Foto va Video

Sentob qishlog‘ida Navro‘z bayrami

16.03.2023 686

Navro‘z - kundalik hayotdan ajralib chiqish va dam olishga otlanish uchun ajoyib bahona. O‘zbekistonda tabiat qo‘ynida maroqli hordiq chiqarish, qishloqlarning rangin manzaralaridan bahramand bo‘lish mumkin bo‘lgan so‘lim go‘shalar serob. Yaqindagina sayyohlik qishlog‘i maqomini olgan Navoiy viloyatidagi Sentob qishlog‘i shular jumlasidandir.

Bugun, 16-mart kuni bu yerda qishloqning yangi maqomi va yaqinlashib kelayotgan bahorgi tengkunlikning milliy ayyomiga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tadi.

Tadbirda folklor-etnografik jamoalar, san’atkorlar, estrada xonandalari, baxshilar o‘z san’atini namoyish etadi.

Go‘zallik ixlosmandlari uchun qishloqda tasviriy san’at, xalq amaliy san’ati va milliy hunarmandchilik namunalari ko‘rgazmasi tashkil etiladi.

Shuningdek, bayramning barcha kunlarida bu yerda Nurota tumani va Sentob qishlog‘i milliy taomlari ko‘rgazmalari, “Navro‘zning eng sara taomlari” ko‘rik-tanlovi tashkil etiladi.

Tadbirlar dasturidan milliy sport o‘yinlari, tosh ko‘tarish, chillak, arqon tortish, milliy kurash musobaqalari ham o‘rin olgan.

Sentob qishlog‘ida go‘zal tabiat va gullagan bahor bag‘rida unutilmas ta’til o‘tkazing.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing