Joriy yilning 26-sentabr kuni “Suzuk Ota” majmuasi Hunarmandlar mahallasida “Hunarmandchilik ko‘rgazmasi” festivali o‘tkazildi.
Turizm qo‘mitasi, Toshkent shahar hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Toshkent shahar prokuraturasi ko‘magida tashkil etilgan festivalga tashrif buyurgan mingga yaqin yurtimiz aholisi va xorijiy mehmonlar kulolchilik, zargarlik, pichoqchilik, gilamdo‘zlik, do‘ppido‘zlik, kashtachilik va to‘qimachilik kabi hunarmandchilik yo‘nalishlarida faoliyat ko‘rsatayotgan mohir ustalarning ijodiy ishlari, qo‘l mehnati namunalari bilan tanishdilar.
Ochilish marosimida so‘zga chiqqan Turizm qo‘mitasi raisi o‘rinbosari S.Niyazov festival ishtirokchilari va mehmonlarni qutlab, bugungi kunda mamlakatimizga dunyo nazari tushayotgan bir davrda, yurtimizning mavjud salohiyati jumladan hunarmandchiligi, ishlab chiqarish hamda milliy hunarmandchilik maktabi mavjudligi keng jamoatchilikni, xorijiy mehmonlarni o‘ziga jalb qilishidagi katta omil ekanligini ta’kidladilar. “Yurtimizda sayyohlar sonini ortishida Hunarmandlar, milliy ishlab chiqaruvchilar va ko‘plab tashkilotlarimizni hissalari katta, ularga alohida o‘z minatdorchiligimizni bildiramiz. Ularning sa’y harakati natijasida poytaxtimizga tashrif buyurgan xorijiy sayyohlar soni 2 million 098 ming nafarni hamda mahalliy sayyohlar soni 3 million 600 ming nafarni tashkil qilmoqda”, - dedi S.Niyazov.
Shuningdek, ko‘rgazma doirasida hunarmandlarning mahorat darslari, madaniy-ko‘ngilochar tadbirlar, konsert dasturlari ham o‘tkazildi.
Ish vaqti: 9:00-18:00, Du-Ju
Savollar uchun
Izoh