Oq saroy

19986

Oq saroy, Shahrisabzning asosiy diqqatga sazovor joyi va marvarididir. Sizga, Temur davridning ushbu ulug‘vor me’moriy yodgorligining qurilish tarixi haqida 10 ta faktni taqdim etamiz.

  • Saroy qurilishi, 1380-yilda boshlanib 1386-yilda tugallangan, ammo uning bezash ishlari 1404 yilgacha davom etgan. Ushbu muhtasham saroy, Amir Temurning onasi Takinaxotun xotirasiga bag‘ishlab barpo etilgan. Yodgorlikning faqat bir qismigina bizning davrimizgacha yetib kelgan.
  • Saroy qurilishida Xorazm, Eron va boshqa mamlakatlarning taniqli hunarmandlari qatnashgan. Masalan, gumbazli arkini bezashda tosh kesuvchi usta- Muhammad Yusuf Tabriziyning nomi ikki marta takrorlanadi. 20 yil davomida qurilgan va hozirda xarob ahvolda bo‘lgan noyob me’morchilik durdonasi bugungi kunda ham o‘zining hashamati va ulug‘vorligi bilan shahar mehmonlarini hayratga solmoqda.
  • Bino dastlab 73 metr balandlikda bo‘lgan. Saroy tomining tepasida joylashgan kichik hovuzdagi suv qo‘rg‘oshin quvurchalar bo‘ylab taxtalik ostonadan o‘tib, sharshara hosil qilib yerga tushar edi. Saroyda, suvni tozalash, havo almashinuvi, yorug‘lik va soya joylarning yoritilish masalalari hal qilinishini o‘z ichiga olgan badiiy-me’moriy yechim ishlab chiqilgan edi.
  • Oqsaroy poydevorining qurilishida oltin qumdan foydalanilgan. Poydevor, yer sathidan chuqurlikda joylashgan bo‘lib binoning mustahkamligi va namlikka qarshiligiga mo‘ljallangan murakkab usullarini o‘z ichiga oluvchi bir qancha qavatlardan iborat edi.
  • Oqsaroy devorlarining rang sxemasi, tarixiy, falsafiy va diniy mavzularni o‘zida mujassam etgan, kufiy yozuvlari, ziynatli bezaklar, “girih” uslubida talqin qilingan islomiy naqshlar, binoga ulug‘vor va sehrli ma’no bergan.
  • Etti xil rangdagi tabiiy naqshlar bilan bezatilgan poydevorda “Amir - Ollohning yerdagi soyasi” degan ma’nodagi yozuvlar mavjud. Old gumbazning old tomonida cho‘zilgan olti burchak shaklida “Adolat - davlatning asosi va hukmdorlar shiori” degan arabcha yozuv olti marta takrorlangan. Oqsaroyning cho‘zilgan old qanotida, arabcha kufiy uslubida “Agar bizning buyukligimizga shubha qilsangiz, biz qurgan qasrlarga qarang”, “Aql-idrok o‘zining harakatlariga, johillik esa o‘zining orzulari va umidlariga asoslanadi” degan hikmatli so‘zlar yozilgan.
  • Bobur yozganidek, saroyning o‘rtasida hovuz bor edi, uning qarshisida - mehmonlarni qabul qilish uchun gumbazli zal, yonida-maslahatchilar uchun kichkina xona, hovlida hashamatli ayvonlar, saroy ichida esa haram va amirning qarorgohi joylashgan edi.
  • Saroy qabulxonasining kirish arkida sher va quyosh, shuningdek uchta halqa shaklidagi Temur davlatining ramzi tasvirlangan. Ichkarida va yon tomonlarda, gumbazlar, burchakdagi minoralarda esa, g‘ishtdan yasalgan qalqon shaklidagi jimjimador naqshlar bor. Bu naqshlar, silliqlangan g‘isht va tsirkoriyadan yasalib feruza rangga bo‘yalgan. Ular birgalikda, qadimgi sufiylar yozuvlarining och ko‘k rangli kompozitsiyasini yaratadi.
  • Oy nurida saroy fasadi va gumbazlari ranglari o'zgarib turishi sababli, Oqsaroy o‘zining shunday afsonaviy nomini olgan.
  • 1707-yilda Buxoro xoni Ubaydullaxon saroyda yashagan va bu o‘sha paytda oldingi portal hali vayron bo‘lmagan deb o‘ylashga asos bo‘ladi.
  • 1973-75- yillarda, Oqsaroyda arxeologik tadqiqotlar, 1994-96-yillarda esa - konservatsiya ishlari olib borildi, 2002-yilda YuNESKO homiyligida Shahrisabz shahrining 2700 yilligini nishonlash munosabati bilan saroy qisman qayta tiklandi.


Onlayn sayohat

 

Izoh

1

ENG CHIROYLI JOY ALBATTA O'Z KO'ZINGIZ BILAN KO'RING👍

abror ahmedov | 10.03.2022

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring