Eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun bizning Telegram kanalimizga obuna bo‘ling.
Amir Temurning vatani
Shahrisabz - O‘zbekistonning qadimiy va go‘zal shaharlaridan biri bo'lib, tarixiy markazi YUNESKOning Butunjahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan. Buyuk sarkarda Amir Temur shu shaharda tug‘ilgan.
Ko‘kalamzor va gullar bilan o‘ralgan shahar haqli ravishda "Yashil shahar" nomini oldi.
Shahrisabzda nimani ko‘rishingiz mumkin:
✔️ qadimgi Oqsaroyning xarobalari,
✔️ Ko‘k gumbaz masjidi,
✔️ Dor ut-Tilovat yodgorlik majmuasi,
✔️ Dorus-Saodat, Shamsad-Din Kulyal, Gumbazi-Seyidon maqbaralari.
Qiziqarli fakt
Shahrisabzdan o‘tadigan asosiy magistral buyuk italyan sayyohi Marko Poloning marshrutini takrorlaydi.
Shahrisabzning iqlimi Samarqand iqlimiga yaqin bo‘lib, aniq fasllarga bo‘linadi. Qish yumshoq va sovuq emas, ammo kechalari salqin bo‘lganligi sababli o‘zingiz bilan qalinroq sviter olishni unutmang. Yoz odatda juda issiq, baʼzan shunchalik issiqki, kunduzgi harorat yarim tungacha saqlanib qolishi mumkin.
Shahrisabz markazida sayr qilar ekansiz, eski madrasalarda yoki shunchaki yo‘l bo‘ylab joylashgan ko‘plab esdalik sovg‘alar bilan savdo qiluvchi ustaxonalarni ko‘rishingiz mumkin. Tarvuz qo‘ltiqlagan ko‘ngli ochiq chollar, o‘yib ishlangan sandiqchalar va rang-barang matolar kabi hunarmandchilik mahsulotlarini taklif etishga ustalar tayyor turishadi. Ular orasida shahar tasviri tushirilgan turli xil shakldagi magnitlar alohida ajralib turadi. Odatdagidek loy va keramikadan yasalganlaridan tashqari, yog‘och, qog‘oz, teri va hatto marmardan yasalganlari ham bor!



Shahrisabzga kelganingizda, mahalliy taomlardan tatib ko‘rishni unutmang! Eng mazali taomlar ro‘yxatida palovdan keyin sharafli ikkinchi o‘rinni tandir kabob egallaydi. Qashqadaryo viloyatida azaldan eng yaxshi tandir kabob tayyorlashgan! Bu taom bizga qadimgi davrdan, yaʼni O‘rta Osiyo aholisining aksariyati ko‘chmanchi bo‘lgan davrlardan yetib kelgan. Odamlar doim yo‘lda bo‘lganligi sababli, oshpazlar ovqat pishirishning yangi, tez va qulay usullarini topishga harakat qilishgan. O‘shanda tandir go‘shtni tayyorlash usuli ixtiro qilingan. Dastlab chuqurligi va kengligi 1 metrdan oshmaydigan o‘ra qazib, uning ichiga o‘tin solinadi. O‘tin cho‘g‘ bo‘lib yonguncha, oshpaz qo‘y go‘shtini katta bo‘laklarga bo‘lib, tuzlaydi va maxsus ziravorlar sepib sixlarga teradi. Shundan so‘ng bu vaqtga qadar lovullab turgan chuqurga tushiradi. Chuqurning tepasiga kigiz yopilib, qalin qatlam bilan tuproq sepiladi. Ushbu pishirish usulining asosiy xususiyati shundan iboratki, taom taʼmini yaxshilash uchun ignabargli daraxt – archa novdalari o‘choq ichiga va ziravor sifatida taomning o‘ziga qo‘shiladi. Ushbu taomning mazali taʼmini hech bir narsa bilan adashtirib yuborish mumkin emas! Bir marta tatib ko‘rsangiz - hech qachon unutmaysiz! O‘zbek taomlari haqida ko‘proq maʼlumotni ushbu havola orqali o‘qishingiz mumkin.



Fotosuratlar har qanday sayohatning ajralmas qismi hisoblanadi! Ushbu bo‘limda sizni mazkur shaharning eng go‘zal joylari bilan tanishtiramiz.
P.S. O‘zbekistonning diniy diqqatga sazovor joylarini ziyorat qilishda ayollarga tananing ochiq joylarini (yelkalari, bel va oyoqlari) yopishlari tavsiya etilishini yodingizda saqlang. Bunday joylar tegishli shartli belgilar bilan alohida belgilangan. ☪️☦️✡️✝️
Shahrisabz tumanining bepoyon tabiati sizni befarq qoldirmaydi! Bu yerda albatta fotosessiya uyushtiring!
Oqsaroy hududidagi istirohat bog‘i sayr qilish uchun ajoyib joy bo‘lishi mumkin, chunki bu yerda o‘tirish, dam olish va albatta suratga tushish mumkin bo‘lgan ko‘plab ko‘kalamzor va chiroyli joylar bor!
☪️ Bu «Kunduzak» masjidi. U 19-asrda qurilgan va Dorut Tilovat madrasasidan unchalik uzoq bo‘lmagan joyda joylashgan. Yaqinda amalga oshirilgan rekonstruksiyadan so‘ng u yangidek ko‘rinadi va chiroyli fotosuratlarni sevuvchilarni o‘ziga jalb qiladi.
Shahar Samarqanddan 80 km uzoqlikda joylashgan. Shahrisabz “Yashil shahar” degan maʼnoni anglatadi va u O‘zbekistonning eng qadimiy shaharlaridan biridir.
Shahrisabz buyuk sarkarda Amir Temurning vatani sifatida butun dunyoga tanilgan bo‘lib, uning hukmronligi davrida haqiqiy fan va sanʼat markaziga aylangan.
Shaharda ko‘plab diqqatga sazovor meʼmoriy obidalar joylashgan bo‘lib, uning tarixiy markazi YUNESKOning Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan.
O‘zbekiston hukumati shaharning madaniyat va turizm markazi sifatida ulkan salohiyatini namoyish etadigan “Shahrisabz – festivallar shahri” konsepsiyasini faol ilgari surib kelmoqda. Shu yo‘sinda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan 2018 yilning sentyabr oyida ikki yilda bir marta o‘tkaziladigan “Maqom” xalqaro sanʼat festivali Shahrisabz shahrida birinchi marta bo‘lib o‘tdi.

Turistlar uchun mashhur yo'nalishlar
Ish vaqti: 9:00-18:00, Du-Ju
Savollar uchun
ПОЛЬЗОВАТЕЛЬСКОЕ СОГЛАШЕНИЕ
1. Определение
Настоящее Пользовательское соглашение (далее — Соглашение) является Публичной офертой в соответствии со статьёй 367 Гражданского кодекса Республики Узбекистан от 21.12.1995 (https://lex.uz/ru/docs/111181#162763) и регулирует порядок использования материалов и Сервисов сайта Государственного унитарного предприятия «Национальный PR-центр» (далее — Предприятие), размещённого на веб-сайте и поддоменах Национального Туристического Информационного Центра: https://uzbekistan.travel/ (далее — Сайт).
Посетитель и (или) Пользователь подтверждает, что ознакомлен, полностью и безоговорочно принимает все условия настоящего Соглашения и обязуется их соблюдать.
Использование Сайта Пользователем означает полное принятие данного Соглашения «как есть» в форме акцепта.
Соглашение вступает в силу с момента посещения любой страницы Сайта и (или) регистрации на Сайте и действует бессрочно во время пользования Сервисами Сайта.
Настоящее Соглашение обязательно для исполнения всеми Посетителями и Пользователями без каких-либо изъятий и дополнительных согласований.
Пользователь обязуется самостоятельно проверять актуальную редакцию Соглашения на Сайте перед использованием Сервисов.
2. Предмет Соглашения
Предметом настоящего Соглашения являются правила использования материалов Сайта и предоставление Посетителю и (или) Пользователю возможности использования Сервисов Сайта.
Предприятие является правообладателем исключительных прав на Сайт в целом и на его составные части, включая все виды контента: логотипы, товарные знаки, тексты, статьи, аннотации, иллюстрации, фотографии, графику, аудио- и видеофайлы, пользовательские интерфейсы, дизайн, структуру, программы, базы данных.
Я прочитал(а) и соглашаюсь с условиями использования сайта и политикой конфиденциальности.