Foto va Video

“Pahlavonlar o‘yini” turnirining eronlik ishtirokchilari Xivaga shoshilishmoqda

03.06.2022 707

TEHRON, 3-iyun. /“Dunyo” IA/. Taniqli eronlik kuchli sportchi Reza Keytasi (Qahramonlar oʻyinlari-2019 vitse-chempioni), Pahlavon Mahmud xotirasiga bag‘ishlangan “Pahlavonlar o‘yinlari” ikkinchi xalqaro turniriga shoshilishmoqda. Shuningdek, yengil atletika boʻyicha xalqaro ekspert Maqsud Esmoilzoda va turistik marshrutlar va xizmatlarni targ‘ib qiluvchi taniqli blogerlar, ajoyib juftlik janob Gardeshgar rafiqasi bilan birga mamlakatimizga tashrif buyurishmoqda.

Bo‘lajak turnir O‘rta Osiyo, Eron, Ozarbayjon, Afg‘oniston, Hindiston va boshqa mamlakatlarda mag‘lub bo‘lmagan, o‘zbek xalqining farzandi, qahramon, mashhur murabbiy, faylasuf va so‘fiy Pahlavon Mahmud (1247-1326) xotirasiga bag‘ishlanadi.

Bo‘lajak turnir O‘rta Osiyo, Eron, Ozarbayjon, Afg‘oniston, Hindiston va boshqa mamlakatlarda mag‘lub bo‘lmagan, o‘zbek xalqining farzandi, qahramon, mashhur murabbiy, faylasuf va so‘fiy Pahlavon Mahmud (1247-1326) xotirasiga bag‘ishlanadi.

5-6-iyun kunlari Xiva shahrida bo‘lib o‘tadigan turnir sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish, sport turizmini rivojlantirish borasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish va targ‘ib qilishga hissa qo‘shishdan iborat.

Eslatib o‘tamiz, eronlik pahlavon Rezo Keytasi hozirda Xivada bo‘lib o‘tadigan xalqaro turnirda chempionlik uchun asosiy da’vogarlardan biri sanaladi.

Eronlik ishtirokchilar o‘z yurtlaridan jo‘nab ketish oldidan tadbir tashkilotchilari va ushbu sport turining O‘zbekistondagi muxlislariga tabrik videomurojaatini yo‘llab, unda quyidagi fikrlarni aytishdi:

— Aziz do‘stlar, o‘zbeklar! Tez kunda go'zal tarixiy Xiva shahriga tashrif buyurib, mashhur turnirda ishtirok etishimizdan xursandmiz. Biz, do‘stimiz bo‘lgan o‘zbek xalqini juda sog‘indik.

Fursatdan foydalanib, Respublika Turizm va Madaniy meros vazirligiga, O‘zbekistonning Erondagi elchixonasiga va ushbu sport turi bo‘yicha dunyoning turli burchaklaridan kelgan sportchilarga o‘z mahoratini namoyish etish imkonini beradigan hamda malakalarini oshirish va xalqaro maydondagi yuqori darajasini tasdiqlashga imkon beruvchi ushbu ajoyib turnirning barcha tashkilotchilariga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

Qayd etishni istardimki, yurtimizda Pahlavon Mahmud, Puryaye Valiy nomi bilan mashhur. Ko‘pgina eronlik sportchilar, ayniqsa, jang san’at ustalari o‘zlarining ruhiy ustozi sifatida Pahlavon Mahmud shaxsini juda hurmat qiladilar.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing