Foto va Video

Oʻzbekistonda “Tabarruk ziyorat” turizm platformasi ishga tushiriladi

02.03.2023 609

28-fevral kuni Madaniyat va turizm vazirligida “Tabarruk ziyorat” turizm platformasini takomillashtirish masalasiga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) kotibiyati, Ichki va ziyorat turizmini rivojlantirish bo‘limi, Xalqaro islom akademiyasi, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi hamda Fanlar Akademiyasining ziyorat turizmi ekspertlari ishtirok etdi.


Ta’kidlash joizki, Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo va kuzatuvchi davlat rahbarlarining 2021-yil 12-noyabrda Istanbul shahrida boʻlib oʻtgan uchrashuvida Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tomonidan “Tabarruk ziyorat” loyihasi doirasida qo‘shma yo‘l xaritasini ishlab chiqish va Qoʻqon shahrini birinchi “Turkiy dunyo turizm poytaxti” sifatida e’tirof etish orqali hamkorlikda hunarmandlar koʻrgazmalari, etnosport musobaqalari hamda madaniy merosni saqlash va ta’mirlash kabi tadbirlarni tashkil etish tashabbuslari ilgari surilgan. Shuningdek, Prezidentning “Turkiy davlatlar bilan turizm sohasidagi hamkorlikni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorida TDTga a’zo davlatlar tillarida yuritiluvchi “Tabarruk ziyorat” turizm platformasini tashkil qilish hamda platformani Turkiy davlatlar tashkilotining rasmiy veb-sahifasi bilan integratsiya qilish vazifasi belgilangan.


Qolaversa, Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi tomonidan “Tabarruk ziyorat” turizm platformasini takomillashtirish, unda muqaddas qadamjolarning interaktiv xaritasini tashkil etish hamda platformaning taqdimotini 2023-yil iyun oyida Qozog‘istonda o‘tkaziladigan TDTga a’zo va kuzatuvchi davlatlar Turizm vazirlarining 8-uchrashuviga qadar ishga tushirishda amaliy yordam so‘ralgan.

Uchrashuvda “Tabarruk ziyorat” turizm platformasini O‘zbekistonning turkiy dunyo sivilizatsiyasida tutgan o‘rnini ko‘rsatib beruvchi sifatli ma’lumotlar bilan to‘ldirish borasida fikr-mulohazalar, takliflar bildirildi.

Izoh

2

Where can we find demo version of the project?

Ulugbek Temirov | 29.06.2023

Where can we find demo version of the project?

Ulugbek Temirov | 29.06.2023

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing