Foto va Video

ТXТYa-2020 doirasidagi onlayn-forum natijalari

13.11.2020 624

Bugun, 26-chi “Ipak yulidagi turizm-2020” Toshkent Xalqaro turistik yarmarkasi doirasidagi onlayn forum nihoyasiga yetdi.

11- dan 13- noyabrgacha, Singapur, Rossiya, Buyuk Britaniya, Hindiston, Frantsiya, Qozog’iston, Germaniya va O’zbekistondan turizm sohasining ilgo’r mutaxassislari qatnashgan  6 ta majlis o’tkazildi.

Eslatib o’tamizki, Xalqaro forumda ishtirik etish uchun https://uzbekistan.travel/titf-online/ rasmiy saytida ruyxatdan o’tish kerak edi. Veb portalda, aniq vaqt rejimida Zoom platformasida tashkil etilgan forum konferentsiyalari translyatsiyalari bo’lib o’tdi.

Ruyxatning birinchi kunida AQSh, Frantsiya, Qozog’iston, Turkmaniston, belgiya, Tailand, Rossiya, Gruziya, Qirg’iziston, Yaponiya, Ispaniya, Kanada, Shveitsariya, Misr, va 32 ta boshqa mamlakatlardan500 kishi qatnashish uchun www.uzbekistan.travel/titf-online/ saytida  ruyxatdan o’tishdi.

Forum majlislarida pandemiyadan keyin turizmni tiklash mexanizmlariga tegishli eng dolzarb mavzular muhokama qilindi. Majlislarda quyidagi mavzular muhokama qilindi:

-Covid-19 dan keyin turizm sanoatini tiklash borasidagi amaliy choralar va  “Uzbekistan.Safe travel guaranteed” tizimi. O’zbekistonda xavfsiz turizm!”;

-Yoshlar/turistlar-milleniallarning turizm sanoatining shakllanishidagi roli. Turizmning faol k’rinishlarini rivojlantirish. Halol turizm standartlari va ularni O’zbekistonga tatbiq (integratsiya) qilish;

-Raqamli turizmni rivojlantirishning zamonaviy tamoiyllari;

-G’arbiy Yevropa mamlakatlari bozoriga kirishni yaxshilash;

-Gastronomik turizm-qishloq joylarini rivojlantirishning bir vositasi sifatida.  Epidemilologik holatlarda restoranlarda xavfsiz xizmat ko’rsatishni ta’minlash»;

-«Sifatli turizm: dunyo uchun COVID-19 dan keying imkoniyat. Investitsiyalar, turizm va gidlar faoliyatini qayta tiklashning asosi sifatida».

Forumning 3 kuni davomida, https://uzbekistan.travel/titf-online/ saytida 500 kishi qayd etildi, aniq vaqt rejimida esa, majlislarni 4000 kishi tomosha qilishdi.

Siz, https://uzbekistan.travel/titf-online/ saytida  onlayn forum notiqlarining prezentatsiyalarini yuklab olishingiz, shunungdek o’zingiz qiziqqan mavzular yozuvlarini ko’rishingiz mumkin.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing