Xavfsizlik va O‘zbekiston bo‘ylab sayohatlarning o‘ziga xos jihatlari

I.V. Savitskiy nomidagi muzey – “Sahrodagi Luvr”

15224

Haqiqiy Markaziy Osiyo Luvriga borishni xohlaysizmi? U holda albatta Nukusdagi I.V. Savitskiy nomidagi afsonaviy san’at muzeyiga tashrif buyurishingiz kerak.

Muzey fondi kolleksiyasida 100 mingga yaqin noyob eksponatlar mavjud va bu O‘zbekiston tasviriy san’atining haqiqiy xazinasi, qimmatli yodgorliklar va, albatta, Turkiston va o‘tgan asrning 20-30-yillari rus modernizmiga oid rasmlardir.

Muzey asoschisi Igor Vitalyevich Savitskiy Qoraqalpog‘istonga ilk bor 1950-yilda kelgan va birinchi kunlardanoq bu o‘rganilmagan hududga mehr qo‘ygan. U davlat muzeyi uchun to‘plagan kolleksiyasida Qoraqalpog‘iston tabiatiga, uning tarixi, madaniyati va xalqiga bo‘lgan muhabbatini izhor qilgan.

Muzey 1966-yilda ochilgan va o‘shandan buyon dunyodagi eng katta va eng ahamiyatli muzeylardan biriga aylandi.

Igor Vitalyevich butun umri davomida avangard san’atini o‘rganish va nafaqat taniqli rassomlarning, balki mashhur bo‘lmagan rassomlarning asarlarini ham o‘z ichiga olgan muzey kolleksiyasini to‘ldirish bilan shug‘ullandi. U tom ma’noda ba’zi asarlarni cho‘ldagi olis shahar muzeyida saqlab, halokatdan qutqarib qoldi.

Nima sababdan muzeyga ikkinchi “Luvr” deb nom berildi? Chunki uning kolleksiyasi Osiyo mintaqasidagi eng yaxshi badiiy to‘plam bo‘lib, rus avangard asarlarining ahamiyati va kattaligi jihatdan ikkinchi o‘rinda turuvchi kolleksiyasiga ega. 2001-yilda ingliz gazetasi “The Guardian” ushbu muzeyni “dunyodagi eng go‘zal muzeylardan biri” deb e’tirof etgan edi.

 Museum named after Savitsky

Jahon merosining eng ajoyib rasmlaridan biri bo‘lgan rassom Vasiliy Lisenkoning “Buqa” asari muzeyning ramziga aylangan. San’atshunoslar rasmni turlicha talqin qiladilar, lekin deyarli hamma buqaning dahshatli va tubsiz ko‘rinadigan qo‘rqinchli chuqur qora ko‘zlariga e’tibor beradi. O‘sha paytda ko‘zlar fashizmning boshlanishi va yaqinlashib kelayotgan urushning ramzi edi.

Rassomning o‘zi sirli qahramon bo‘lib, uning tarjimayi holi jumboq pardasi ortida qolgan. Savitskiy muzeyida saqlanadigan jahon merosida uning faqat oltitagina asari saqlanib qolgan.

Exhibit at the Savitsky Museum

Bundan tashqari, muzey kolleksiyalarida Turkiston avangardining ko‘zga ko‘ringan vakili bo‘lgan rassom Aleksandr Volkovning katta kolleksiyasi mavjud. U O‘zbekistonda yashab ijod qilgan, Savitskiy muzeyida uning 500 dan ortiq rasmlari mavjud. Uning asarlari jo‘shqin va hayotiy bo‘lib, O‘zbekistonning boy madaniyati va tabiatini namoyish etadi, kundalik turmush manzaralari va o‘zbek xalqining g‘ayrioddiy quvvatini yetkazadi.

Shuningdek, muzeyda siz O‘rol Tansiqboyev va Nikolay Karaxanning ajoyib rasmlarini ko‘rishingiz mumkin. Qayd etilgan ijodkorlarning har bir asari o‘ziga xos sehrga ega bo‘lib, dastlabki soniyalardanoq o‘ziga rom etadi. Bir rassomning asarlarini ko‘rib, ularni bir kishi chizganiga ishonish qiyin, chunki suratlar bir-biriga o‘xshamaydigan betakror syujeti va uslubi bilan hayratga soladi.

Savitskiy post-avangard rassomlarining ijodi bilan ham qiziqqan. Ba’zi rassomlar o‘z asarlari kimnidir qiziqtirishi, qayerdadir ko‘rgazmaga qo‘yilishini tasavvur ham qila olmasdi. Shu ma’noda Savitskiyni haqiqiy fidoyi deb atash mumkin va uning faoliyatini Tretyakov, Shchukin, Morozov kabi mashhur kolleksionerlar faoliyati bilan taqqoslash mumkin.

Xarita


Onlayn sayohat

 

Izoh

1

Men borgib kòrganman. Juda zòr muzey.

Salohiddin Nishonov | 07.12.2022

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring