Foto va Video

“Universal” sport majmuasida ITKF karate-do bo‘yicha O‘zbekiston kubogi bo‘lib o‘tadi

30.09.2021 870



Joriy yilning 1-3 oktabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining 545-sonli qaroriga muvofiq hamda O‘zbekiston ITKF karate-do federatsiyasining 2021-yilgi kalendar rejasiga asosan, Toshkentdagi “Universal” sport majmuasida ITKF karate-do bo‘yicha O‘zbekiston kubogi tashkil etiladi.

Musobaqa o‘smirlar, yoshlar va kattalar o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. Mazkur turnir Xalqaro an’anaviy karate federatsiyasi tomonidan tasdiqlangan, 20-21 noyabr kunlari poytaxtimiz mezbonligidagi Osiyo chempionatida yurtimiz sharafini himoya qiluvchilarni tanlab olishda o‘ziga xos saralash vazifasini o‘tab beradi. Shu bilan birga 2022 yilgi xalqaro turnirlar va rasmiy musobaqalarda ishtirok etuvchi terma jamoa tarkibini aniqlab olish uchun ham asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi.

O‘zbekiston kubogi mobaynida 396 ta medallar jamlanmasi o‘z egalariga topshiriladi. Shuningdek, go‘lib va sovrindorlar esdalik sovg‘alari bilan ham taqdirlanadi.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing