nashridir. U sayohat g‘oyalari, ekspert maslahatlari va jonli fotosuratlar bilan maqolalarni taklif etadi. Jurnalning birinchi soni 2022-yilda Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida taqdim etilgan.

Jurnal, shuningdek, Rossiyadagi eng yaxshi sayyohlik yo‘nalishlari, mehmonxonalar, kruizlar va turizmning boshqa jihatlarini e’tirof etuvchi har yili “Russian Traveler” mukofotlarini tashkil qiladi.

2024-yil iyul oyida Rossiyaning mazkur jurnali O‘zbekistonning turizm salohiyatiga bag‘ishlangan “O‘zbekiston – Sharq ertagi” («Узбекистан – Восточная сказка») nomli maxsus soni chop etilgan bo‘lib, rus kitobxonlari orasida katta qiziqish uyg‘otgan.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring