Xorazm milliy taomi – Shivit oshini tayyorlash video-retsepti

4760

O‘zbek oshpazlik ustalari hayratda qoldirishdan charchamaydi! Ba’zi taomlar bizni boshqa dunyoga – pazandalik sarguzashtlari olamiga, olib o‘tishi mumkin.

Agar omadingiz chopib Xorazm viloyatiga borib qolsangiz, Shivit oshini albatta tatib ko‘ring!

Shivit oshi – shivit damlamasidagi lag‘mon, Xorazm (asli Xiva) oshxonasining milliy taomidir. Haqiqiy Shivit osh yoki “Xorazmcha lag‘mon” –bu shivitli och yashil lag‘mon, oq qatiqli qayla va go‘sht-sabzavotli vajudir. Bu yashil karbonara pastasi yoki talyatellining o‘ziga xos kvintessensiyasi. Ushbu qadimiy taomning retsepti 1958 yilda Toshkentga ko‘chib kelgan Xivalik oshpaz Rajab Sattarov tufayli ma‘lum bo‘ldi.

Ajablanarli darajada qo‘lda tayyorlangan lag‘mon, shivit suvining hisobiga yashil rangga bo‘yaladi. Yaxna yashil lag‘mon suzmali qayla va issiq go‘shtli vaju bilan dasturxonga tortiladi. Ushbu taom asosan yozda tayyorlanadi.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring