Foto va Video

O‘zbekistonning madaniy salohiyati va turizm imkoniyatlari “INNOPROM-2023” Xalqaro ko‘rgazmasida targ‘ib etilmoqda

11.07.2023 526

Joriy yilning 10-iyul kuni Rossiya Federatsiyasining Yekaterinburg shahrida INNOPROM-2023” Xalqaro ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi.

Ko‘rgazmaga tashrif buyuruvchilarning qariyb 80 foizini butun dunyodan professional xaridorlar, ishlab chiqarishga yangi mahsulot va texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha qaror qabul qiluvchi sanoat korxonalari mutaxassislari tashkil etadi.

Bugungi kunda ko‘plab mamlakatlar, jumladan, O‘zbekiston iqtisodiyotining deyarli barcha jabhalarida xorijiy hamkorlar bilan sanoat turlari jadal rivojlanayotganligini inobatga olgan holda, “INNOPROM-2023” Xalqaro ko‘rgazmasida O‘zbekiston Respublikasining qator iqtisodiyot tarmoqlaridan vakillar o‘zlarining ishlab chiqarish mahsulotlari bilan yagona “Made in Uzbekistan” O‘zbekiston milliy stendi ostida ishtirok etmoqda.O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligi ko‘magida tashkillashtirilgan O‘zbekiston Respublikasining milliy stendi iqtisodiyotning 8 ta tarmog‘i bo‘yicha yurtimizning eksport salohiyatini namoyish etmoqda.

“Made in Uzbekistan” stendi ishtirokchilari orasida Madaniyat va turizm vazirligi, “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi, “O‘zcharmsanoat” uyushmasi, “O‘zeltexsanoat” uyushmasi, Farmatsevtika sanoatini rivojlantirish agentligi, "O‘zkimyosanoat" AJ hamda “IT Park Uzbekistan” kabi kompaniyalar mavjud.

Madaniyat va turizm vazirligi vakillari tomonidan mamlakatimizning boy madaniy merosi va turizm imkoniyatlari, shuningdek, yurtimizda so‘ngi yillarda ushbu sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlarga doir ma’lumotlar berilmoqda.

Xalqaro ko‘rgazmada ishtirok doirasida vazirlik vakillari ishtirokchilarga joriy yilning 15-17-noyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi va unda qanday shartlar asosida ishtirok etish yuzasidan batafsil ma’lumlar berilmoqda.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing