O'zbekistonda COVID-19 X

O‘zbekiston National Geographic Traveler tomonidan yilning kashfiyoti deb tan olindi

275

2019-yil 28-noyabrda National Geographic Traveler (AQSH)ning Rossiya versiyasi eng yaxshi turizm yo‘nalishlari uchun har yilgi National Geographic Traveler Awards 2019 yakunlarini e’lon qildi.

2019-yil 29-iyundan 31-oktyabrgacha 24 ta asosiy nominatsiyalar bo‘yicha bo‘lib o‘tgan onlayn ovoz berish natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston "Yil kashfiyoti" yo‘nalishi bo‘yicha berilgan ovozlarning 40 foizini qo‘lga kiritgan holda g‘olib deb topildi. Armaniston, O‘mon, Tayvan va Ruminiya ham ushbu toifada g‘oliblik uchun kurash olib borgan edi.

G‘oliblarga mukofotni topshirish marosimi 28-noyabr kuni Moskvadagi Prezident-Otelda bo‘lib o‘tdi. "Yil kashfiyoti" mukofoti tantanali ravishda O‘zbekistonning Rossiya Federatsiyasidagi elchisi Botirjon Asadovga topshirildi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili National Geographic Traveler Awards tanlovida O‘zbekiston 34 foiz ovoz bilan "Gastronomik turizm" nominatsiyasida munosib ravishda birinchi o‘rinni egallagan edi.

Sharxlar

0

O‘z fikringizni qoldiring

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Kirish orqali siz shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlashga rozilik bildirasiz

Shuningdek ko‘ring