Shohi Zinda britaniyalik Islom san’ati mutaxassislarining diqqat markazida

09.02.2023 897

“Samarqand xazinasi: Shohi Zinda go‘zalligi va tarixi” - “Bayt Al Fann” Britaniya islom san’ati va madaniyati multimedia platformasi saytida shu nom ostida maqola chop etildi.

“Shohi Zinda - Samarqandning eng mashhur qadamjolaridan biri bo‘lib, dunyodagi eng boy koshin ishlarini saqlab qolgan. Ajoyib me’morchilik durdonasi turli davrlar va uslublar bilan o‘ziga jalb qiladi, sizni vaqt orqali va turli madaniyatlar osha ortga qaytaradi..”- deya ta’kidlaydi nashr.

Muallif Shohi Zinda qurilishi tarixiga qisqacha sayohat uyushtiradi. Shohi Zinda majmuasi XI-XV va XIX asrlarga oid maqbaralar, masjidlar va boshqa diniy inshootlarini o‘z ichiga oladi. “Shohi Zinda” majmuasining nomi fors tilidan “tirik shoh” deb tarjima qilinadi hamda VII asrda arablar bilan birga Samarqandga kelgan va Islomni tarqatgan Muhammad payg‘ambarning amakivachchalari Qusam ibn Abbosning ramziy qabrlari bilan bog‘liq.

Maqolada XI-XV va XIX asrlarga oid maqbaralar, masjidlar va boshqa inshootlarga tegishli turli xil me’moriy uslublar, an’analar bilan badiiy hunarmandchilikning ajoyib uyg‘unligi qayd etilgan. Maqbaradagi rang-barang tasvirlar syurrealistik manzarani aks ettiradi – bu O‘rta Osiyo madaniyatlarining ta’siri haqida hikoya qiluvchi oliy daragadagi badiiy mozaikalar bilan bezatilgan qabrlar va maqbaraning yaratilish tarixi haqida arabcha yozuvlar.

2001-yilda YUNESKO Samarqandni Jahon merosi ro‘yxatiga “Samarqand - madaniyatlar chorrahasi” sifatida kiritdi.

Masjidga kirish qismida tashrif buyuruvchilar toshga o‘yilgan bitikka duch keladilar: “La ilaha illalloh Muhammadur Rasululloh”, bu yozuv “Allohdan o‘zga iloh yo‘q, Muhammad uning Rasulidir”, degan ma’noni anglatadi.

“Buyuk Ipak yo‘lining timsoli sifatida, Shohi Zinda maqbarasi arab, fors, turkiy, mahalliy va Xitoy madaniyati ta’sirida shakllangan, bu esa uni har yili son-sanoqsiz sayyohlarni jalb qiluvchi O‘zbekistonning eng sirli va hayratlanarli qadamjolaridan biriga aylantirdi, - deya ta’kidlaydi nashr muallifi.

Har bir burchakda ilohiy timsol nafaqat Ipak yo‘lining madaniy almashinuv mintaqalari ta’sirida yaratilgan murakkab me’moriy yechimlarni, balki qadim zamonlardan beri davom etayotgan osoyishta hikoya qilish mahoratini ham namoyon etadi.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing