Eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun bizning Telegram kanalimizga obuna bo‘ling.
Suv, quyosh va havoni barcha kasalliklarga eng yaxshi dori deyishadi! O‘zbekistonda sog‘lomlashtirish va butun organizm faoliyatini yaxshilash uchun tabiiy dori vositalari bilan mashhur bo‘lgan ko‘plab oromgohlar mavjud.
Qoida bo‘yicha, odamlar bunday joylarga uchta sababga ko‘ra boradilar: 1) sog‘lomlashtirish muolajalari uchun, 2) mineral suv uchun, 3) shifobaxsh balchiq uchun. Qoidaga ko‘ra, shifobaxsh va issiq suvli oromgohlar odatda, buloq qaynab chiqqan joyda joylashgan bo‘ladi. Ming yillar davomida shakllangan va o‘z bosimining kuchi ostida, chuqur tuproq va jinslardan o‘tib, suv foydali tabiiy gazlar va minerallar bilan to‘yinadi.
Tabiiy mineral suv juda ko‘p miqdordagi foydali moddalarni o‘z ichiga olgan qimmatli manbaga aylanadi: brom, yod, temir, kremniy kislotasi, marganes, qo‘rg‘oshin, radon, selen va boshqa ko‘plab elementlar. Tarkibiga ko‘ra mineral va termal suv turli xil kasalliklarni davolashda, shuningdek, immunitetni mustahkamlash, organizmni tiklash, hatto kosmetik maqsadlarda ham qo‘llaniladi. Davolovchi balchiq, turli suv havzalarining cho‘kindilari sifatida muhim shifo manbai hisoblanadi. Teri ustidagi mexanik ta’sir tufayli foydali komponentlar teri ostiga, bo‘g‘imlarga qadar chuqur kirib borishi mumkin.
Shunday qilib, har uchala unsur ham shifo yo‘lida ona tabiatning o‘zidan bo‘lgan haloskor hisoblanadi. Biz siz uchun o‘zining davolash muolajalari, shifobaxsh mahsulotlari va kurort markazlari bilan mashhur bo‘lgan O‘zbekistondagi bir nechta nufuzli oromgoh va sanatoriylarni tanlab oldik. Qayd etish lozimki, bu O‘zbekistondagi dam olish maskanlarining to‘liq ro‘yxati emas.
“Chinobod” sanatoriysi – Toshkent shahrida, markazdan uncha uzoq bo‘lmagan joyda joylashgan balneologik va balchiq bilan davolovchi sanatoriy hisoblanadi. Sanatoriy katta o‘rmon parki hududida joylashgan. Termal xlorid-gidrokarbonat-natriyli suv va shifobaxsh balchiq oshqozon-ichak tizimini tartibga solishga, ovqat hazm qilish tizimini tiklashga, tanadan zaharli moddalarni chiqarib tashlashga va boshqa ko‘p narsalarga yordam beradi.

“Humson Buloq” sanatoriysi – G‘arbiy Tyan-Shanning baland tog‘ tizmalari bilan o‘ralgan ajoyib, tog‘li hududda joylashgan. Lekin bu joyning o‘ziga xosligi Chorvoq suv ombori fonidagi tog‘ manzaralaridagina emas, balki bu yerda shifobaxsh ta’sirga yumshoq iqlim, mineral suv va musaffo tog‘ havosi orqali erishiladi.
Xonobod sanatoriysi shu nomdagi, Andijon viloyatida va Buyuk Ipak yo‘lida joylashgan eng qadimiy shaharlardan biridir. Sanatoriy o‘zining mineral bulog‘i bilan mashhur bo‘lib, uning harorati suv yuzasida 18 dan 40 darajagacha saqlanadi. Dam oluvchilarga fizioterapiya, galvanizatsiya, akupunktur, elektroforez va boshqa xizmatlar ham taklif etiladi.
“Zomin” sanatoriysi – qulay joylashuvi va Jizzax viloyatining tog‘ havosi mo‘jizaviy sog‘lomlashtirish maskanini chinakam go‘zal go‘shaga aylantiradi. Aynan shu yerda balchiq bilan davolash muolajalari olib boriladi, Baliqli ko‘lidan shifobaxsh balchiq keltiriladi. Zominning go‘zal tog‘ landshafti, musaffo havosi va saxiiy quyoshi nafas olish tizimi kasalliklariga chalingan bolalar va kattalar uchun profilaktik muolajalar o‘tkazishga ideal sharoitlar yaratadi.
“Chortoq” sanatoriysi – Namangan viloyatida, go‘zal Chortoqsoy daryosi vodiysida joylashgan. Dam olish maskani yam-yashil bog‘lar va go‘zal o‘rmonlar bilan o‘ralgan. Dam olish maskani o‘zining balneologik muolajalari bilan mashhur bo‘lib, ular bo‘g‘imlarni, asab va tayanch-harakat tizimini davolashda juda yaxshi samara beradi.
Ish vaqti: 9:00-18:00, Du-Ju
Savollar uchun
ПОЛЬЗОВАТЕЛЬСКОЕ СОГЛАШЕНИЕ
1. Определение
Настоящее Пользовательское соглашение (далее — Соглашение) является Публичной офертой в соответствии со статьёй 367 Гражданского кодекса Республики Узбекистан от 21.12.1995 (https://lex.uz/ru/docs/111181#162763) и регулирует порядок использования материалов и Сервисов сайта Государственного унитарного предприятия «Национальный PR-центр» (далее — Предприятие), размещённого на веб-сайте и поддоменах Национального Туристического Информационного Центра: https://uzbekistan.travel/ (далее — Сайт).
Посетитель и (или) Пользователь подтверждает, что ознакомлен, полностью и безоговорочно принимает все условия настоящего Соглашения и обязуется их соблюдать.
Использование Сайта Пользователем означает полное принятие данного Соглашения «как есть» в форме акцепта.
Соглашение вступает в силу с момента посещения любой страницы Сайта и (или) регистрации на Сайте и действует бессрочно во время пользования Сервисами Сайта.
Настоящее Соглашение обязательно для исполнения всеми Посетителями и Пользователями без каких-либо изъятий и дополнительных согласований.
Пользователь обязуется самостоятельно проверять актуальную редакцию Соглашения на Сайте перед использованием Сервисов.
2. Предмет Соглашения
Предметом настоящего Соглашения являются правила использования материалов Сайта и предоставление Посетителю и (или) Пользователю возможности использования Сервисов Сайта.
Предприятие является правообладателем исключительных прав на Сайт в целом и на его составные части, включая все виды контента: логотипы, товарные знаки, тексты, статьи, аннотации, иллюстрации, фотографии, графику, аудио- и видеофайлы, пользовательские интерфейсы, дизайн, структуру, программы, базы данных.
Я прочитал(а) и соглашаюсь с условиями использования сайта и политикой конфиденциальности.