Foto va Video

Sherdor madrasasi

16242

Samarqanddagi XVII asrning mashhur binolardan biri – Sherdor madrasasi Registon me’moriy ansambli tarkibiy qismiga kiradi. Bir necha asrlar davomida madrasa mashhur islomiy ta’lim muassasasi bo‘lib, uning hujralarida taniqli faylasuflar va ilohiyotshunoslar tahsil olgan.

Madrasa 1619-1636 yillarda Ulug‘bekning demontaj qilingan xonaqohi o‘rnida Ashtarxoniy Yalanto‘shbiy Bahodirning buyrug‘i bilan qurilgan. Qurilishga Samarqand me’mori Abduljabbor jalb qilingan, bezak berish ishlarini usta Muhammad Abbos bajargan.

Dizayn Markaziy Osiyo an’anaviy uslubida amalga oshirilgan va asosiy tashqi ko‘rinishi uchli yakunga ega bo‘lgan arkali kirish eshigi bilan hayratga soladi.

Avvaliga binoni hokim Yalangto‘sh Bahodir sharafiga nomlash rejalashtirilgan edi. Biroq, odamlar “Sherdor” ya’ni “Sherlar makoni” deya atashgan.

Madrasa o‘zining zamonaviy nomini old qismidagi timpanumidagi o‘ziga xos bezak tufayli oldi, chiqayotgan quyosh nurlari ostida, qor qoplonining oq jayronga ov sahnasi hayoliy hayvonlar qiyofasi negizida tasvirlangan.

Garchi musulmonlarning urf-odatlariga ko‘ra, muqaddas joylarda hayvonlar yoki odamlarni tasvirlab bo‘lmaydi, lekin ushbu madrasa bundan mustasno.

Kiyik ovlayotgan yirtqichlarning tasviri, ilmu toliblar bilimga intilishlari zarurligini va, sherlar o‘ljasini quvib ularni yeganlaridek, donolikni o‘zlashtirishlari zarurligi lozim. Insonning yuzi xudoni ramziy timsol ko‘rinishini tasvirlagan holda ogohlantiradi: “Hatto siz yirtqich bo‘lsangiz ham, boqiy emasligingizni unutmasligingiz kerak”. Qariyb uch asr davomida Sherdor musulmonlar orasida eng mashhur ta’lim muassasasi hisoblangan.

Madrasa peshtoqida tasvirlangan jarayon vaqt o‘tishi bilan O‘zbekistonning milliy ramzlaridan biriga aylandi.

Sherdor madrasasi va unga qarama-qarshi joylashgan Ulug‘bek madrasasining o‘lchamlari amalda bir xil. Me’morning fikriga ko‘ra, binolar bir-birining ko‘zgu tasvirlari bo‘lishi kerak edi va bu yerda o‘ziga xos “kosh” texnikasi ishlatilgan.

Ammo vaqt o‘tishi bilan bu joy relyefi biroz o‘zgargan, shuning uchun Sherdor Ulug‘bek madrasasidan biroz pastroqda joylashgan. Binoning bezagi kufiy yozuvlari, Muhammad (s.a.v) payg‘ambar so‘zlari va Qur’oni Karimdan muqaddas so‘zlar bilan bezatilgan.

Xarita

Onlayn sayohat

 

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring