Foto va Video

Ulug‘bek madrasasi

20278

XV asr o‘rtalarida Samarqandda Amir Temurnning nabirasi Mirzo Ulug‘bek (1409-1449) hokimiyat tepasiga keldi, u nafaqat Temuriylar sulolasining vakili, balki yirik olim va astronom sifatida ham dunyoga tanildi. Buxoro, Samarqand, Shahrisabz va G‘ijduvonda o‘quv muassasalarini faol qurishga aynan Ulug‘bek bosh bo‘lgan . Samarqand shahridagi Ulug‘bek madrasasi sharqning islom oliy o‘quv yurtlarining mumtoz namunasidir.

Madrasa 1417-1420 yillarda qurilgan. Badiiy jihatdan u Temur qurdirgan  binolardan kam emas edi va shu bilan birga mustahkamligi  jihatidan ulardan ancha ustun turardi.

Dastlab madrasa 50 ta hujradan iborat bo‘lib, unda yiliga yuzdan ortiq talabalar tahsil olishgan. Tarixchilar aytishiga ko‘ra  Ulug‘bekning o‘zi madrasada dars bergan. Taniqli fors shoiri Jomiy bu yerda yashab, ijod qilgan. Jomiyning  tinglovchilari orasida eng mashhur Naqshbandiya tariqati namoyondalaridan shayx Xoja Ahror Vali va buyuk shoir Alisher Navoiy bor edi.

Bino 2 qavatli bo‘lgan, burchak darsxonalar ustida to‘rtta baland gumbaz, burchaklarda esa to‘rtta minoralar bo‘lgan. Asosiy fasadning uchdan ikki qismini egallagan bahaybat peshtoq ulkan va chuqur nayzasimon arkali bo‘lib maydonga qarab turadi.

18-asrda ichki nizolar tufayli boshlangan urushlar ta’sirida madrasa juda kata talofot ko’radi.Ikkinchi qavatdagi xonalar va tashqi gumbazlar buzilib ketadi.

20-asrning boshlarida o‘sha davrning  me’mor va rassomlari tomonidan madrasani qayta ta’mirlash ishlarining asosiy qismi amalga oshirildi. 1918-yilda M.F.Mauer tomonidan madrasaning bosh minorasi va yer osti qismlarini qayta ta’mirlash loyihasi ishlab chiqiladi. Yarim asr davomida binoning yuz qismi, shimoliy tomonining tashqi devorlari qayta g‘isht bilan terilib mustahkam qilindi. Hovli ayvonlari mustahkamlandi, mayolika mozayka va o‘yma naqshlar qayta restavratsiya qilindi.

O‘tgan asr oxirida Ulug‘bekning yubileyi munosabati bilan madrasada ta’mirlash-restavratsiya ishlari boshlanib ketdi. Loyiha madrasaning 2-qavatini tiklab, me’moriy keramika va zamonaviy qurilish materiallarini ishlatgan holda janubiy-g‘arbiy devorlarini tiklanishini nazarda tutardi.

Bugungi kunda Ulug‘bek madrasasi Registonning noyob uchta gavharidan biri  bo‘lib, Samarqand tarixiy markazining bebaho bezagi hisoblanadi.

Ulug‘bek madrasasi YUNESKOning Butunjahon madaniyati ro‘yxatiga kiritilgan.

Onlayn sayohat

 

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring