Alloh taolo o‘zi yaratgan dunyo xalqlariga yer taqsimlab berayotganida, o‘zbek kamtarlik bilan bir chetda turib, hammani oldinga o‘tkazib turdi. Oxirida o‘ziga navbat yetganda, Yaratgan unga yuzlanib: “Ey, bandam, o‘zbek, sen chindan ham qalban saxovatli ekansan, lekin menda senga berish uchun yerda joy qolmadi! Shuning uchun senga Jannatning bir bo‘lagini tuhfa qilaman...”, degan ekan. Bu qadimiy afsona ko‘p jihatdan O‘zbekistonning betakror tabiati va uning hududida yashovchi e’tiqodi baland odamlarning mentalitetini aks ettiradi.
O‘zbekiston hayratlanarli tog‘lar, cheksiz dashtlar va go‘zal vodiylar mamlakatidir. Bu o‘lkaning boy tabiati ko‘plab samoviy go‘zalliklar va jannatmonand go‘shalarni taqdim etgan, bu yerda siz shaharning shiddatli ritmidan ajralib chiqib, tabiatdan bahramand bo‘lishingiz va bir muncha vaqtga barcha g‘am-tashvishlaringizni unutishingiz mumkin. O‘zbekistonning har bir hududi yilning istalgan vaqtida ajoyib va betakror tabiat manzaralarini taqdim etadi. Bugun biz sizga rang-barang mintaqamizning unumdor vodiylari va betakror dashtlari haqida so‘zlab beramiz.
Ko'proq
Yashirish
Ish vaqti: 9:00-18:00, Du-Ju
Savollar uchun