Xavfsizlik va O'zbekiston bo'ylab sayohatlarning o'ziga xos jihatlari

O‘zbekiston stendi xalqaro mukofot bilan taqdirlandi!

105

Osiyoning eng yirik sayyohlik ko‘rgazmalaridan biri bo‘lgan OTM Mumbai doirasida, Hindistonning Mumbay shahrida o‘tkazilgan tadbirda, O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan O‘zbekiston milliy stendi yuksak mukofotga sazovor bo‘ldi.

Fairfest Media Ltd xalqaro kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan ko‘rgazma natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston "Eng istiqbolli yangi sayyohlik yo‘nalishi" (Most Promising New Destination) nominatsiyasida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi va ko‘rgazma tashkilotchilari tomonidan beriladigan nufuzli OTM Excellence Award mukofotini qabul qildi.

Ushbu e’tirof O‘zbekistonning boy madaniy merosi, sayyohlik salohiyati va xalqaro maydondagi faol targ‘ibotining yana bir yorqin tasdig‘idir.

Izoh

0

Fikr qoldiring

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali tizimga kirishingiz kerak:


Avtorizatsiyadan o'tib, siz ma'lumotlaringizni qayta ishlashga rozilik bildirasiz shaxsiy ma'lumotlar