O‘zbekiston me’morchiligi sayohatchilar uchun hayratlanarli tuhfadir. Toshkent, Buxoro, Samarqand, Xiva, Shahrisabz, Termiz, Qo‘qon va mamlakatimizning boshqa shaharlarida jahon miqyosidagi me’moriy-tarixiy obidalar joylashgan.
Bularning barchasi O‘zbekiston hududining o‘rta asrlarda Buyuk Ipak yo‘lining markaziy bo‘g‘ini bo‘lganligi, shuningdek, XIV-XVI asrlarda Temuriylar va XVI asrda Shayboniylar sulolasi davrida islom meʼmorchiligining gullab-yashnashi bilan bog‘liq.
Ulug‘vor madrasa va minoralar, muqaddas maqbaralar, muhtasham ansambllar va yodgorlik majmualari, sirli xilxonalar va qadimiy manzilgohlar, qal’alar va saroylar – ko‘plab me’moriy yodgorliklar har bir sayyohga mamlakatning istalgan nuqtasiga sayohat qilish uchun o‘ziga xos yo‘nalish tanlash imkonini beradi.
Ko'proq
Yashirish
Ish vaqti: 9:00-18:00, Du-Ju
Savollar uchun