Qoraqalpog'iston Respublikasi

4848


Ziyoratgoh nomi
Manzili (joylashgan joyi)
Geolokatsiyasi (google maps kordinatorlari)
Izoh (ob’ekt to‘g‘risida qisqacha ma’lumot)
1 Islomiy qadamjolar


1 “Azler bobo” maqbarasi Nukus tumani Samanbay OFY (Azler bobo qabristoni) 42.56920579635004, 59.55051601075909 Azler bobo (Allaberdi Aziz ota Maulanberdi Aziz Xo‘ja o‘g‘li) maqbarasiNukus tumani «Samanbay» OFY hududida, Tok qalaning sharq tomonida joylashgan.
2 “Imam Iyshan” maqbarasi Nukus tumani «Aqterek» MFY, Qrantau ovuli 42.638425,59.320294 Shayx Imamaddin Muhammed (Imam iyshan) Qayipnazar o‘g‘li (1753-1831) Miskin ata hududida tug‘ilgan. Maqbarasi Imam iyshan qabristonida joylashgan.
3 “Sulton Uvays bobo” maqbarasi Beruniy tumani Dustlik OFY 42.010922, 60.645334 Sulton Muhammad Xorazmshoh buyrug‘iga binoan Sulton Uvays bobo dafn etilgan joyda katta maqbara quriladi. Ammo Chingizxon tomonidan Xorazmga qilingan bosqini tufayli 1221 yilda maqbara vayron qilinadi. Xorazmshoh qurdirgan maqbara Chingizxon davridan keyin ham yarim vayrona holatda saqlanib qolgan.
4 “Kechirmas bobo” maqbarasi Ellikqal’a tumani 41.718005, 60.994346 Kechirmas ota yoki Kechirmas bobo - qadimgi davrlarda bu joylarda yashagan avliyolardan biridir. Taxminlarga ko‘ra u Muhammad payg‘ambarning zamondoshi bo‘lgan, odamlarni davolagan va vafotidan keyin uning qabri yordamga muhtoj bo‘lganlarning ko‘plari uchun ibodat va shifo maskaniga aylangan.
5 “Shinar bobo” maqbarasi Beruniy tumani Dustlik OFY 42.012168, 60.642818 XIV-XIX asrlarga tegishli. Mahalliy aholi orasida tarqalgan rivoyatlarga qaraganda, Chinor boboning asl ismi Abdulloh Yamaniy bo‘lib, Sulton Uvays boboga qo‘l bergan va uning tariqatiga kirgan, ul zotning soch-soqolini oladigan sartaroshi bo‘lgan emish. Sulton Uvays bobo hali tirik paytida: “Mening boshimga Chinor ustaning qo‘lidan boshqa hech kimning qo‘li tekkan emas. Shuning uchun u kishi vafot etsa, mendan balandroq joyga dafn etilsin”, deb vasiyat qilgan ekan.
6 “Sulton Valiy ota” maqbarasi Beruniy tumani Dustlik OFY 42.010922, 60.645334 Sulton Valiy ota maqbarasi Beruniy tumani “Do‘stlik” OFY xududida Uvays tog‘ tizmasi janubidagi tekis maydonchada, Sulton Uvays bobo maqbarasi shimol tomonida joylashgan. Mahalliy aholi aytishlaricha, bu erga Olloqulixonning vaziri-Vali otaliq ismli shaxs dafn etilgan.
7 “Shayx Abbos Valiy” maqbarasi Beruniy tumani 42.012168, 60.642818 Shayx Abbos Valiy xazratlarining asl ismlari Shayx Mazguriddin ibn Muso ibn Muxammad ibn Abdullo ibn Abbosdir. Ul muborak zotning shajarasi payg‘ambarimiz amakisi Abbosga borib taqaladi. Shayx Abbos Valiy xazratlari milodiy 732 yilda Arabistonda tavallud topganlar. Xazrat 40 yoshligida, ya’ni 772 yilda o‘z onasi bilan Xorazmga. aniqroqi o‘sha davrlarda madaniyat markazlaridan biri bo‘lgan poytaxt Katga keladi. Shayx shu erda muqim yashab, uylanib o‘n nafar farzand ko‘radi. Ul zot yashagan davr zardushtiylik dini batomom tugatilmagan bir davrga to‘g‘ri keldi. Shu bois Shayx Xazratlari butun kuch-g‘ayratini zardushtiylik dinida bo‘lgan axolining bir qismini Qur’oni Karimni, Xadisu-sharifni, shariat axkomlarini tushuntirish orqali payg‘ambarimizdan meros notiqliq san’ati bilan islom diniga kiritishga sarfladi. Shayx Abbos Valiy xazratlari xadisshunos, fikxshunos olim, o‘tkir saloxiyatli qori sifatida dong taratib, Qur’oni tafsir bilan o‘qishda benazir zot bo‘lganlar.
8 “Norinjon bobo” maqbarasi Ellikqal’a tumani 41.753743, 60.983448 Abdulloh Norinjoniy melodiy 1312-yilda tavallud topgan. Shuni alohida takidlab o‘tish joizki, u zot janob Payg‘ambarimiz Rasullulloh sallallahu alayhi vasallamning qizlari Fotima raziyallohu anhu avlodidan ekanliklari ko‘p manbalarda o‘z isbotini topgan. Abdulloh Norinjoniy Arabiston yarim orolidan Movarounnahrning Xorazm vohasiga kelib, o‘lkada islom dinini keng yoyilishiga beqiyos hissa qo‘shgan.
9 “Payg‘ambar qizi” maqbarasi Qo‘ng‘irot tumani Bestam OFY 43.120333, 59.097080 Mahalliy aholi orasida mashhur bo‘lgan ziyoratgoh. Ushbu maqbara Amudaryoning shimoliy qismidagi Qubatag‘ nomli tepalikda joylashgan. «Payg‘ambar qizi» qabristoni o‘zining kelib chiqishi tarixi va nomi bilan farq qilinadi. XII-XVIII asrlarda Qubatao‘ tepaligida «Qubatog‘» nomli qal’a bo‘lgan.
10 “Daut ota” maqbarasi Qo‘ng‘irot tumani Adabiyot OFY 43.031701, 58.731436 Daut 1787-1874 yillari yoshab o‘tkan botir. Mahalliy aholi orasida mashhur bo‘lgan ziyoratgoh. Mahalliy aholining katta qabristonlaridan biri hisoblanadi. Barak o‘g‘li, Asau o‘g‘li, Daut 1787-yili Ustyurt g‘orlarining birida tavallud topgan. Bu inson qozoq botirlaridan karomatli kishilardan bo‘lib, Qoraqalpoq xalqini jogarlar, yaumutlardan himoya qilgan.
11 “Buraxan ota” maqbarasi Qo‘ng‘irot tumani «Qipshaq» OFY 43.171540, 58.817809 XII — XIV asrlarga tegishli. Buraxanning xon va Buraxan manosidagi «valiy» (arabcha) so‘zida og‘izaki so‘zlash tilida «valiy» bu qoraxaniylar dinastiyasining vakili Ibraxim ibn Sulaymon bo‘lgan.
12 “Mazlumxon Sulu” maqbarasi Xo‘jayli tumani Sarishingul OFY Mixdaxkon majmuasi 42.402669, 59.388194 Mazlumxon-sulu (XII-XIV asrlar) yarim er-osti me’moriy obidalaridan hisoblanadi. Yerning sirtqi qismida peshtoq va gumbaz joylashgan. Yodgorlikning asosiy qismi va markaziy binolari esa pastki qavatda bo‘lib, unga zinali gazbazsimon yo‘lak orqali borish mumkin. Maqbaraning markaziy zali kvadrat shaklida qurilgan. Uning sakkizburchak gumbaz bilan yopilgan uchta chuqur va bitta uncha chuqur bo‘lmagan tuynuklari bor.
13 “Shamun Nabiy” maqbarasi Xojeli tumani Sarishingul OFY Mixdaxkon majmuasi 42.401576, 59.388835 Markaziy Osiyodagi sehrli va afsonaviy joy sifatinda gavdalangan xalq orasida haqiqat uchun kurashgan inson deya ta’riflangan Shamu-Nabi o‘ziga xos tarixi ahamiyatga egadir. XII asrga tegishli. Mizdaxon komleksi shimolida joylashgan. Qabr uzunligi 25 metr uzunlikda ettita gumbazdan tashkil topgan. Shamu-Nabi to‘g‘risida aniq ilmiy xulosalar yo‘q. Lekin og‘izdan og‘izga o‘tib kelayotgan afsona va rivoyatlar ko‘plab topiladi. Qazilma ishlari jarayonida topilgan arxeologik topilmalar ham afsonalarning ayrim joylarini isbotlab kelgan. Shamu Nabi (Nabiy -payg‘ambar) etti qizi bo‘lganligi uchun ettita gumbazdan iborat maqbara tiklangan.
14 “Erejep (Rejeb) Halifa” maqbarasi Xo‘jayli tumani Sarishingul OFY Mixdaxkon majmuasi 42.401483, 59.387511 Xalq orasida Xalifa Erejep maqbarasi deb yuritilgan arxitektura estaligi bir qarashda inson ismi bilan bog‘likdek, chuqurroq nazar solsak u arab kalendaridagi qamariy oyning ettinchi oy Rajab nomli oyidir. Lug‘atda “rajab” – “ulug‘lash”, “hurmat bajo keltirish” ma’nosini anglatadi. Tekshirish jarayonida uning XI-XIII asrda madrasa sifatida solinganligini va foydalanganligi aniqlangan. Madrasada Mudaris bo‘lib mullalarni o‘qitgan (sipa) manbalar (kafedra) yaxshi saqlanib qolgan. 1221-yili mo‘g‘ullarning bosib olishlari oqibatida ko‘plab qa’lalar harobaxonalarga aylantiriladi shu bilan birga madrasalarda o‘qitish usullari ham to‘xtaydi.
15 “Madamin Xan” maqbarasi Xo‘jayli tumani Sarishingul OFY Mixdaxkon majmuasi 42.40244519514999, 59.38799760536113 Madamin Xan maqbarasi Mizdaxkon majmuasi xududida joylashgan bo‘lib, XIX asrda qurilgan.
16 “Hokim ota Sulaymon Boqirg‘oniy” maqbarasi Mo‘ynoq tumani Hakim ota OFY 43.297970, 58.938570 Sulaymon Baqirg‘aniy – odamzotni ma’naviy poklikka va etuklikka erishishga chaqirgan Islom dinida shakllangan sufizmning eng yorqin vakillaridan biri. U turkiy xalqlar orasida Hakim-ata ismi bilan taniqli. Unga bu unvon ustozi Xo‘ja Axmad Yassaviy tomonidan topqirligi, bilimliligi va chuqur o‘y-fikr yurita olganligi uchun berilgan. Islom dini targ‘ibotchisi, 1122-1180-yillarda yashab o‘tgan Sulayman Baqirg‘aniyning maqbarasidir. Bu arxitekturalik meros 1978-yili hashar yo‘li bilan barpo etilgan. 2019-2021 yillari qayta rekonstruksiya qilingan.
17 “Jantemir iyshan” maqbarasi Mo‘ynoq tumani Hakim ota OFY 43.400186, 59.019211 Xalq orasida Jantemir Ishanning qudratiga ishonishi kuchli bo‘lganligi sababli bu erdan o‘tuvchi har bir yolovchi xayr ehson qilib ketishni odat qilgan.
18 “Toqmaq ota” maqbarasi Mo‘ynoq tumani Ushsay OFY 43.801738, 58.990088 Toqmaq ota (asli ismi Abdurahmon) haqida afsona va rivoyatlar xalq orasida kam saqlangan. Ularda aytilishlaricha, u Hakim ota bilan bir vaqtda Ahmad Yassaviydan ta’lim olgan. Mo‘ynoq tumanining Ush say posyolkasida, biyik qumning tepasida joylashgan. Toqpaq ota to‘g‘risida Jiyen jirovning va Kunxoja asarlarida: Toqpaqtan esti qatti jel (Toqpaqdan esdi qattiq shamol), Bunnan bardim Házireti Toqpaqqa (Bundan bordim Harzati Toqpaqga) degan qatorlarning uchrashi uning XVIII asrning o‘rtalaridan taniqli ekanligini ko‘rsatadi. XIX asrda bu erda bo‘lgan Vengriyalik olim Vamberi Toqpaq otaning “baliqchilarning piri” ekanligini, gumbaz ichida choponning, uy buyumlarining saqlanganligini aytadi.
19 “Iyshan qal’a” majmuasi Kegeyli tumani Juzim bag‘ OFY 42.670202, 59.748517 XVIII-XIX, XX asrga tegishli bo‘lib, mahalliy aholi orasida mashhur bo‘lgan ziyoratgoh. Ishanqal’aning qurilish tarixi XVIII-XIX asrda yashagan Imom eshon ismi bilan bog‘liq. Imam eshon Xiva xoni Muhammmed Rahimxon davrida Xiva xonligida diniy ishlar bo‘yicha xon maslahatchisi lavozimigacha ko‘tarilgan ulug‘ shaxs. Qal’ani Imom eshonning katta o‘g‘li Atag‘ulla qurdirgan. O‘z davrida Ishanqal’aga qishni o‘tkazish maqsadida kelgan oilalar soni 40 (qiriq) mingdan ortganligi aytiladi Qal’a qurilishi boshlangan vaqtda qishloq nomi «Kenjeli» (oilaning eng kichik farzandi bilan bog‘lik) bo‘lgan. Keyinchalik bu er Imom eshon nomi bilan bog‘lanib (ishan-qoraqalpoq tilida) «Ishanqal’a» deb atala boshlagan.
20 “Shibliy ota” maqbarasi Kegeyli tumani Qumshungul OFY 42.694471, 59.787843 (IX-X asrlar) Sharq islom dunyosida taniqli ismlar qatorida Abu Bakir Ash Shibiliy nomi bor. Akademik E.E. Bertelsning aniqlashicha Shibiliy 861-945 yillari yashagan. Sharqshunos olimlarning ta’kidlashicha Shibiliy ota 912 yili Bog‘dod shahridagi taniqli uch shayxning biri, shuningdek, u va uning otasi Bog‘dod xalifasi saroyida taniqli olim sifatida tilga olingan. Eng muhimi u o‘z davridagi sufizmning yirik vakili bo‘lgan. Ash Shibiliy sufizm ta’limotini tarqatish maqsadida savdo yo‘li orqali X asrning birinchi yarmida Janubiy Orol bo‘ylariga kelgan. Demak Turon pasttekisligida islom dinining shakllanib rivojlantirishda Xo‘ja Axmad Yassaviy, Bahouddin, Masharip, Sufi Allayor, Kubraviylarning ta’limotlari, ya’ni sufizmning tarqalishidan yana ham avvalroq bo‘lganligidan dalolat.
21 “Shayx Jalil bobo” maqbarasi Qarao‘zak tumani Qoybaq OFY 42.159566, 60.249484 Shayx Jalil bobo maqbarasi XII-XIV, XIX asrlarga tegishli bo‘lib, Amudarya bo‘yi, qaratog‘ etagida joylashgan. Maqbara zamanoviy pishgan g‘ishtdan peshtaxtli katta gumbazli bo‘lib, mahalli aholi tomonidan homiylik yo‘l bilan qayta qurilgan
22 “Murat shayx” maqbarasi Qorao‘zak tumani “Madaniyat” OFY 42.92422206798759, 60.12023183573089 Murat shayx – asl ismi Azizbobo Xoja ibn Ishim Sultan Muxammed Baxadurxan (1675-1748 yillar) qoraqalpoqlarning ma’naviy rahbarlaridan biri bo‘lgan. Shayx umrining so‘ngi yillarida Sirdaryo bo‘yidan Seren qal’a atroflariga keladi. Biroq bu erlarni suv bosib ketish xavfi bo‘lganligi sababli yashash manzilini o‘zgartirishga majbur bo‘lgan. Ushbu vaqtlarda hazirati shayx vafot etadi. Shayx tobuti ortilgan oq tuyaning birinchi cho‘kkan ri hozirgi Qorao‘zak tumani “Madaniyat” OFY hududidagi baland qum tepasi. Uning qabiriga 1810 yili Xiva xonining to‘xtab, ziyorat qilganligi haqida Munisning (1778-1829y) yozma daraklaridan ham belgili.
23 “Qoshqar ota” maqbarasi Qarao‘zek tumani «A.Dosnazarov» OFY 42.818078, 59.926267 «Qo‘chqor ota» maqbarasi Qorao‘zak tumani «A.Dosnazarov» OFY hududidagi «Qo‘chqor ota» qabristonida joylashgan. Qo‘chqor ota to‘g‘risidagi rivoyatda aytilishicha, Hakim ota, To‘qmoq ota, Annet ota va u bir vaqtda Ahmad Yassaviydan tahsil olgani vatanidan Turkstonga yo‘l olgan ekanlar. Bizgacha etib kelgan rivoyatlar mazmunidan seziladiki, u, asosan, xalq orasida “yassaviya” tariqatini targ‘ib va tashviq qilgan. Masjid ochib, xalqning o‘g‘il-qizlariga ta’lim-tarbiya bergan.
24 “Qabaqli ota” maqbarasi Qarao‘zak tumani Qarao‘zak OFY 43.490667, 60.261139 Qadim Orol dengizi sohillarida yashagan turkiy qavmlarning muqaddas qabristonlaridan biri. "Qabaqli ota"mizning haqiqiy ismi Sipatdin bo‘lgan. U bu erlarga 17-asrning oxirlarida Turkistonnan kelgan, islom dini targ‘ibotchisi, ma’rifatchi ulamolardan hisoblanadi. U yo‘l bo‘yida juda katta suv to‘la qovoqni orqalab yurgan va ketayotgan-kelayotgan cho‘ldan madori qurigan yo‘lovchilarning og‘ziga suv tutib, ko‘p savob olgan inson hisoblanadi. Ana shu sababdan ham xalq uni oxirigacha "Qabaqli ota" deb atay boshlagan. Hozirda uning shu karomatli suv qovoqining siniqlari hozirgi kungacha saqlanib qolingan.
25 “Qaraqum iyshan” maqbarasi Bozatao‘ tumani Koksu OFY 43.344508309930916, 59.487328267270485 Qaraqum iyshan maqbarasi Qaraqum qabristonida joylashgan bo‘lib XVIII-XIX asrlarga tegishli. Qaraqum iyshan qoraqalpoq ruhoniyligiga asos solgan. Berdaq shoirning o‘zi qariganida Qoraqum iyshan madrasasi tinglovchisiga aylangan.
26 “Axun bobo” maqbarasi Chimboy tumani “Taza jol” OFY 43.171661,59.656378 Axun bobo maqbarasi Chimboy tumani “Taza jol” OFY hududidagi Axun bobo qabristonida joylashgan. Ob’ekt Madaniy meros boshqarmasi hisobida.
27 “Qalandar dog‘li” medresesi To‘rtko‘l tumani “Sho‘raxon” ovul fuqarolar yig‘ini 41.481385885723995, 61.05812007682173 Qalandar dog‘li medresesi 1864 yilda tashkil topgan bo‘lib, sovet ittifoq davrida madrasadagi mavjud bo‘lgan 100 dan ortiq kitoblar yoqib yuborilgan va madrasaning bir qismi buzib tashlangan. Yodgorlik bugungi kunga qadar deyarli o‘rganilmagan. O‘zbekiston SSR Fanlar Akademyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining Til va adabiyot institutining 1973-1974 yillardagi faoliyati natijasida birinchi marta dastlabki ekspertizadan o‘tkazilgan va xaritaga tushirilgan. Yodgorlikning nomi “Qalandar dag‘li” (Qalandar aldamchi) nomidan kelib chiqib, maqbara sufiylar maktabi vakili bo‘lgan qalandarlarning kichik turkumiga mansub odam qabri ustiga qurilgan deb taxmin qilish mumkin. Daveshlar-qalandarlar xalq orasida mashhur bo‘lgan.
28 Salmen ota qabristoni Nukus shaxri 42.48162930343876, 59.64459546702991 Salmen ota ziyoratgoxi Shorsha baba ziyoratgoxidan keyingi ikkinchi katta qadamjodir. U XX-asir o‘rtalarida taniqli ulamolardan biri Salmen Kamal og‘lining shu yerga dafn qilinishi bilan paydo bo‘lgan. Salmen Kamal 1866-yili (1864-y) Qarao‘zak tumanida mashxur Kamal iyshonning oilasida dunyoga kelgan. Uning nomiga Chimboy shaxrida masjid kurilgan va kuchalarning biri uning nomi bilan atalgan hamda Nukus shaxridagi ziyoratgohga masjidi qurildi.
29 Shorsha baba qabristoni Nukus shaxri 42.494598060434754, 59.609567567147074 Shorsha arxeologik ob’ekti A.Uteniyazov MFY xududidagi Nukus-Chimboy avtobus bekati yonida joylashgan bo‘lib, e.av. IV-III asrlarga tegishli. Shorsha arxeologik ob’ektining o‘lchami 146x130 metr. Ob’ekt Shorsha bobo qabristonida joylashgan bo‘lib shimoliy-sharqdan g‘arbga tomon cho‘zilgan geometrik to‘rtburchak.
30 Qusxana qabristoni Nokis shahri Qыzketken MFY 42.362972941487676, 59.62696761094265 Qusxana dingi «Qizketken» Mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi Qusxana qabristonida joylashgan bo‘lib, X-XIV-asrlarga tegishli. Bu xududda bizning eramizning II-III asrlaridan boshlab XIV asrgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga olgan arxeologik materiallar topilgan. IX-XIV asrlarda foydalanilgan qorovul minora ushbu davrgacha saqlangan. Qabriston hududida olib borilgan izlanishlar XVIII-XIX asrlarga tegishli masjidning bo‘lganligini ko‘rsatti. Masjid minoraning sharqida 30 metr uzoqlikda joylashgan.
31 “Azler bobo” maqbarasi (qabriston) Nokis tumani Samanbay OFY (Azler baba qabristoni) 42.56920579635004, 59.55051601075909 Azler bobo (Allaberdi Aziz ota Maulanberdi Aziz Xo‘ja o‘g‘li) maqbarasiNukus tumani «Samanbay» OFY hududida, Tok qalaning sharq tomonida joylashgan.
32 “Bibi Mushkulkushod” jome’ masjidi Ellikkal’a tumoni, Sarabiy ovul fuqarolar yig‘ini 41.57907853602257, 60.91224654803284 1992-yilda qurilgan, Xalq orasida “Bibi Mushkulkushod” nomi bilan yuritiladi.
33 “Yusuf Eshon Bobo” masjidi Amudaryo tumani Mang‘it shahri 42.113009, 60.058938 Mangit shahridagi «Yusuf eshon bobo» jome’ masjidiga 1990-yili Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumani bosh Imom xatibi Bekimbetov Qo‘chqor tomonidan asos solindi va masjid qurilish ishlari, xalqning, namozxonlarning ehsonlari va qo‘l ko‘magi tufayli boshlandi.
34 Yusuf iyshan bobo qabristoni Xo‘jayli tumani, Sarыshungil OFY 42.40205251533869, 59.41698613394552 «Nazlimxan sulu‘» qabristoni 50% devor bilan uralgan, qolgan 50% uralmagan. Ichki yulaklar bilan ta’milanmagan
35 Sultan axun qabristoni Xo‘jayli tumani, Samanko‘l OFY 42.43706453807072, 59.51728059046063 «Sultan axun» qabristoni 14,0 ga maydonga ega, «Sultan axun» qabristoni 40% devor bilan uralgan. Ichki yulaklar bilan ta’milangan.
36 Qabiljan bobo (qabriston) Xo‘jayli tumani, Navro‘z MFY 42.42704225069377, 59.48087135510933 «Qabiljan bobo» qabristoni 1,47 ga maydonga ega, « Qabiljan bobo » qabristoni 100% devor bilan uralgan. Ichki yulaklar bilan ta’milangan.
37 “Eshim axun” (qabriston) Qonliko‘l tumani, “Arzimbetqum” OFY 42.859587, 58.905592 Diniy targ‘ibotchi Ajibay qozi o‘g‘li EShMUXAMMED (EShIM) AXUN boboga atab qurilgan ziyoratgoh.
38 “Irza baba” (qabriston) Qonliko‘l tumani, “Bostan” OFY 42.879648, 58.946051 Irza boboga atab qurilgan ziyoratgoh.
39 “Abdikerim ishan” (qabriston) Qonliko‘l tumani, “Bostan” OFY 42.766794, 59.033329 Diniy targ‘ibotchi Abdikerim iyshan boboga atab qurilgan ziyoratgoh.
40 “Ketmonchi bobo” (qabriston) Taxiyatosh tumani “Naymankol” OFY 42.32036912160637, 59.58275528215064 “Muxammed Zarifxoja Hazratlari” (Ketmonchi bobo 1707-1787 yillari yashagan.
41 “Iyshan qal’a” majmuasi Kegeyli tumani Juzim bag‘ OFY 42.670202, 59.748517 XVIII-XIX, asrga tegishli bo‘lib, mahalliy aholi orasida mashhur bo‘lgan ziyoratgoh. Ishan qal’aning qurilish tarixi XVIII-XIX asrda yashagan Imom eshon ismi bilan bog‘liq. Imam eshon Xiva xoni Muhammmed Rahimxon davrida Xiva xonligida diniy ishlar bo‘yicha xon maslahatchisi lavozimigacha ko‘tarilgan ulug‘ shaxs. Qal’ani Imom eshonning katta o‘g‘li Atag‘ulla qurdirgan. O‘z davrida Ishanqal’aga qishni o‘tkazish maqsadida kelgan oilalar soni 40 (qiriq) mingdan ortganligi aytiladi Qal’a qurilishi boshlangan vaqtda qishloq nomi «Kenjeli» (oilaning eng kichik farzandi bilan bog‘lik) bo‘lgan. Keyinchalik bu er Imom eshon nomi bilan bog‘lanib (ishan-qoraqalpoq tilida) «Ishanqal’a» deb atala boshlagan.
42 “QAYIP OTA” (qabriston) Qorao‘zak tumani, Berdaq OFY 43.052204, 60.033656 Og‘zaki ma’lumotlarga qaraganda “QAYIP OTA” ziyoratgohining nomlanishi g‘oyiptan kelgan ota nomiga quyilgan.
43 “NAG‘IM OTA” (qabriston) Qorao‘zak tumani, Qorao‘zak OFY 43.166415, 60.015164 Oraz otalliqning taklifi va yordami bilan Qulamet oxunning boshchiligida otma loydan madrasa solingan. Madrasa jami 29 xonadan iborat bo‘lgan. Qulamet oxunning Nag‘im ismli o‘g‘li bo‘lgan. Nag‘im eshon otasi Qulamet oxunning madrasasiga boshchilik qilgan. Nag‘im eshon uch marotaba Makkaga borib, hoji bo‘lgan. Madrasaning shimol tarafiga Qulamet oxun dafn etilgan. Nag‘im eshon Shoq torang‘ilda vafot etgan, va otasi Qulamet oxun yoniga dafn etilgan. Mustaqillik yillarida Q.Kamalov tashabbusi va qo‘llab-quvvatlashi bilan Qulambet axun mavzoleyi barpo etilgan. Hozirda bu joy “NAG‘IM OTA” deb atalib kelinadi.
44 “Bag‘dat ota” qabristoni Qaraozek tumani “Alg‘abas” OFY 43.082778, 59.964872 Qal’a maydoni to‘g‘ri to‘rtburchakdan (300x400 m) iborat bo‘lib, qurg‘on devorlari bilan uralgan, o‘q otar minoralar bilan mustahkamlangan. Qal’ada VI-VIII asrlardan XI-XII asrlarga qurilish ishlari olib borilgan. 1573-yilgi suv toshqini vaqtida Bog‘dod qal’a qattiq vayronaga uchragan. «Bag‘dod» atamasi "Adolatli bog‘" bo‘lib, qal’a tarixiga bog‘liq «Seyit-Nesip» afsonalaridagi voqealarga yaqinlashadi.
45 “Yaxya Masnauiy eshon” ziyoratgohi (qabriston) Chimboy tumani, “Abat makan” MFY 42.94288934249691, 59.76297481647256 Yaxya Masnaӯiy eshon 1700-1800 yillarda yashagan. Buxoroda Mir Arab madrasasida ta’lim olgan va o‘z davrining yirik diniy ulamolaridan biri bo‘lgan. Vafotidan so‘ng qabriston uning nomi bilan atala boshlagan.
46 “Mardan ata” qabristonii Chimboy tumani “Qыzыl өzek” OFY 42.941247557386355, 59.600377777159004 Chimboy tumani “Qыzыl өzek” OFY hududida joylashgan “Mardan ata” qabristoni 1975 yil tashkil topgan, 34,64 ga er maydoniga ega Mardan ota XIV-XV asrlarda yashagan. Shu qishloqda kichik madrasa qurib, dars bergan.
47 “Hoji eshon bobo” qabristoni Chimboy tumani “Qara kol” OFY 42.938627583700786, 59.803148617453246 Hoji eshon bobo 1840-1929 yillari yashagan. Hoji eshon bobo o‘z davrida madrasalarda yoshlarga ta’lim bergan.
48 “Eshimbet eshon” (qabriston) Chimboy tumani, Kenes OFY 43.04857023433102, 59.85660675600326 Xojayli va Xalqabad masjitlarida saboq bergan, 1928 yili vafot ettgan va shu erga dafn etilgan. Keyinchadik qabristonga aylangan.
49 “Ajim shiyit” qabristoni Taxtako‘pir tumani «Qaraoy» OFY 43°2'27.61 60°17'52.57 Mahalliy qabriston
50 “Miskin” qabristoni Taxtako‘pir tumani «Atako‘l» OFY 42°58'53.27 60°16'14.98 Mahalliy qabriston
51 “Manatay” qabristoni Taxtako‘pir tumani «Qaratereng» MFY 43°8'18.95 60°19'39.73 Mahalliy qabriston. Rivoyatlarga ko‘ra Manatay botir kishi bo‘lib, kunlarning birida suv toshqini paytida ikkita beshikda yotgan bolani suvdan chiqarib oladi va keyin suvdan usha bolalarning onasini chiqarib oladi da mening umrim bilan yasha va meni shu erga dafn qiling deb oytib ketgan ekan.
52 “Amanda” qabristoni Taxtako‘pir tumani «A.Adilov» OFY 43°1'27.68 60°18'55.77 Mahalliy qabriston
52 Xristian cherkovlari


53 Svyatoy velikomuchennik Panteleimon ibodatxonasi Nokis shahri “Xalqlar doslig‘i” MFY 42.457715, 59.611314 Rus pravoslav cherkovi

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring