Xavfsizlik va O'zbekiston bo'ylab sayohatlarning o'ziga xos jihatlari

Rishton tumanida “Turizm mahallasi” ochildi

26.07.2025 214

Turizm qo‘mitasi tomonidan Farg‘ona viloyati Rishton tumanining Mamadali Topvoldiyev mahallasiga tantanali ravishda “Turizm mahallasi” maqomi berildi.

Tantanali marosimda Turizm qo‘mitasi, “Hunarmand” uyushmasi, viloyat va tuman hokimliklari rahbariyati, keng jamoatchilik hamda OAV vakillari ishtirok etdilar. Tadbirga Butunjahon hunarmandlar kengashi prezidenti Saad al-Qaddumiy faxriy mehmon sifatida taklif etildi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar mamlakatimizda turizm sohasiga berilayotgan ustuvor e’tibor, sayyohlik infratuzilmasini rivojlantirish yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlar va turizm mahallalari orqali hududlar iqtisodiyoti va jozibadorligini oshirish imkoniyatlariga alohida to‘xtalib o‘tdilar.

Mehmonlar “Turizm mahallasi”da o‘tkazilgan “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” ichki turizm yarmarkasi, hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazmasi bilan tanishdilar. Ayniqsa, milliy an’ana va qadriyatlarimiz mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.

Izoh

0

Fikr qoldiring

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali tizimga kirishingiz kerak:


Avtorizatsiyadan o'tib, siz ma'lumotlaringizni qayta ishlashga rozilik bildirasiz shaxsiy ma'lumotlar