Surxondaryoda baliqchilik festivali o‘tkaziladi

13.12.2024 159

Joriy yilning 21-dekabr kuni Sariosiyo tumanining Sebzor mahallasida “To‘palang fish” deb nomlangan baliqchilik festivali bo‘lib o‘tadi

Surxondaryo viloyatida ilk marta o‘tkazilayotgan festival tarmoqni yanada rivojlantirib, gastronomik turizmning mazkur yo‘nalishiga sayyohlar oqimini keng jalb etishga, xalqimiz azaldan luqmayi halol, deb e’zozlaydigan baliq yetishtirish bo‘yicha o‘zaro tajriba almashishga xizmat qiladi.  

Sariosiyo tumanida baliqchilikni yetakchi tarmoqlardan biriga aylantirish rejalashtirilgan. Tog‘ irmoqlaridan hosil bo‘lgan “To‘palang” daryosi o‘zining noyob forel baliqlari bilan tanilgan.  

Festival dasturidan baliqdan tayyorlangan turli taomlar namoyishi, viloyatdagi o‘rmon xo‘jaliklari, tabiat bog‘lari va suv omborlarining baliqchilik ko‘rgazmalari, savdo yarmarkalari o‘rin olgan. Shuningdek, “Eng yaxshi oshpaz”, “Eng shirin baliqli taom” kabi yo‘nalishlarda tanlov tashkil etilib, g‘oliblar diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.  

Festival san’atkorlar ishtirokidagi qiziqarli konsert dasturi bilan yakunlanadi.

Manba: O‘zA

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing