Foto va Video

Buxorodagi Abdulazizxon madrasasi

5082

Buxoroning tarixiy markazida, Ulug‘bek madrasasi yaqinida noyob me’moriy inshoot joylashgan. Bu Abulazizxon madrasasi. Madrasa qurilishi bilan bog‘liq bir afsona bor.

Bir kuni Buxoro hukmdori Abduazizxon oltinchi haj safariga chiqishdan oldin tush ko‘rdi. Tushida bir qariya unga shunday dedi: “Ziyoratdan qaytganingdan so‘ng, vataningda bir bino qurasan, Bu inshoot yurtingdagi boshqa binolarga o‘xshamasin, insonlar uni ziyorat qilib botiniy va zohiriy hayot o‘rtasidagi bog‘liqlikni his qilishsin. Asrlar davomida insonlar undan huzurlanib seni eslab yurishadi”. Shunday qilib haj safaridan qaytgan Abdulazizxon o‘z nomini asrlar davomida munosib davom ettirib kelayotgan betakror madrasani barpo ettirdi.

Makka ziyoratidan qaytgan Buxoro hukmdori Abdulazizxon barcha quruvchilarni chaqirib yangi o‘quv markazi – madrasa qurilishini boshlashlarini aytadi.

Qurilishda mashhur saroy meʼmori Muhammad Solih ishtirok etdi. Yorug‘likning sinishi hisobiga hukmdorning aks ko‘rinishi bilan devorlarni bezatishi kerak edi. Ammo o‘sha davrda muqaddas Qurʼonga asosan devor va idishlarda insonni tasvirlash gunoh bo‘lgan. Shunga qaramay ustalar mohirona o‘z ishini davom ettirishdi. Bir kuni Abdulazizxon qurilishni tomosha qilish uchun madrasaga tashrif buyurdi.

Mohir ustalarning ishi aytilgandan ham ziyoda qilingan edi. Madrasani ko‘zdan kechirib hukmdor binoning o‘ng qanotiga o‘tdi. Janubiy devorlarda u chayon va ilonlar tasvirini ko‘rdi. Bu gazandalar qiyinchilik va kambag‘allik, g‘am tashvish timsollari edi. Binoning shimol tomondagi qismida jannat eshiklari tasvirlangan bo‘lib, bu eshik faqat sabr bardosh bilan olam qiyinchiligini yenggan kishilarga ochilishi mumkinligi timsoli edi.

G‘arbiy tomonda joylashgan xonaqohning devorlarida tasvirlangan ayiq rasmi mansab va boylik insonlarni sinash uchun berilishi maʼnosini anglatgan. Binoning sharq tomoni esa Olloh nomini eslatuvchi muqaddas Qurʼon oyatlari bilan boyitilgan edi.

Abdulazizxon devorlarda o‘z aksini topolmay, hukmi amalga oshirilmaganligini ko‘rib, meʼmor ustalarning ishidan qattiq g‘azablandi va ularni jazolamoqchi bo‘ldi.

Ammo meʼmor o‘zini yo‘qotib qo‘ymadi va mehrob devorlarini yaxshiroq kuzatishini so‘raydi. O‘rtada gullar dastasi tasvirlagan joyda Abdulazizxon o‘z aksini ko‘rdi. Hukmdor meʼmor ustalarning ishidan qoyil qolib mamlakat boshqaruvidan voz kechdi va umrini qolganini toat ibodat bilan o‘tkazishga qaror qildi.

Bu qarordan so‘ng madrasaning qurilish ishi vaqtinchalik to‘xtab qoladi.

Ulug‘bek madrasasidan (1417-y) bir necha asr keyinroq qurilgan Abdulazizxon madrasasi (1652-y) Buxoroning yagona tarixiy ko‘rinishini tashkil etib kelmoqda. Aynan mohir ustalar tomonidan qurilgan Abdulazizxon madrasasining yaratilishi bilan bizning davrga qadar yetib kelgan sharqiy markaziy Osiyo meʼmorchiligining paydo bo‘lishiga tamal toshi qo‘yildi.

Abdulazizxon madrasasi “Buxoro tarixiy markazi” ning bir qismi bo‘lib xizmat qiladi hamda 1993 yilda

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring