Foto va Video

O‘zbekistonda Yoshlar turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi

28.12.2022 1044

O‘zbekistonda 2023-yil yanvar oyining birinchi o‘n kunligi Yoshlar turizmi haftaligiga bag‘ishlanadi.

Haftalik Yangi yil bayrami kunlarida yoshlarning O‘zbekistonning mashhur shaharlari va ularning diqqatga sazovor joylariga ekskursiyalar tashkil etish maqsadida o‘tkazilmoqda. Haftalik doirasida oliy o‘quv yurtlari talabalari va maktab o‘quvchilari, imkoniyati cheklangan talaba va yoshlar uchun bayram kunlari mavsumiy imtiyozli turistik paketlar asosida O‘zbekiston bo‘ylab sayohatlar tashkil etiladi.

Shuningdek, haftalik davomida yoshlarning madaniy meros obyektlari, muzeylar, teatr va kinoteatrlarga jamoaviy tashrifi, tariximizni aks ettiruvchi teatrlashtirilgan tomoshalar, “Yoshlar sayyohlik karvoni” loyihasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasida “Orol turizmi haftaligi”, yuqori saviyadagi kitobxonlik kunlari tashkil etiladi, dastur asosida yuqori natijalarga erishgan yoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” davlat dasturi doirasida Turizm va madaniy meros vazirligi tomonidan madaniy meros obyektlari va muzeylar uchun chegirmalar e’lon qilindi.


Bundan tashqari, haftalik doirasida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ va “Uzbekistan Airways” AJ tomonidan shaharlararo avtobus, havo va temir yo‘l chiptalariga chegirmalar, shuningdek, tadbirkorlik subyektlarining transport xizmatlariga ixtiyoriy chegirmalar belgilandi.

Yoshlar turizmi haftaligida ishtirok etish va hududlar bo‘ylab sayohat qilish uchun respublika bo‘ylab mahalla qo‘mitalaridagi yoshlar siyosati faollari bilan bog‘lanishingiz mumkin.

“Yoshlar turizmi haftaligi” Prezidentimizning 2022-yil 30-apreldagi “Ichki turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq o‘tkazilmoqda. Mazkur tadbir Turizm va madaniy meros vazirligi, Yoshlar masalalari agentligi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, shuningdek, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamkorligida tashkil etilmoqda.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing