Foto va Video

Qashqadaryo viloyati

4033


Ziyoratgoh nomi
Manzili (joylashgan joyi)
Geolokatsiyasi (google maps kordinatorlari)
Izoh (ob’ekt to‘g‘risida qisqacha ma’lumot)
1 Islomiy qadamjolar


1 Qarshi shahri


1 Abu Ubayda ibn al-Jarroh ziyoratgohi Jayxo‘n ko‘chasi 38°52'35.29"; 65°49'0.49" Abu Ubayda ibn al-Jarrox payg‘ambarimiz Muhammad alayxisallomning eng buyuk sahobalaridan, birinchilaridan bo‘lib islomga kirgan. U xijratdan avvalgi 40-yilda (milodiy 584 yil) Makkada tavallud topgan. Uning to‘liq ismi Abu Ubayda Omir ibn Abdulloh ibn al-Jarrox ibn Hilol ibn Uhayb ibn Zabba ibn al-Horis ibn Fixr ibn Molik ibn an-Nazar ibn Kanona bo‘lib, nasab jihatidan kurashlardan va yettinchi bo‘g‘inda ham otasi, ham onasi tomondan (fihrda) Muhammad payg‘ambar bilan bog‘lanadi. Chunonchi, Muhammad payg‘ambar alayxisallom nasab jixatidan Gʻolib ibn Fixr avlodlaridan bo‘lsa, Abu Ubayda esa al-Horis ibn Fixr avlodlaridan kelib chiqqan. Abu Ubaydaning ismi Omir, otasining ismi Abdulloh, bobosining ismi Jarrox bo‘lgani bilan u yoshligidan Abu Ubayda ibn al-Jarrox nomi bilan mashxur.
2 Odina masjidi Darvozatutak MFY, I.Karimov ko‘chasi 38°52'3.74"; 65°48'12.06" Qarshi shahrining eski shahar qismida joylashgan Odina majmuasiga kirgan me’moriy inshootlardan biri hisoblanadi. Bu yirik inshoot Abdullaxon madrasasi bilan qarama-qarshi joylashgan. Masjidning bo‘yi 50 metr, eni 40 metrdan iborat. Masjid ichidagi ibodat joylari keng, baland, tepasi kichik gumbazchali har-har joyda qalin qilibterilgan g‘isht ustunlari bir-biriga ravoqlar orqali ketgan, ana shunday o‘nlab ravoq gumbazchali xonalardan o‘tib, hatto gumbazli namozgohga chiqilgan. Uning g‘arbiy (qibla) tomonga juda katta mahobatli mehrob bo‘lgan. Mehrob ravoqning atrofiga Qur’oni Karimdan duolar bilan bitilgan. Mehrobning o‘ng tomonida yetti zinali marmar bo‘lib, unda juma va hayit namozlarida xutba o‘qilgan.
3 Ko‘kgumbaz masjidi «Qarliqbog‘ot» MFY, Nasaf ko‘chasi 274 uy 38°51'49.53"; 65°47'29.40" Ko‘kgumbaz masjidida qadimshunoslik izlanishlari o‘tkazgan taniqli qadimshunos olim M.Ye.Masson bino peshtoqidagi arabiy bitiklarni o‘qishga muyassar bo‘lib, uning Abdullaxon II buyrug‘iga binoan qurdirilganligini aniqlagan. Binoning qurib bitkazilgan sanasi xijriy 999 (1590-1591) yilda ekanligi ma’lum. Inshoot jome’ masjid sifatida shaharda Qarshi shahri va atrofdagi qishloqlar aholisiga xizmat ko‘rsatgan, hamda bu joyda bayramlarda halq sayillari o‘tkazilgan.
4 Qashqadaryo ko‘prigi Qarshi shaxar Ravoq MFY 38°53'12.42"; 65°48'34.23" XVI asrga oid bu ko‘prik shayboniylar davrida qurilgan bo‘lib, o‘z asrining noyob yodgorliklaridan biri hisoblanadi. Bu ko‘prik XX asrning o‘rtalarigacha voha ahliga xizmat qilgan.
5 Qilichboy madrasasi Darvozatutak MFY, I.Karimov ko‘chasi 38°52'9.73"; 65°48'20.02" Qilichboy madrasasi ham o‘zining tarixi va ko‘rinishi bilan Xo‘ja Abdulaziz madrasasidan farq qilmaydi. Madrasa XX asrning boshida Qarshida yashagan saxovatli inson Qilichboyning mablag‘i hisobiga qurilgan. Bu inshoot Bekmir Qozoq madrasasi uslubida qurilgan bo‘lib, hajmi ancha kichik.
6 Abdulaziz madrasasi Darvozatutak MFY, Nasaf ko‘chasi 38°52'12.89"; 65°48'24.12" Madrasa Qarshilik Xo‘ja Abdulazizboy tomonidan qurdirilgan bo‘lib, binoning old peshtoqida qachon qurilganligi yozib qo‘yilgan. Madrasaning milliyligi, mukammal proporsiyali, tik silindr barabanli ko‘rinishdan bunyod etilgan. Birinchi va ikkinchi qavatida hujralar turli xil ko‘rinishga ega.
6 Qarshi tumani


7 Imom Mo‘yin an-Nasafiy majmuasi Qovchin MFY, Qovchin qishlog‘i 38°46'31.08"; 65°31'45.94" Qashqadaryo zaminining ulug‘ allomalardan, dunyo fanlari rivojlanishiga o‘zining salmoqli hissasini qo‘shgan, ayniqsa Movarounnahrning fiqh (islom huquqshunoslik) ilmi miqyosidagi katta o‘rin tutgan Motrudiya kalom maktabini atoqli namoyondalaridan biri buyuk olimlar oilasiga mansub yirik faqih Abul Mu’iyn an-Nasafiy 1027 yil Nasaf shahrida tug‘ilgan. Abul Mu’iyn uzoq vaqt Buxoro va Samarqandda yashab ijod etgan. Fathulloh Xulayf “Abul Mu’iyn Motrudiya kalom maktabini himoya qilib turuvchi buyuk shaxs” deb tariflaydi.
8 Xo‘ja Shamsiddin Halvoniy. Qarshi tumani Qovchin q/q 38.784371, 65.54 30 30 Hazrati Shayx nomi bilan mashhur Imom Shamsiddin Muhammad Halvoniyning maqbarasi Qarshi tumanining To‘raqul qishlog‘ida joylashgan. Shayxning taxallusiga ko‘ra, bu inson naqshbandiylik tariqatida bo‘lishi mumkin. (Xolva tayyorlovchi)
9 Shayx Shibliy ziyoratgohi Qarshi tumani 38.790585, 65.811369 Shayx Shibliy to‘g‘risida ma’lumotlar juda kam saqlangan bo‘lib, bu zot zamonasining buyuk allomalaridan bo‘lgan iroqlik Mansur Halloj bilan zamondosh bo‘lgan. Shayx to‘g‘risidagi ma’lumotlar H.Homidiyning “Ko‘hna sharq darg‘alari” kitobida keltirilgan.
9 Koson tumani


10 Yerqo‘rg‘on arxeologiya yodgorligi Sherbek MFY Sherbek qishlog‘i 38°56'56.06"; 65°42'48.20" Qadimgi Naxshab, Nashebolo, Nasaf nomlari bilan mashhur shaharning qadimgi xarobalar ihozirgi Yerqo‘rg‘onda joylashgan bo‘lib, hozirgi Shayxali bekati hududida zamonaviy Qarshi shahri ma’muriy hududining shimoliy chegaralaridan bir yarim kilometr uzoqlikda joylashgan. Yerqo‘rg‘onning hududi ichki va tashqi devorlari chegarasida eski shahar xarobalaridan iborat bo‘lgan turli xil kattalikdagi balandliklar bilan o‘ralgan. Eng katta balandlik hukmdor qasri ekanligi ma’lum bo‘ldi. shuningdek, sitadel (qal’a ichidagi qo‘rg‘on), shahar ibodatxonasi, maqbara, zardushtiylik ibodatxonasi, hunarmandlar mahallalari qazib olindi. Yerqo‘rg‘on atrofida, butunlay yo‘qolib ketgan, o‘zaro zich joylashgan shaharoldi imoratlar bo‘lgan va ilk ming yillikning birinchi yarmida keng jihozlangan shaharoldi hududi g‘arbga tomon Qashqadaryo daryosi sohillarigacha cho‘zilgan. Yerqo‘rg‘ondagi shahar VI asrda yeftalitlar davlatini ishg‘ol qilish davomida Turk xoqonligi va Eron sosoniylarining birlashgan kuchlaritomonidan yoqib yuborilgan va vayron qilingan. Yerqo‘rg‘on shahri qazilmalaridan olingan ko‘plab buyumlar to‘plami Qarshi vohasi hamda poytaxt shahri tarixi va madaniyati bir necha bosqichda rivojlanganligini isbotlashga yetarli asos bo‘la oladi.
10 Kasbi tumani


11 Sulton Mir Haydar yodgorlik majmuasi Kasbi QFY 38°57'2.17"; 65°23'20.53" Sulton Mir Haydar yodgorlik mamuasi Sulton Mir Haydar maqbarasi, uch gumbazlik mavzoley, chillaxona, “Said Mir Mo‘min Samarqandiy” maqbarasi, ayvon, minora, qishgi va yozgi masjidlar, va 2 ta sardobalar mavjud. XIV asr boshlarida Makkadan chiqqan karvon uzoq yul bosib horib charchab Kasbi shahriga yetib keladi. Bu karvonda Sayidlarning sayidi Amir Shams ad-din Haydar bor edilar. U kishi Makkadan yuborilgan Naxshab viloyatiga islom ilmini, dinini tarqatuvchi alloma sifatida kirib keladilar. Bu kishi Amir Temur bobomizning pirlari Amir Sayyid Barakaning bobolari edilar.
11 G'uzor tumani


12 Mirijanda ota maqbarasi Gulshan MFY, Mardtepa qishlog‘i 38°36'24.49"; 66°15'10.08" Miri Janda ota maqbarasi: Allomaning to‘liq ismi Abu Hafs Umar ibn Muhammad ibn Abdulloh ibn Shahobuddin Suhravardiy bo‘lib, bu nom allomaning shimoli-sharqiy Eronning Jabal o‘lkasidagi Suhravard shahrida tug‘ilganiga ishora qiladi. Taniqli tarixchi olim Poyon Ravshanov «Qashqadaryo tarixi» kitobida bu haqda so‘z yuritar ekan, Boris Kochnevning «Rabotы v Karshinskom oazise» asariga tayangan holda, jumladan, bunday deydi: «Gʻuzor namozgohi Gʻuzordaryoning so‘l qirg‘og‘ida, qo‘rg‘ondan 300-400 metr janubi-g‘arb tarafda joylashgan edi. Qo‘rg‘onning Eskibog‘ darvozasi masjidga ro‘baro‘ bo‘lgan. Shu darvozadan chiquvchi yo‘l to‘g‘ri Eskibog‘ga eltgan. Namozgohning shimoli-sharqida Amir Jond (Janda) qabristoni tutashib ketadi. Shahobiddin Umar bo‘lib, olti yuz yil oldin yashagan ekan. Shahobiddin Umar Bag‘dodda yashagan bo‘lib, uning piri Abdulqodir Gʻiyloniy ekan. Nihoyat, Shahobiddin Umar Gʻuzorga kelib qoladi va shu qabristonga dafn etiladi».
12 Qamashi tumani


13 Langar ota maqbarasi Ko‘kbo‘loq MFY, Langar qishlog‘i uy 38°40'53.03"; 66°45'27.08" Maqbara 1520 yillarda bunyod etilgan va bag‘riga katta langarlik ulug‘ shayxlarni olib yotadi. Maqbaraning devorlari yaxshi pishirilgan qizg‘ish rangli to‘rtburchak g‘ishtlardan barpo etilgan ganch qorishmasi bilan terilgan. Maqbara yuzasi silliqlangan g‘ishtlar bilan qoplangan. XVI asrning noyob me’morchilik namunasi bo‘lgan bu inshoatda Shayx Muhammad Sodiq va qolgan bir qancha mashhur shaxslar dafn etilgan.
14 Langar ota masjidi Ko‘kbo‘loq MFY, Langar qishlog‘i uy 38°40'59.49"; 66°45'36.41" «Xazrati Langar ota» masjidi ma’lumotlarga qaraganda, 1448–yilda Abul Xasan shayx tomonidan, xayriya–xashar va saxovat yo‘li bilan qurilgan. «Xazrati Langar ota»ning asl ismi shayx Muhammad Sodiq otalarining ismi shayx Abul Xasan, rivoyatlarga qaraganda shayx Abul Xasan xazratlarining hurmati evaziga masjid ustunlari, marmar toshlari va naqsh toshlari hayriya sifatida keltirilgan. Rivoyat qilishlaricha avval kichkina masjid qurilgan namozxonlar ko‘payganligi sababli keyinchalik katta masjid va ayvon qurilgan. Bu yerda “Katta Langar Qur’oni” ham saqlanadi.
15 O‘g‘lonjon ota maqbarasi Boburtepa MFY Pastol qishlog‘i 38°48'38.43": 66°35'22.20" (XVI asr) Maqbara pishiq g‘ishtdan qurilgan, gumbaz, tomli. Bosh tarzidagi peshtog‘i yassi ravoqli, burchaklariga guldasta ishlangan. Xonaning to‘rt tomoni ravoqli. Ichida sag‘ana bor.
15 Muborak tumani


16 Muborak Marvaziy maqbarasi Sariq qishlog‘i 39°11'21.03"; 65°14'43.90" Turkiston diyorining shuhratini dunyoga taratgan buyuk allomalardan biri Abdullox ibn al-Muborak al-Marvaziydir. Tarixiy manbalarda qayd etilishicha u 736 yil Turkmanistonning qadimiy shaharlardan biri Marv shahrida tug‘ilgan va 798 yilda 63 yoshida Iroqning Hiyot degan shaharchasida vafot etib o‘sha joyda dafn etilgan. Diyorimizdan yetishib chiqqan mashhur olim, iymon – e’tiqodi, axloq-odobi, saxovatpeshaligi bilan nom qozongan ajoyib inson Abdullox al-Marvaziyning Sohibqiron Amir Temur hokidan keltirib Qashqadaryoning Xo‘ja Muborak qishlog‘ida ramziy maqbara barpo etgan. Maqbara oliy janob insonlarning sayi-harakati natijasida ta’mirlanib, qayta qurilib tabarruk qadamjoga aylantirildi.
16 Mirishkor tumani


17 Isoq ota maqbarasi Pomuq MFY 39° 1'43.59"; 65° 5'2.09" Maqbara XIV asrlarda qurilgan bo‘lib, kvadrat tarhli, peshtoq gumbazli, peshtoq devoridan 0.5 m bo‘rttirib ishlangan. Devorlari “Qalama” uslubida qurilgan.
17 Shahrisabz shahri


18 Shayx Shamsiddin Kulol maqbarasi Qo‘shxovuz MFY, Shahrisabz shahri tarixiy markazi 39° 2'58.68"; 66°49'40.04" Majmua «Dorut tilovat» deb nomlanadi. «Dorut tilovat»ning ma’nosi «tilovat qiluvchilar makoni» degan ma’noni anglatadi. Majmua tarkibi 1435 yil Mirzo Ulug‘bek tomonidan qurdirilgan Ko‘k gumbaz masjidi, 1373-1374 yillarda Amir Temurning farmoni bilan qurilgan Shayx Shamsiddin Kulol maqbarasi va 1437-yilda Ulug‘bek Mirzo tomonidan qurdirilgan Gumbazi Sayidon maqbarasi va bir kancha xujralardan iborat. Shayx Shamsiddin Kulol maqbarasida Temurning otasi Muxammad Tarag‘ay va Temurni ustozi Shayx Shamsiddin Kulolning qabrlari bor. Gumbazi Sayidon «Sayidlar gumbazi» degan ma’noni bildiradi.
19 Ko‘k gumbaz masjidi Qo‘shxovuz MFY, Shahrisabz shahri tarixiy markazi 39° 2'59.30"; 66°49'38.25"
20 Gumbazi Sayyidon maqbarasi Qo‘shxovuz MFY, Shahrisabz shahri tarixiy markazi 39° 2'58.42"; 66°49'39.92"
21 Jahongir Mirzo maqbarasi Qo‘shxovuz MFY, Shahrisabz shahri tarixiy markazi 39° 2'59.58"; 66°49'47.49" Majmua «Dorus saodat» deb nomlanadi. «Dorus saodat»ning ma’nosi «saodatmandlar makoni» degan ma’noni anglatadi. Majmua tarkibi 1380-1404 yillarda Amir Temurning farmoni bilan qurilgan Jahongir Mirzo maqbarasi, Amir Temur hayotlik vaqti o‘zi uchun qurdirgan dahma va Hazrati Imom jome’ masjididan iborat. Jahongir Mirzo maqbarasida Temurning katta o‘g‘li, valiahd shaxzoda Muxammad Jahongir Mirzo dafn etilgan. Amir Temur Shom yurishi vaqtida Abu Hanifa an-Noʻmon ibn Sobit (Imom A’zam)ning shogirdi olim Muhammad ash-Shayboniy xokini olib keltirgan. Majmua yonida qurilgan masjid Hazrati Imom nomi bilan nomlangan.
22 Amir Temur yer osti dahmasi Qo‘shxovuz MFY, Shahrisabz shahri tarixiy markazi 39° 2'58.62"; 66°49'49.43"
23 Hazrati Imom masjidi Qo‘shxovuz MFY, Shahrisabz shahri tarixiy markazi 39° 3'0.20"; 66°49'47.34"
24 Oq saroy majmuasi O‘rda MFY, Shahrisabz shahri tarixiy markazi 39° 3'38.25"; 66°49'46.15" Oq saroy majmuasi 1380-1404 yillarda Amir Temurning farmoni bilan uning onasi Tegina begimga bag‘ishlab qurdirilgan inshoat. Oq saroy majmuasida ispan elchisi Rui Gonsales Klavixo bo‘lib, saroyni uch qismga ajratgan. Qabul qismi, markaziy boshqaruv qismi hamda hovli qismlaridan iborat. Oq saroy majmuasi Davlat yodgorliklarni saklash ruyxatiga va YUNESKOning umuminsoniy kadriyatlar kitobiga kiritilgan.
25 Chorsu majmuasi Shahrisabz shahri tarixiy markazi 39° 3'13.40"; 66°49'37.01" Chorsu savdo gumbazi shaharning shimoldan janubga va sharqdan g‘arbga o‘tadigan eng asosiy qadimiy ko‘chalari kesishgan joyda joylashgan Chorsu savdo gumbazi garchi mahalliy rivoyatlarda XVIII asrning 80-yillariga mansub deb uni Niyozbekka taalluqli qilib ko‘rsatilgan bo‘lsada, lekin me’morchilik tuzilishiga ko‘ra u XV asrning oxiri XVI asr boshlarida qurilgan bo‘lishi mumkin. Shu bilan birga uning 1598-1602 yillarda qad ko‘targanligi to‘g‘risida ma’lumotlar ham bor. «Chorsu»ning keng ma’nosi to‘rt tomon degan ma’noni anglatadi. Shuning uchun xam shaharning o‘rtasida joylashgan. Chorsu savdo gumbazi Davlat yodgorliklarni saklash ruyxatiga va YUNESKOning umuminsoniy kadriyatlar kitobiga kiritilgan.
26 Koba karvon saroyi Zingiron MFY, Shahrisabz shahri tarixiy markazi 39° 3'18.40"; 39° 3'18.40" XV asr oxiri XVI asr boshlarida qurilgan, shaharda joylashgan hamma tarixiy yodgorlikni o‘rtasida joylashgan. Bu karvonsaroy bozor yaqinida joylashgan bo‘lib, shahar ichidan o‘tuvchi hamda bozorga keluvchi karvonlar to‘xtaydigan joy bo‘lib xizmat qilgan. Bu karvonsaroy mehmonxona sifatida ham bir oz vaqt foydalanilgan. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so‘ng karvonsaroyda juda katta ta’mirlash, tiklash ishlari bajarildi. Karvonsaroy bugungi kunda xalq xizmatida. Davlat yodgorliklarni saqlash ro‘yhatiga va YUNESKOning umuminsoniy qadriyatlar kitobiga kiritilgan.
27 Chubin madrasasi Qoziguzar MFY, Shahrisabz shahri tarixiy markazi 39° 3'24.42"; 66°49'48.64" Kim tomonidan aynan shu joyda qurilganligi haqida manbalar saqlanmagan. Xalq orasida bu madrasa nomiini chub «o‘tin, yog‘och» bozori yonida bo‘lganligi uchun Chubin madrasa deb atalib ketgan. Mazkur madrasa XVI asrda qurilgan bo‘lib, o‘z davrida diniy ta’lim (darasa-dars, saboq) beradigan joy bo‘lgan. Mazkur obida yog‘ochga ishlov beruvchi hunarmandlar mahallasida joylashgan. O‘rta asrlarga oid yozma manbalarda Shahrisabzda 40 dan ziyod madrasalar faoliyat yuritgani va uzoq yurtlardan kelgan ilm toliblari ta’lim olish bilan bir qatorda madrasa hovlisidagi hujralardan yotoqxona sifatida foydalanishgani qayd etilgan. 1993-1996 yillarda madrasada ta’mirlash, tiklash amalga oshirilib, muzeyga moslashtirish ishlari bajarildi. Hozirga kunda yodgorlikda shahrimiz tarixini aks ettiruvchi tarixiy muzey joylashgan.
28 Shahar qal’a devori Shahrisabz shahri tarixiy markazi 39° 3'42.76"; 66°49'44.77" Amir Temur Shaxrisabzda 1378-1379 yillarda obodonlashtirish ishlari boshlab shaharda ilk bor to‘rt darvozali paxsa devor bilan o‘raydi. Tashqi tomonda gir aylana xandaq qazilib, osma ko‘priklar quriladi bu vaqtda Shahrisabz shahri qadim zamonlardan mashhur hisoblangan shaklga kiradi. Keyinchalik janub tomonda qal’a devorlari ichkariga 450 m surilgan shuning hisobiga shahar maydoni ancha qisqargan. Shaxar simmetrik shaklda ikki asosiy ko‘cha bir birini kesib o‘tgan to‘g‘riburchakli tekis sathini hosil qiladi, to‘rt tomonda to‘rtta darvoza qurilib ular sharqdan g‘arbga kesib o‘tgan sharq tomonda Kunchiqar darvozasi, g‘arb tomonda Qushxona darvozasi, janubdan shimolga tomonga kesib o‘tgan ko‘cha esa janubiy tomondagi Termiz darvozasi, Shimoliy tomondagisi Samarqand darvozasiga tutashgan bo‘lgan.
29 Qunduzak masjidi Kulollik MFY, Shahrisabz shahri tarixiy markazi 39° 2'57.90"; 66°49'32.81" Shahrisabzda joylashgan Qunduzak masjidi hijriy 1345 yilda (1926 y) Qunduzak mahallasida barpo qilingan. Masjidning qurilishi tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra usta naqqosh Mulla Jura So‘fi, duradgor ustalar Almardon va usta Saidxuja tomonidan qurilgan. Masjid Ko‘k Gumbaz masjidi ro‘parasida joylashgan. Masjid old qismiga bir qarashda juda ham chiroyli naqshinkor bezaklari ko‘zga tashlanadi. Qunduzak masjidi 2002 yilda qisman ta’mirlangan. Hozirgi paytda mahalliy aholi besh mahal namoz o‘qiydigan jome’ masjidi sifatida foydalanilmoqda. Qunduzak masjidi Davlat yodgorliklarni saqlash ro‘yhatiga va YUNESKOning umuminsoniy qadriyatlar kitobiga kiritilgan.
30 Abdushukur Og‘aliq masjidi Zingiron MFY, Shahrisabz shahri tarixiy markazi 39° 3'19.24"; 66°49'37.48" Abdushukur Og‘alik masjidi XV asrda qurilgan, shaxar xammomi yonida joylashgan. Masjid Shaxrisabzda yashab o‘tgan Abdushukur degan bir boy tomonidan qurilgan, shuning uchun xam Abdishukur Og‘oliq masjidi deb ataladi. Ushbu masjid majmua sifatida qurilgan bo‘lib gumbazli xonaqo oldi va yon taraflari naqshinkor o‘yma ustunlar bilan o‘ralgan. Ayvon janub va shimol tomondan hujralari bo‘lgan. Xozirgi kunda shimol tomonidagi hujralari saqlanib qolgan. Masjid to‘liq pishiq g‘ishtdan qurilgan bo‘lib umumiy balandligi 12,7 mni tashkil qiladi. Masjid ustki qismi gumbaz holatda qurilgan. Davlat yodgorliklarni saklash ro‘yhatiga va YUNESKOning umuminsoniy qadriyatlar kitobiga kiritilgan.
31 Malik Ashtar masjidi Zingiron MFY, Shahrisabz shahri tarixiy markazi 39° 3'27.06"; 66°49'34.31" Malik Ajdar masjidi XX asrning oxiri va XX asrning boshlarida Shahrisabz xokim bo‘lib ishlagan Salimiyning “Tarixi Salimiy” asarida Shahrisabz shahrida istiqomat qiluvchi ismi nomaьlum fuqaro tomonidan 1917 yilda bunyod etilgani uchun “Moliki Ushtur” yaьni Tuya boquvchi chorvadorni nomi bilan atalgan deb yozilgan. Masjid shaharning janubi g‘arbiy qismidagi mahallaning jome’si sifatida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, masjid qisman taьmirlanib, musulmonlar idorasiga jome’ masjidi sifatida foydalanishga berildi. Masjid 2000 yilda YUNESKOning “Jahon merosi” ro‘yxatiga kiritilgan.
32 Xo‘jamurod baxshi ziyoratgox majmuasi Shaxrisabz shaxar 39° 4'2.02"; 66°50'8.46" Xo‘jamurod baxshi ziyoratgoxi xalq orasida murodlari xosil buladigan ziyoratgox sifatida ko‘riladi. Shuning uchun ziyoratgox Xo‘jamurod baxshi ziyoratgoxi Ziyoratgox yonida 6000 kishilik katta masjid qad kutarib turibdi
33 Eshonpir masjidi Shaxrisabz shaxar Qoziguzar MFY 39° 3'19.43"; 66°49'51.95"
33 Shahrisabz tumani


34 Shayx Arslonbobo ziyoratgohi Chorshanbe qo‘rg‘oni 39° 2'1.22"; 39° 2'1.22" Ziyoratgoh Shahrisabz tumani Chorshanbe qo‘rg‘onida joylashgan. Shayx Arslonbob Hoja Ahmad Yassaviyning ustozlari bo‘lgan. Bu yer u kishining qadamjolari hisoblanadi. Bu yerda shayx Arslonbob islomni targ‘ib qilib, talabalarga dars berganlar.
35 Turk Tug‘yon ziyoratggohi G‘elon MFY, G‘elon qishlog‘i 39° 3'24.35"; 67°27'29.58" Turk Tug‘yon ziyoratgohi G‘elon qishlog‘ining janubiy tomonida, G‘elon daryosi yoqasida joylashgan bo‘lib, ziyoratgohda Xitoy podshohlarining o‘g‘illaridan birining qabri mavjud. Ziyoratgoh to‘g‘risida ba’zi ma’lumotlar Hisoriyning “Ravzat ush-shuhado” asarida uchratish mumkin. Unga ko‘ra, Turk Tug‘yon ziyoratgohi tarixi Hazrati Sulton tarixi bilan bog‘liq.
36 Nishon ota ziyoratgoxi Xisor MFY Xummon qishlog‘i 38°53'3.00"; 67°11'4.00" Nishon ota ziyoratgohi Vardon va Xummon qishloqlari o‘rtasida, balandlikda joylashgan. Rivoyatlarga ko‘ra, ziyoratgohda yetuk so‘fiy Ho‘ja Xasan Charxi Parroniy dafn etilgan bo‘lib, ziyoratgoh tarixi Hazrati Sulton tarixi bilan bog‘liq. Parroniy taxallusi esa karomatli shayxning farz namozlarini Makkada o‘qiganlari uchun berilgan.
37 Saad ibn Abu Vaqqos ziyoratgoxi Bog‘ishamol MFY Qorapoycha qishlog‘i 39° 5'6.68"; 66°54'35.14"
37 Yakkabog‘ tumani


38 Xo‘jailg‘or maqbarasi Sovuqbuloq MFY, Sovuqbuloq qishlog‘i 38°59'47.17"; 66°41'10.69" Xo‘ja Ilg‘or ziyoratgohi Kesh viloyatining nom qozongan yodgorlaridan biri. U Xo‘ja Ilg‘or qishlog‘idan g‘arb tarafda qishloq bilan bir nomda Xo‘ja Ilg‘or tepaligi qabriston hududi tarkibidadir. Tepalik doirasimon shaklga ega. Uning yon atrofi xuddi tepalikning o‘zi singari qabrtoshlarga to‘la. Butun qabriston to‘g‘ri burchakli ko‘rinishni hosil qilgan. Uning maydoni taxminan 2-2,5 ga dan iborat.
39 Yodgor Valloma madrasasi Eski Yakkabog‘ MFY, Tatarguzar qishlog‘i 38°55'17.46"; 66°51'25.00" Yodgor valloma madrasasi-Qashqadaryo viloyati, Yakkabog‘ tumani markazidagi me’moriy yodgorlik (taxminan 1625). Madrasa mahalliy bek nomi bilan atalgan (uning mablag‘iga qurilgan). Madrasa bosh tarzining asosiy qismi va yon devorlaridan biri saqlangan. Maqbara (janubiy sharqiy qismi)da Yodgor Vallomaning sag‘anasi bor. Yodgor Valloma madrasasi tashki burchaklariga burj guldasta ishlangan. Maqbara va masjid gumbaz tomli, miyon saroy yassigumbaz tomli, devori sirkor g‘isht bilan bezatilgan. Guldasta bezagidagi oq, zangori sirkor g‘ishtchalar yaxshi saqlangan.
40 Tezob ota masjidi Sovuqbuloq MFY, Tezob qishlog‘i 39° 2'19.45"; 66°40'31.99" Tezob masjidi Yakkabog‘ tumanining Tezob qishlog‘ida joylashgan bo‘lib, XVI-XVII asrga tegishli. Hozirda qayta taьmirlangan bo‘lib, sog‘ona, sog‘onaning ichida ikkita qabr toshi mavjud. Bu qabr toshlarini mahalliy aholi Temuriy avlodga tegishli ekanligini rivoyat qilishadi.
41 Tezob ota maqbarasi Sovuqbuloq MFY, Tezob qishlog‘i 39° 2'27.06; 66°40'24.19" Tezob ota qabr mavzoleyi. Oldingi va xozirgi xolati. Yakkabog‘ tumanining Tezob qishlog‘ida joylashgan bo‘lib, XVI asrga tegishli. Hozirda qayta taьmirlangan bo‘lib, sog‘ona, sog‘onaning ichida ikkita qabr toshi mavjud. Bu qabr toshlarini mahalliy aholi Temuriy avlodga tegishli ekanligini rivoyat qilishadi.
42 Tutak ota (Shodi shayx valiy) ziyoratggohi Ishkent MFY, Tutak qishlog‘i 38°49'19.30"; 66°56'8.67" Bu qishloq Xisor tog‘ yon bag‘rida joylashgan. Bu ziyoratgoxda Shodi Shayx bobo jasadlari yuvilgan joy deb e’tirof etiladi. “Tutak” so‘zi “Tut-tok” so‘zidan kelib chiqqan diyishadi, balki Tutak-“kichik tut” manosi xaqiqatga yaqindir ziyoratgoxda 1 ta qora tosh, masjid, 4 ta xavz o‘rni, 5ta qadimgi tut daraxtlari xozir xam saqlanib qolgan. Rivoyatda aytilishicha Shodi Shayx ota asli buxorolik bo‘lib ilmli inson bo‘lgan. U kishini qish faslida Temurbekni kutib olishi, qishda barkashga uzum qo‘yishi va boshqa og‘izdan og‘izga o‘tib keladigan so‘zlar bor. Mol so‘yiladigan “Qon jaloqda” xozirgi kunda xam umuman chivin aylanmaydi. Shodi Shayx otaning shogirdlari Toyir Shayx, Qo‘ra Shayxlar xaqidagi rivoyatlar yerli axoli o‘rtasida xuddi xaqiqatdik saqlanib qolgan. Masjid ruparasida Toyir Shayx ota qabri va uning yonida taxminan uzunligi 3 metir keladigan tuynik-kichik g‘or saqlanib qolgan. Maxalliy axolini rivoyat qilishlaricha bu yerga farzand talab insonlar iltijo qilar ekanlar. Qishloq axli Tutak ota ziyoratgoxini to‘liq ta’mirlab, xozirgi kunda ziyoratchilar uchun xamma shart sharoitlar yaratilgan.
43 Makka Said ota ziyoratgoxi Yakkabog‘ tumani Darxon MFY
Makka Said ota maqbarasi, Yakkabog tumani Darxon qishlog‘ida joylashgan. Makka Said Xoji Axmad VII asrlarda kelgan . U kishi Payg‘ambar s.a.v avlodidan bulib, bu yerga jixotda kelganlar. Va shu yerda vafot etganlar.Eski qurilgan maqbarasi 2011 yilgacha avariya xolatida saqlanib kelgan.2011 yilda Yakkabog‘ tuman Oltin meros bulimi tomonidan zamonaviy maqbara qurilgan.
44 Imom Abu Yusuf ziyoratgoxi Yakkabog‘ tumani Alakuylak qishlog‘i 38°58'9.76"; 66°49'31.16" Imom Abu Yusuf maqbarasi Yakkabog‘ tumanidagi Olakuylak qishlog‘ida joylashgan. Imom Abu Yusuf aslida Arabistonning Yaman shaxridaVII asrlarda tavalud topgan. Imom A’zam Rahimolloxu Aalayhni birinchi shogirdi bo‘lgan. Amir Temur bobomiz Arabistonga yurish qilgan vaqtlarida u kishini xoklarini olib kelib XIV asrlarda Shaxrisabzdan Amir Temur g‘origa chiqib ketayotgan paytlarida xozirgi Imom Yoqub qishlog‘ining garb tomoniga joylashgan tepada tuxtab dam oladilar va bu yerlarni chiroyliligini kurib u kishini xoklarini shu yerga quyganlar. U paytda qurilgan maqbara qarovsiz yotib yuqolib ketgan. Maxalliy xalq tomonidan 1 asr oldin qaytadan qurilgan.
45 Xo‘ja Abdullo Ansoriy ziyoratgoxi Yakkabog‘ tumani O‘rta MFY Qurashayx qishlog‘i 38°52'49.08"; 66°56'59.54" Xo‘ja Abdullo Ansor Valiy ziyoratgoxi Yakkabog‘ tumanining Qurashayx qishlog‘ida joylashgan bo‘lib, IX-XVIII asrga tegishli.Viloyat xokimligi tomonidan 2021 yil mablag‘ ajratilib qurilish va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
46 Chillabuloq ziyoratgoxi Yakkabog‘ tumani Daryo MFY O‘g‘in qishlog‘i 38°47'19.60"; 66°49'33.12" Bu shifo baxsh suv va ziyoratgox O‘g‘in qishlog‘ida joylashgan. Tog‘ yon bag‘ridan 5 ta chashmadan shifobag‘sh suv doimo oqib turadi. Yerli axoli chashma buloqning chiqishi, chinorni o‘sishi xaqida rivoyatlar bo‘lib, voqeani Sodiq Shayx otaga bog‘laydilar. Bu ziyoratgoh Sodiq Shayx qadamjolari hisoblanadi. Sodiq Shayx ota qabrlari xozirgi kunda Qamashi tumani Langar ota qabrida. O‘lkan chinor 1942 yilda ziyorat qilivchilrning e’tiborsizligi sabab o‘rtasi yonib ketgan. Bu ziyoratgoxni Qarshi shaxrida yashavchi O‘ktam Turso‘nov shifo topganligi sababli 1995 yilda tamirlab, obodonlashtirgan. Xozirgi kunda buloq suvidan “Chilla buloq” ichimlik suvi ishlab chiqarilib respublikamizning kupgina viloyatlari axolisi baxramand bo‘lmoqda.Bu ziyoratgoh hozirda to‘liq ta’mirlanib obodonlashtirilgan. Bu ziyoratgoh atroflaridan aylana shaklda ulkan chinorlar hozirgi kunda o‘sib ulkan chinorga aylangan.Bu ulkan chinorni ekilishi,chashmalarni chiqishi haqida mahalliy aholi rivoyatlarni to‘lig‘incha gapirib berishadi.
47 Xo‘jabuzruk ota maqbarasi Yakkabog‘ tumani Dungqishloq qishlog‘i
Xujabuzrukota maqbarasi Yakkkabog‘ tumanining Dungqishloq qishlog‘ida joylashgan bulib I-IV asrga tegishli. Yodgorlik qabristonning o‘rtasida joylashgan
48 Darxon momo ziyoratgoxi Yakkabog‘ tumani Darxon qishlog‘i
Darxon moma maqbarasi Yakkabog‘ tuman darxon qishlogida joylashgan. Darxon momo XIV asrlarda Darxon qishlog‘ida yashagan. Avliyo sifat momolardan bulgan va xalqni buladigan voqealardan oldindan xabardor qilib turgan. Tusatdan bir kuni 20-30 otliq kelib u kishini uyi oldiga kelib tuxtagan Momo otliqlarni uyga taklif qilib ularga shovla ovqat qilib bergan. Shunda askarlardan biri qorni ochligidan ovqatni o‘rtasidan olib yegan va og‘zi kuygan. Shunda momo e bolam senam AmirTemurga o‘xshab shoshma shosharlik qilib tilingni kuydirding degan . U kishi Amir Temurni taniysizmi deganda momo Amir Temur xaqida xamma narsani aytib bergan .U kishi Amir Temurni o‘zlari bulgan va keyin xam A.Temurga kup narsalarni aytib turgan. Momo o‘lgandan keyin XIV asrda A.Temur bobo u yerga daxma quyadi, daxma bu supa yasab ustiga momoni qabrini quydiradi. Xozirda daxma yuqolib toshlar titilib yotibdi.U joyni zamonaviy ziyoratgox qilish kerak
49 Ko‘ktoshota ziyoratgoxi Yakkabog‘ tumani Dungqishloq qishlog‘i
Bu ziyoragoh Yakkabog‘ qo‘rg‘oni Ko‘ktosh ota qabristonida joylashgan ziyoratchilar asosan ko‘k yo‘tal,uning oldini olish uchun kelishadi.Bu yerda bir necha hali o‘rganilmagan eski qabr toshlar,Beklik avlodlari xilxonasi bor.Ko‘ktosh pastki qismida shifobaxsh bir necha chashmalar doimiy suvni berib turadi.Ko‘ktosh qabridagi yozuv o‘rganilmagan.
50 Saxovat ota ziyoratgoxi Yakkabog‘ tumani Jiyda qishlog‘i
Saxovat ota ziyoratgoxi Yakkabog‘ tumanining Jiyda qishlog‘ida joylashgan bo‘lib, I-VI asrga tegishli. Hozirda qayta taьmirlangan
50 Kitob tumani


51 Hazrati Bashir maqbarasi Bashir MFY, Bashir qishlog‘i 39°16'16.10"; 67° 6'12.16" Sayyid Ne’matulloh Xoja Hasan otaning uyida ma’lum muddat mehmon bo‘lib qoladi va mezbonlarning farzandi yo‘qligini bilib, ularni duo qiladi. Allohning karomati bilan oradan ma’lum fursat o‘tib Xoja Hasan ota xonadonida o‘g‘il farzand dunyoga keladi. Unga Sayyid Ahmad deb nom qo‘yishadi. Bu taxminan 1379 yillarga to‘g‘ri keladi. U tug‘ilgan qishloq Qoplatun deb atalgan. Onasi ancha keksayib qolganligi uchun Sayyid Ahmad ona sutidan bahramand bo‘lolmaydi. Uning Hazrati Bashir deb atalishining asl ma’nosi shunda. Ya’ni Beshir-sutsiz degan ma’noni anglatadi. Bu nom xalq orasida Bashir nomi bilan tarqalib ketadi. Hazrati Bashir ota-onasi qo‘lida taxminan 4-5 yoshlariga qadar yashagan va keyinchalik o‘zi mustaqil ravishda Gʻori Hakim degan joyga 18-20 yoshlariga qadar umrguzaronlik qilgan. Bu yerda u o‘zi ziravorlar ekib, mehnati evaziga kun kechiradi. Taxminan 20-25 yoshlarda Hazrati Bashir qishloqdan 10 kilometr yuqorida, Qizilqoya degan joyda istiqomat qiladi. Hazrati Bashir keksaygan chog‘ida xalq yashaydigan joy yaqinidagi Sandiqtosh degan joyda umr kechiradi. Hazrati Bashir 96 yoshlarida olamdan o‘tadi. Uning qabri archa ko‘kargan tepalikda, o‘zi uy qilib yopgan holatda turibdi. Qabrning ustiga ustalar tomonidan chiroyli sandiqqa o‘xshagan yog‘och yodgorlik o‘rnatilgan. Uning yon tomonida ikki farzandining va bir xizmatkorining qabri ham bor. Qabrning dala qismi juda ajoyib qabr toshi turibdi. Bu tosh mo‘g‘ul podshosi Mirzo Sayyid Ahmad Jamoliddin degan kishining qabri ustiga qo‘yilgan, deyishadi.
52 Xo‘ja Ilmkon maqbarasi Xo‘jailmkon MFY, Xo‘jailmkon qishlog‘i 39° 7'34.80"; 66°59'23.35" Bu ziyoratgoh ulug‘ donishmand, shayx, tasavvuf ilmining zabardast targ‘ibotchisi, qutublar qutubi Mavlono Abdulboqi Xojagi Imkonagiy ibn Mavlono darvesh Muhammad Vaxshuvoriy (1510-1600) nomlari bilan bog‘liqdir. Bu kishi Xojagon Naqshbandiya yo‘nalishidagi tasavvufning azim pirlaridan biri fiqx hadisshunoslik ilmining buyuk allomasi bo‘lgan. XVII asrga mansub usti gumbaz shaklida yopilgan xonaqo oldidagi sag‘anada Xazrati Xojagiy Imkanagiy hamda o‘g‘illari Mavlono Xojagiy Abul Qosim dafn etilgan. Xo‘ja Imkonagiy majmuasi yirik me’moriy yodgorlik majmuasidan iboratdir. Xo‘ja Ilm Kon degan nom aslida Xo‘ja Imkonagiy o‘z davrining mashxur sufiylaridan biri sanalgan. Muhammad Darvesh Vaxshuvoriy naqshbandiylik tariqatining yirik vakili Mavlono Yoqub Charxiyning muridi sanalgan. Xo‘ja Imkonagiy Ashtarxoniy xukmdor Boqi Muhammadxonning (1601-1605) hokimyat tepasiga kelishida uning raqibi so‘ngi shayboniy Pirmuhammadxonga qarshi kurashishda ko‘maklashadi. Xo‘ja Imkonagiyning farzandi va muridi Abulqosim Xo‘ja Imkonagiyga kelib bu yerda xonaqo qurilgan. Xonaqo oldida esa otasiga dahma qurdiradi. Bu voqealar (1601-1605) yillarda ro‘y bergan Abulqosim Xojaning o‘zi esa 1621 yilda vafot etgan.
53 Hazrati Sulton maqbarasi Ko‘hsor MFY, Shut qishlog‘i 39° 8'38.95"; 67°38'7.81" Hazrati Sulton tog‘ining siri hanuzgacha insoniyatni lol qoldirib kelmoqda. Tog‘ Shut qishlog‘ida joylashgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining eng baland cho‘qqisi hisoblanadi. Bu cho‘qqi dengiz sathidan 4163 m balandlikda bo‘lib, Qashqadaryoning “chap qo‘li” Oqsuv daryosi xuddi shu yerdan boshdanadi. Bu joy Hazrati Sulton nomi bilan mashhur muqaddas qadamjo bo‘lib, Shahrisabz, Kitob shahridan 82 chaqirim shimoliy-sharqda, tumanning Tojikiston Respublikasi bilan chegaradosh, Zarafshon va Hisor tog‘ tizmalarining ayrilish joyida joylashgan Gava cho‘qqisiga tutash. Hazrati Sulton tog‘ini mahalliy aholi “Ko‘hi tavba”,”Avg‘oyi qiyomat” deb ham yuritiladi.
54 Xo‘ja Isporos masjidi (Oq suv ziyoratgohi) Oqsuv MFY, Xo‘ja Isporos qishlog‘i 39° 5'57.32"; 66°59'31.66" 15-asrga oid tarixiy qadamjo. Ziyoratgohda Shayx Shamsiddin (Parranda) qabri mavjud.
55 Ho‘ja Ne’matulloh ziyoratgohi Palandara MFY, Mug‘ul qishlog‘i 39°12'10.92"; 67° 7'44.23" Davlat mulki Qashqadaryo viloyat madaniy meros boshqarmasida operativ boshqaruv huquqi asosida O‘zbekiston Musulmonlar diniy idorasi tekin foydalanish shartnomasi asosida
56 So‘fi Navro‘z ziyoratgohi Kitob tumani, Kuxsor MFY 39°11'29.98"; 67°10'2.51" So‘fi Shayx Navro‘z Naqshbandiya tariqati ta’limotlarini ijtimoiy xayotga tadbiq qilishga namuna ko‘rsatgan Naqshbandiya tariqati silsilasida yigirma yettinchi bug‘ni xisoblanadi So‘fi navruzning uztozlari Xoja Xabibullo Buxoriy va shogirdi So‘fi Olloyor Miyonkoliydir
56 Chiroqchi tumani


57 Siypantosh qoya rasmlari Langar qishlog‘i 39°21'3.98"; 66°42'46.81" Siypantosh qoya yodgorligi 2001 – yil Toshkent Milliy universiteti hamda Tarix va arxeologiya instituti hamkorligida, professor R.Sulaymonov boshchiligidagi ekspedisiya guruxi tomonidan fotojamlanma qilingan. Yodgorlik mezolit – bronza davrida paydo bo‘lgan. Petrogliflar ayvon sifat toshlarga chizilgan yozuv va belgilardan iborat.
58 Abul Xasan Ishqiy masjidi Langar qishlog‘i 39°21'47.70"; 39°21'47.70" Abul Xasan Ishqiy masjidi 840 yili archadan qilingan ustunlardan qurilgan bo‘lib, noyob naqshlari shu kunga qadar saqlanib qolgan. Qishloqdagi chollarda “Abul Xasan Ishqiyning sulolasi” nomli kitob bo‘lib, u 3 qismdan iborat. Kitoblardan biri juda yaxshi holatda saqlanib qolgan. Abul Xasan Ishqiyning sulolasi islom dinining qimmatli o‘choqlaridan hisoblanadi.
59 Langar ota ziyoratgohi Langar qishlog‘i 39°22'3.37"; 66°40'5.50" Bu majmua Qashkadaryo viloyati Chiroqchi tuman Eski Langar qishlog‘ida joylashgan. Majmua XVI-XVIII asrlarda bunyod etilgan. Bunda Ishqiya tariqati asoschilari uchun XVI asrda qurilgan katta va kichik maqbara, hamda XVII-XVIII asrlarda bunyod etilgan juda nafis bezakli maschid binosi mavjud. Eski Langar xonaqosi tarixi va qurilishi haqida bir qancha taxminlar bor. Xonaqoni qurilishi Buxoro xonligi paytida qurilgan deb kelinadi. O‘zbekiston Respublikasi mustakillikka erishgandan so‘ng maqbarada juda katta ta’mirlash, tiklash ishlari bajarildi. Maqbara bugungi kunda ziyoratgoxlardan biri hisoblanadi.
59 Yahudiy


60 Yaxudiylar qabristoni Shaxrisabz shaxri 39° 3'18.08"; 66°48'54.02" Yahudiylar qabristoni Shahrisabz shahrining M-39 magistral yo‘liga chiqish joyida joylashgan. AQSH, Isroil va Yevropa mamlakatlarida yashovchi yahudiylar xomiyligida 300 ming AQSH dollari miqdorida investitsiya ajratilib, 2020 yilda qayta rekonstruksiya qilindi.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring