Foto va Video

Rossiyadagi "Divo Yevrazii" festivalida O‘zbekistonning mukofotlari

770

2019-yil 22-23-noyabr kunlari Orenburgda "Divo Yevrazii" xalqaro sayyohlik festivali bo‘lib o‘tib, unda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va Milliy PR-markazidagi hamkasblarimiz ishtirok etdi. Foto, video va animatsiyalar festivalida O‘zbekiston madaniy va tarixiy joylar hamda turistik yo‘nalishlar nominatsiyalari bo‘yicha munosib mukofotlarga sazovor bo‘ldi.

"Madaniy va tarixiy joylar" nominatsiyasida "Qo‘qon – hunarmandlar xazinasi" loyihasi g‘olib bo‘ldi, turistik yo‘nalishlar nominatsiyasida esa Buxoroning "Buxoroga xush kelibsiz!" loyihasi munosib ikkinchi o‘rinni egalladi.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring