Foto va Video

Seoul International Travel Fair SITF-2023: O‘zbekiston Seuldagi xalqaro yarmarkada ishtirok etmoqda

04.05.2023 492

Joriy yilning 4-7-may kunlari Seoul International Travel Fair SITF-2023 xalqaro yarmarkasi boʻlib oʻtmoqda. Janubiy Koreyaning Seul shahridagi COEX konferentsiya va ko‘rgazma markazida Oʻzbekiston milliy stendi namoyish etilmoqda.2023-yilda Oʻzbekiston stendini Madaniyat va turizm vazirligi, “Milliy PR-markazi” DUK “Uzbekistan airways” AJ bilan hamkorlikda namoyish etmoqda, shu bilan birga, yarmarkada Munisbek gold group, Bo‘ston Travel, Grand Sohil turistik kompaniyalari ishtirok etmoqda.Xalqaro yarmarka kunlarida delegatsiyamiz aʼzolari yangi turistik mahsulotlarini namoyish etadilar, shuningdek, joriy yilning noyabr oyida boʻlib oʻtadigan TXTY-2023 Toshkent xalqaro turizm yarmarkasida ishtirokchilarni jalb etish uchun 4-may sanasida Seyshel orollari turizm tashkiloti, Hong Kong turizm tashkiloti va Nepal turizm tashkiloti vakillari bilan uchrashuvlar boʻlib oʻtdi, 5-may sanasida esa Kombodja qirolligi Turizm vazirligi vakillari bilan muzokaralar tashkil etilishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun:

Seoul International Travel Fair SITF-2023 – 38-marotaba o‘tkazilayotgan bo‘lib unda 300 dan ziyod kompaniyalar 500 dan ortiq stendlar bilan ishtirok etadilar. 120 mingdan ziyod mehmonlar va turizm sanoatining vakillari tashrif buyuruvchi ushbu yarmarka Seul xalqaro turizm yarmarkasi tashkiliy qo‘mitasi tomonidan tashkil etilmoqda.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing